WWW.SHEJOT.COM
SAHIFALAR
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [377]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [4215]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [116]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [525]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [428]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [223]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [2169]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [3516]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [43]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [7214]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [688]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2632]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [132]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [148]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [168]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1093]
Заработок в интернете / Pul ishlash [17]
Pazandachilik / Кулинария [234]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [1592]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [2512]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [2]
Восстановление данных - Программы [16]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [9]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [12]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [49]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [65]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [15]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [59]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [17]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [72]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 ТАМОША КИЛИШ
YANGI KINO FILMLAR










Статистика



waplog

Главная » 2016 » Август » 24 » Aktyor Azamat Ahrorov va aktrisa Shahzoda Muhamedova Xitoyda muammoga duch keldi

ПОИСК / IZLASH:

21:21
Aktyor Azamat Ahrorov va aktrisa Shahzoda Muhamedova Xitoyda muammoga duch keldi
Rejissor va aktyor Azamat Ahrorov aktrisa Shahzoda Muhamedova bilan "Sen uchun” nomli filmni suratga olish uchun Xitoyga jo‘nab ketgani haqida xabar berilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, ular Xitoyda muammoga duch kelgan.
Masalaga oydinlik kiritish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad Azamat Ahrorov bilan suhbat uyushtirdi.

— Avvalgi suhbatimizda Xitoyda "Sen uchun” filmini tasvirga olib qaytaman, degan edingiz. Shou-biznes vakillari esa siz va aktrisa Shahzoda Muhamedovani Xitoyga to‘y love-story’sini suratga tushirish uchun ketgan, deb aytmoqda.
— Xitoyga safarimizdan asosiy maqsadimiz film suratga olish edi, bundan tashqari, Xitoydagi film olish jarayonlari va texnikasini o‘rganish hamda sayohat qilish niyati ham bor edi. Biroq kichik muammoga duch keldik — s’yomka uchun zarur texnika masalasida Xitoydagi do‘stlarimizga ishongan edik, ular hozircha bu borada yordam berolmayapti. Mening ham, ijodiy jamoamizning ham boshi qotgan. Hozircha kunimiz faqat sayohat bilan o‘tmoqda. Agar texnika topa olsak, filmni ham albatta suratga olamiz.
— 15-sentabr kuni rejissorlik faoliyatingizdagi to‘rtinchi film — "Notanish qotil” premyerasi belgilangan. Filmda bosh rollarni siz va Shahzoda Muhamedova o‘ynagan. Savol tug‘iladi — sayohat tufayli premyera qoldiriladimi yoki premyera tufayli sayohat?
— Sayohat ham, premyera ham o‘z vaqtida bo‘ladi. Xitoydagi sayohatimiz uzog‘i bilan yana 10—12 kun davom etishi mumkin. 15-sentabr kuni biz ham, filmda rol ijro etgan bizdan boshqa barcha aktyor-aktrisalar premyerada qatnashadi.

— "Notanish qotil”ning qisqa roligi uning ham ajoyib, ayni vaqtda vahimali film ekanligidan dalolat beryapti. E’tiborga molik tomoni, rolikning boshiga "16+” deb yozib qo‘yilgan. Bu filmni 16 yoshdan kichik bo‘lgan tomoshabinlar ko‘rishiga ruxsat berilmaydimi?
— "Notanish qotil” — rejissorlik faoliyatimdagi eng ko‘p vaqt, kuch va mablag‘ sarflangan film. "16+” degan yozuvning boisi — filmda qo‘rqinchli jang sahnalari, effektlar juda ko‘p. Filmda giyohvandlikka qarshi kurash, bu yo‘ldagi sa’i-harakatlar va ukasining qasosini oladigan aka taqdiri haqida hikoya qilinadi. "Notanish qotil” haqiqiy erkaklar ko‘radigan film bo‘lgan, deb o‘ylayman. Nima bo‘lganda ham, haqqoniy bahoni muxlislar beradi.
— Hozirdan: "Shahzoda va men bilan bog‘liq savollarni bermanglar”, deyapsiz. Hali to‘y bo‘lmasidan bu kabi savollar joningizga tegdimi?
— Chindan ham, bunday savollar hozirdanoq jonimga tegdi. Shahzoda bilan hayotimiz, shaxsiy ishlarimiz iloji boricha shaxsiyligicha, faqatgina o‘zimiz va o‘zimizga aloqador bo‘lgan insonlarga tegishli bo‘lib qolishini xohlardim. Ikkalamiz ham san’at yo‘lidamiz, muxlislar imkon qadar ijodimizga, filmlarimizga qiziqish bildirishlarini xohlardik. Shu o‘rinda, ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib borayotganlarga ham bir og‘iz so‘zim bor: agar ijtimoiy tarmoqlardagi bizning sahifalarimizga noo‘rin, shaxsiyatimiz bilan bog‘liq nomaqbul gap-so‘zlarni yozmoqchi bo‘lishsa, sahifalarimizga kirmay qo‘yaverishlarini iltimos qilmoqchiman. Har xil uydirma, qochirimli gap-so‘zlar, noo‘rin savollar jonimizga tegdi.


Manba: www.SheJoT.CoM - Saytdan olindi!

Ushbu ma'lumot daryo.uz dan olindi!

Нравится




Категория: SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ | Просмотров: 297 | Добавил: iphone | Теги: Yangilik, newsuz, uznews, xabarlar, habarlar, новости, yangiliklar, ahborot, news | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
MALUMOT IZLASH

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
 
200
BEPUL REKLAMA
Dj.Sherik@mail.ru saytga!
>>> REKLAMA QO'SHISH
Онлайн-ТВ





Календарь
«  Август 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Друзья сайта
1) www.bepull.ucoz.com - Universal PortaL
2) www.UzbKino.NeT - O'zbek kinolari va Dunyo kinolar olami!
3) www.Odnokartinki.net - Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру / Odnoklassniki.ru sayti uchun bepul smaylikla
4) www.SherlarUz.CoM - SMS Sherlar, Sevgi, Do'stlik va h.k
5) www.JavaUz.CoM - Mobil aloqalar uchun barchasi!

Copyright MyCorp © 2016