Mail.ru Group internet-kompaniyasining hamkorlikdagi sohibi Alisher Usmonovning va’dasiga ko‘ra, “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i bosh direktori lavozimini tark etgan Pavel Durov uning rivojlanishida u yoki bu tarzda ishtirokini davom ettiradi. Bu haqda Usmonovning turli sohalardagi aktivlarini birlashtiruvchi USM xoldingi xabar berdi, deb yozadi “ITAR-TASS”.
“Men hamisha Pavel Durovni qo‘llab-quvvatlaganman va bundan keyin ham shunday qilaman; uni iste’dodli kishi, deb hisoblayman va uning “VKontakte” bilan aloqasi uzilmasligi uchun hamma ishni qilaman”, – deydi Usmonov.
“O‘ylaymanki, Rossiyadagi oxirgi ijtimoiy tarmoq asoschisi – Dmitriy Grishinning fikriga quloq solishga barcha aksionerlarning aqli yetadi. U esa Pavel Durov va “VKontakte” hamisha birga yashashlariga ishonadi”, – deya qo‘shimcha qildi milliarder.
Eslatib o‘tamiz, 1-aprel, dushanba kuni Durov “VKontakte” bosh direktori lavozimidan ketishini e’lon qildi.