WWW.SHEJOT.COM
SAHIFALAR
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [377]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [4233]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [116]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [530]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [428]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [223]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [2172]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [3545]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [43]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [7218]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [692]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2632]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [132]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [148]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [168]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1096]
Заработок в интернете / Pul ishlash [17]
Pazandachilik / Кулинария [237]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [1601]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [2517]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [2]
Восстановление данных - Программы [16]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [9]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [12]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [49]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [65]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [15]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [59]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [17]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [72]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 ТАМОША КИЛИШ
YANGI KINO FILMLAR










Статистика



waplog

Главная » 2016 » Сентябрь » 7 » Anvar qori Tursunov: Sizdan ozod va obod vatan qoldi

ПОИСК / IZLASH:

20:01
Anvar qori Tursunov: Sizdan ozod va obod vatan qoldi
O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov maqola bilan chiqish qildi. Maqola matni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi saytida e’lon qilingan.
Mana, bir necha kundirki, og‘ir musibatdan o‘zbek xalqi o‘ziga kela olayotgani yo‘q. Bunday judolikni nafaqat xalqimiz, balki dunyo hamjamiyati his etyapti. Yaqin o‘tmishda O‘zbekiston deya atalguvchi qaddi bukilgan, sha’ni tahqirlangan muqaddas zaminni qayta oyoqqa turgazgan, turgazganda ham sarbaland maqomda, o‘zligi, e’tiqodi, jasoratini tarannum etgan millat xaloskori Rafiqi a’loga yo‘l oldi.

E’tirof etilganidek, Islom Karimov qaysi lavozimda, qaysi vazifada faoliyat olib bormasin, doimo Vatan taqdiri, yurt qayg‘usi bilan yashadi. Yurtdoshlarimiz 25 yillik hayoti davomida barcha erishgan yutuqlari, saodatli onlarini bevosita u kishining nomi bilan bog‘laydi. Bir oqil rahbar bo‘lsa shu insonchalik bo‘lar…

O‘tgan asrning 80-yillariga kelib, har tomonlama qoloq mamlakatga aylangan, bir yoqlamali tizimga asoslangan iqtisodiy nochor ahvolga kelib qolgan davlatni tarixan qisqa davr ichida tenglar ichra teng yurtga aylantirib, barqaror o‘sish sur’atlariga erishtirish uchun qancha zahmatlar, qanchadan-qancha matonat, chidam, sabr, bardosh kerak bo‘larkin… Zero, bunday darajalarga birdan erishib qolganimiz yo‘q.

Azizlar, bugun ko‘zlarda yosh bilan nazar tashlaylik yurtimiz qudratiga: qaysi soha, qaysi bir tarmoq, yo‘nalish rivoj topmay qolib ketdi? Hech qaysi! Alloh taolo yurt egasining tinimsiz harakatlari, shijoatlari evaziga uning yo‘lini ochishi bilan diyorga O‘z rahmatlari, barakotlarini yog‘dirdi. Ne’matlar ketidan ne’matlar kela boshladi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Inson vafot etgach amallari to‘xtaydi. Faqat unga uch narsadan savob yetib turadi: sadaqai joriya (savobi davomli yaxshi ish), foydali ilm, uning haqiga duo qiluvchi solih farzand”, — deya marhamat qilgan muborak hadislarini yaxshi bilamiz. Yurtboshimizning bevosita tashabbuslari bilan xalqimiz uchun bunyod etilgan minglab inshootlarni ta’riflash shart emas.

Toshkent shahrining betakror me’moriy mo‘jizasi bo‘lib barpo etilgan "Minor” masjidi ochilishidagi u kishining so‘zlari hamon qulog‘imiz ostida jaranglaydi: "Avvalo bunday ibodat uylari xalqimiz uchun. Mard va jasur, turli og‘ir zamonlarda matonat va chidamlik ko‘rsatgan xalqimiz uchun! O‘zbekistonimizning jahon darajasida e’tirof etilayotgan turli yo‘nalishlardagi yutuqlarni qo‘lga kiritayotgani, iqtisodiyotimizning o‘sib borishi, xalqimizning hayot darajasi, hayot sifatining tobora o‘sib borishi, eng muhimi, kishilar bugungi tinch osuda hayotidan rozi bo‘lib yashayotganligining sababi — Allohning marhamatidir. Tangrimiz bizni O‘zi asramoqda, O‘zi yo‘limizni ochib bermoqda”.

Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq buyuk allomalarimiz, muhaddisu, faqih ulamolarimiz ilmiy meroslarini tadqiq etish, yosh avlodni ajdodlarimizning boy ma’naviy bilimlari asosida tarbiyalashga yurtboshimiz rahnamoligida alohida e’tibor qaratildi. "Ma’naviyati yuksak xalqni yengib bo‘lmaydi” degan so‘zlari dolzarbligi bugun yanada ravshan bo‘lmoqda. Qolaversa, U kishining adabiyot, ma’naviyat, iqtisod, siyosat,jamiyat, tilshunoslik va boshqa fanlarga metodoliya bo‘lib xizmat qiluvchi asarlari manfaatli ilmni ifodalab beradi.

Ortlarida qolgan farzandlar… Butun o‘zbek xalqi farzandlari… "O‘zbekistonda unib o‘sayotgan har bir farzand mening farzandim”, deya yoshlarga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatar edilar. Bugun ana shu farzandlar ko‘zlarda yosh, qalblarda ayriliq firog‘i bilan u kishininig ortlaridan duolar qilmoqda, xatmi Qur’onlar o‘qib bag‘ishlamoqda. Alloh taolo ana shu oyati karimalar, qilingan barcha ezgu amallar barakotlaridan farovon hayotimiz, nurli istiqlolimiz asoschisi — Prezidentimiz qabrlarini nurlarga to‘ldirsin!

Albatta, Alloh taqdiriga itoat etamiz, foniy dunyo haqiqatiga taslim bo‘lamiz. Buyuklar vafot topsa ham, hamon biz bilan hamnafas yashayotgandek tuyulaveradi. Ularning yo‘qligiga ishongisi kelmaydi kishining. Sababi ular hayotlarida bajargan ulkan ishlari bilan, qalblarga o‘rnashgan muhabbatlari bilan bir zumda yo‘q bo‘la olmaydilar. Balki, zamonlar osha avlodlarni o‘zlarining amaliy, ma’naviy jasoratlari bilan faxrlantirib keladilar. Alloh taolo Qur’oni Majidda marhamat qilganidek: "Ehson (ezgulik)ning mukofoti faqat ezgulikdir” (Ar Rahmon, 60).

Yurtboshimizning farovon hayotimiz uchun amalga oshirgan barcha xayrli ishlari mukofotini oxiratda Yaratganimiz o‘ziga ma’lum bo‘lgan adaddagi ajrlar ila mukofotlasin! Bu og‘ir damlarda xalqimizga Alloh chiroylik sabr bersin.

Anvar qori Tursunov,
Toshkent shahar bosh imom-xatibi

Manba: www.SheJoT.CoM - Saytdan olindi!

Ushbu ma'lumot daryo.uz dan olindi!

Нравится




Категория: YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT | Просмотров: 122 | Добавил: iphone | Теги: #habarlar, #uznews, #новости, #newsuz, #Yangiliklar, #ahborot, #Yangilik, #news, #xabarlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
MALUMOT IZLASH

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
 
200
BEPUL REKLAMA
Dj.Sherik@mail.ru saytga!
>>> REKLAMA QO'SHISH
Онлайн-ТВ





Календарь
«  Сентябрь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
1) www.bepull.ucoz.com - Universal PortaL
2) www.UzbKino.NeT - O'zbek kinolari va Dunyo kinolar olami!
3) www.Odnokartinki.net - Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру / Odnoklassniki.ru sayti uchun bepul smaylikla
4) www.SherlarUz.CoM - SMS Sherlar, Sevgi, Do'stlik va h.k
5) www.JavaUz.CoM - Mobil aloqalar uchun barchasi!

Copyright MyCorp © 2016