WWW.SHEJOT.COM
SAHIFALAR
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [377]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [4219]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [116]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [526]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [428]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [223]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [2172]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [3529]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [43]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [7217]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [692]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2632]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [132]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [148]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [168]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1093]
Заработок в интернете / Pul ishlash [17]
Pazandachilik / Кулинария [234]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [1599]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [2514]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [2]
Восстановление данных - Программы [16]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [9]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [12]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [49]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [65]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [15]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [59]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [17]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [72]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 ТАМОША КИЛИШ
YANGI KINO FILMLAR










Статистика



waplog

Главная » 2016 » Июнь » 7 » Бахил ва омонатга хиёнат болаликдан парчалар

ПОИСК / IZLASH:

22:39
Бахил ва омонатга хиёнат болаликдан парчалар
Assalomu alaykum sayt muxlislari.

Sizlarga bir hayotiy voqeani hikoya qilib bermoqchiman. Bu yerda maslahatga urin yuq. Shunchaki sayt muxlislari uchun, bulgan bir voqeani hikoyasi bu…

Studentlik davrimda biroz pul qilish uchun, qishloqlardan arzonga meva-sabzovot sotib olib, shaharda bozorda qimmatroqqa sotardim. Shu bilan uqish davridagi "xarajatlarimni” qoplardim, yonimda ham anchagina pul bulardi. 2000 yilda edi adashmasam, uzimni biznesmen his qilardim usha vaqtlar.

Hayotda har xil holatlarga tushganim uchun, uzimga hayotiy slogan yasab olgan edim: "hayot – kurash maydoni, unda kuchlilar g’olib buladi”. Inson kuchli bulish uchun hayotdagi ahamiyatsiz narsalarga, his-tuygularga e’tibor qilmaslik, doim maqsad sari olg’a yurish kerak deb uylardim.

Lekin hayotda maqsadlar uzgarakan…

Utmishdagi uzing uchun ahamiyatsiz sanalgan narsalar, bugun seni yiqitarkan…

Bir safar qishloqdan kuproq yukni savdosini kelishib, shahardagi urtogimni yuk mashinasini boshlab  kelish uchun shaharga qaytayotganimda, yo`lda marshrut-taksiga bir yosh yigitcha chiqdi. 15-16 yoshlik kollej yoki litsey talabasi edi menimcha, odmigina kiyingan, chekka bir qishloq bolasi edi. Bir qulida polietilen paket boshqasida og`irroq sport sumkasi edi. Yolda kelishda paketidan kulcha non chiqarib yeb keldi. Sumkasida kartoshga ham bor edi menimcha, yonimga utirganda oyogimga botgandan bildim. Buni sezdi shekilli uzr surab, sumkasini nari tortgan buldi.

Shaharda bozor yaqiniga avtobus bekatiga kelib tushdik, avtobus ketib bulgani uchun bekatda deyarlik hech kim yuq edi. Men nariroqda urtogim kelishini kutib turardim. Ikkita luli qizcha, biri kattaroq ikkinchisi 5-6 yoshlik, kelib tilanchilik duosini boshlab qoldi. Ularni haydab yubordim, keyin qizchalar yigitchani oldiga borishdi. U esa qulidagi paketida qolgan ikki kulchani qizchalarga berdi. Shu bilan luli qizchalar menga o`qrayib qarab nari ketishdi.  Bir oz vaqt utib yigitchani tobi qochdi shekilli, mendan sumkasiga qarab turishni iltimos qilib, xojatxona izlab ketdi.

Bir oz utmay urtogim yuk mashinasida yetib keldi, bekatda tuxtash mumkin bulmasa ham, tuxtadi. Surashishni ham kalta qilib, tezroq mashinaga utirishni aytdi, DAN xodimlari kurib qolmasligi uchun. Mashinaga utirdim, bekatdan nari ketdik. Yigitchani omonati esa xayolimga ham kelmadi. Bozor chorrahasidan burilib, haligi bekat yonidan utayotganimizda, luli qizchani kattasi sumkani orqalab chopib ketardi, kichigi esa ikki qulida ikki kulcha bilan orqaroqda kattasiga yetib olish uchun chopqillab borar, kulchalardan ham bir-bir tishlab quyishga harakat qilardi. Ushanda bu holat menga juda kulgilik tuyulgandi. Yigitcha kuch berib kutaradigan sumkani undan yosh qizcha orqalab yugurib ketyapti.

Ushanda yigitchani holati menga ahamiyatsiz edi, 15-16 yoshlik uspirin qanday bu holatdan chiqa olganini bilmayman. Umid qilaman, bu holatdan chiqib ketgandir, insofli kishilar yordam bergandir. Hech bulmaganda, uzini qulga olib, bu holatdan chiqishga kuch topa olgandir. Kuchli bula olgandir. Yigitchani holi ne kechganini, bunda mening uzimni qanday tutganligimni tasavvur qilish sizga havola. Menga esa sumkani orqalab qochayotgan qizchalar holi kulgili, yigitchani holi esa men uchun ahamiyatsiz edi ushanda…

Lekin hozirda, biror joyda kulcha nonni kursam dahshatga tushaman, yuragim urishdan tuxtaydi go`yo, qo`rquvdan hushim ketadi. Kuz oldimga sumka orqalab va ikki qulida kulcha non bilan chopqillab ketayotgan ikki qizcha keladi. Bir vaqtlar men uchun kulgili bulgan holat hozir meni dahshatga soladi. Uzga yurtdamiz, mening ham farzandim shaharga uqishga borishni orzu qiladi. Usha yigitcha kabi arzimas yordamga muhtoj bulgan vaqtda menga uxshagan odam uchrashidan qurqaman.

***

Miqtiboyeva.

Unutilayozgan bolalikning ozor-beozor shuxliklari, yosh utgan sari kishini qalbini goh-gohida o`rtab turarkan. Bu oqshom ijod parisi go`shangam mehmoni, sizga bolalikning ozor-beozor shuxliklaridan birini hikoya qilib beray.

Maktabda 7-sinda uqirdik. O`quv yili boshida sinfimizga yangi uquvchi qiz keldi, ismi-sharifi Yulduz Miltiqboyeva. Kichkina, tulachadan kelgan, yumaloq yuzli, qovoqdor kuzlari javdirab turadigan qizcha, a’lochi ekanligi birinchi darslardayoq ma’lum buldi. Qishloq chetida, anhor yoqasida buvisi  va bir ukasi bilan yashardi. Ukasi nogiron edi, maktabga bormasdi. Otasi avtohalokat tufayli olamdan utganini bilardik, onasi haqida kam bilardik, shaharda yashar edi, boshqa qarindoshlarini kamnamo edi.

 Sinfdoshlardan hech kim uni ismini aytib chaqirmasdi, Miqtiboyeva deb chaqirardik. "Miqti” degan suzni yoki shunga uxshan suzni qayerdandir uqib qolgan edim, ma’nosini ham bilmayman. Uni jig`iga tegish uchun Miqtiboyeva deb bir atadim-u, shu bilan Miqtiboyeva bulib ketdi. Uqituvchilar ham bazida adashib, yoki erkalab Miqtiboyeva, miqti qizim der edi. Uzi ham tez urganib ketdi.

Paxtaga chiqdik, hammadan kup paxta terardi. Baloga qolgan biz ug`il bolalar edik. Uqituvchimiz kechki "shtab”da bizni rosa sukardi, bir-ikki shapaloq yoki tepki yeb ham olardik. Biz esa Miqtiboyevadan qanday alamimizni olishni bilmasdik. Tergan paxtasini ug`irlardik, bari-bir kechki shtabda hammadan kup tergan u. Bir safar paxtasini ug`irlayotganimizni tabelchi kurib qolib bizni ulasi qilib dupposlagan edi. Hech esimdan chiqmaydi. Uyga borganda oyim kim urganini bilib qolib tabelchini uyigacha shang’illab qarg`ab bordi. Tabelchini har qarg`iganda menda qandaydir dadillik paydo bulardi. Uzimni tug`ri ish uchun jabrdiydadek his qila boshladim. Men uchun himoyachi borligidan quvonardim. Ushanda onam men uchun tog` buldi. Ushanda men onamni, garchi qarg`ish sohasida bulsa-da qudratini kurdim. Naq yetti mahallani larzaga soluvchu qudrat edi bu.

Nihoyat tabelchini uyiga yetdik deganda, men bilan birga tabelchini dupposiga hamtovoq bulgan urtog`imni oyisi chiqdi. Mana endi tabelchi tamom, deb uyladim. Lekin negadir urtogimni oyisi meni oyimni tinchlatirishga harakat qilardi. Shu vaqt deraza chertilishini eshitib qoldim. Qayrilib qarasam, urtog`im menga imo-ishora bilan quyon bulishni kursatardi. G`alati holat, men tushunmay hayron edim… tarsaki  tushguncha… avvalroq ta’riflangan qudrat hozir meni qarshimda va menga qarshi edi… ikkinchi tarsakiga  chap berib juftakni rostladim…

Kech bulgan edi, lekin tulin oy borligi uchun kechasi osmon yorishgan edi. Usha kech hali ham aniq yodimda. Anhor yoqasidagi tepalikka chiqdim. Osmonni yaqinroqdan kurmoqchi buldim shekilli, tepalikdagi keksa tut daraxtiga ham chiqdim. Kechasi shu tutdagi g’ovakda tunashni reja qilib quydim. Tutni tepasidan Miqtiboyevani hovlisi kurib qoldim. Qarasam, Miqtiboyeva sigir sog’moqchi. Xuddi-ki pingvin, buzoqni sigirdan ajrata olmay rosa harakat qilyapti. Ovoz chiqarmaslikka harakat qilib, miriqib kuldim. Lekin u amallab epladi, sigirni sogib oldi, buzoq nihoyat onasini turtkilab emishga tushdi, u esa yana pingvincha yurish bilan chelakni kutarib oshxonaga ketdi. Bir oz vaqt utib buzoqni yana sigirdan ajratishga tushdi, yana usha holat, qani endi bugungi kundagi videokameralar usha vaqtda bulsa, buzoqni ipidan chiranib tortishi-yu, sirpanib tezakka yiqilishi rosa tomoshabop bulardi. Oxiri amallab mol-holni joyladi hisob.

Biron soatlar vaqt utib nogiron ukasini orqalab chiqdi. Uyni yoniga utib ukasini tuvakka  yoziltirdi. Orqasidan hassaga tayanib buvisi ham chiqdi, bir nimalar deganday buldi, aniq eshitilmadi, faqat miqtini "uzim eplayman” deganidan, yordam bermoqchi ekanlini tushundim. Ishni bitirib ukasini orqalab yana uyga kirib ketdi. Undan keyin yana bir ikki marta hovliga chiqib, u yoq bu yoqqa utdi, u bu ishlarni qilganday buldi.

Kechki soat 11 dan utgan edi chog`imda, birin-ketin qishloqdagi hovlilardan televizor va chiroq yog’dulari ucha boshladi. Miqtini hovlisida birgina derazadan chiroq nuri va sharpa kurinardi, Miqti dars qilardi…

Kuzim ilingan ekan, yelkamni kimdir turkiladi. Qarasam dadam bilan menga quyon bulishni maslahat qilgan urtog’im. Kuzlari uyquga tuymaganidan qizarib turibdi. Jimgina uyga qaytdik.

Paxta terimi ham tugadi. Qishda Miqtini ukasi olamdan utib qoldi. Kambag’al yashardi. Dori-darmonga, kasalxonada davolashga buvisini quli kaltalik qilgan, degan gaplar buldi. Aslida buvisini hassasiga tayanib, nogiron nevarasini shifoxonaga davolatishga holi yuq edi. Qiyin damlar edi. Odamlar kup ham bir-biriga yordam berishga qurbi yetmasdi, uzlaridan ortmasdi. Miqtini onasi haqida ham ma’lumotlar chiqa boshladi. Onasi jinnixonada ekan. Otasi olamdan utgandan keyin esi og`ib qolgan, boshida uncha bilinmagan, keyinchalik kasali kuchaygandan keyin qushnilari jinnixonaga topshirvorishgan ekan. Miqtini ukasini ham onasi balkondan irgitib yuborib nogiron qilib quygan ekan.

Miqtiboyeva uyni yonida, usha ukasini orqalab shiqib yoziltirgan tuvak  yonida, uziga katta kelgan motam kuylagini etagini gijimlagancha, boshini xam qilib utirardi.

Men uni paxtani kup tergani uchun xushlamasdim…

Manba: www.SheJoT.CoM - Saytdan olindi!

Ushbu ma'lumot http://sayyod.com/pda dan olindi!

Нравится




Категория: BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA | Просмотров: 261 | Добавил: iphone | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
MALUMOT IZLASH

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
 
200
BEPUL REKLAMA
Dj.Sherik@mail.ru saytga!
>>> REKLAMA QO'SHISH
Онлайн-ТВ





Календарь
«  Июнь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Архив записей
Друзья сайта
1) www.bepull.ucoz.com - Universal PortaL
2) www.UzbKino.NeT - O'zbek kinolari va Dunyo kinolar olami!
3) www.Odnokartinki.net - Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру / Odnoklassniki.ru sayti uchun bepul smaylikla
4) www.SherlarUz.CoM - SMS Sherlar, Sevgi, Do'stlik va h.k
5) www.JavaUz.CoM - Mobil aloqalar uchun barchasi!

Copyright MyCorp © 2016