WWW.SHEJOT.COM
SAHIFALAR
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [377]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [4215]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [116]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [525]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [428]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [223]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [2169]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [3516]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [43]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [7214]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [688]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2632]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [132]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [148]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [168]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1093]
Заработок в интернете / Pul ishlash [17]
Pazandachilik / Кулинария [234]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [1592]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [2512]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [2]
Восстановление данных - Программы [16]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [9]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [12]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [49]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [65]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [15]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [59]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [17]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [72]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 ТАМОША КИЛИШ
YANGI KINO FILMLAR










Статистика



waplog

Главная » 2016 » Март » 29 » Bryus Lining noyob qobiliyatlari haqida 18 fakt

ПОИСК / IZLASH:

23:41
Bryus Lining noyob qobiliyatlari haqida 18 fakt
Bryus Li tufayli Gollivud kung-fu nimaligini o‘rgandi. Jang san’atlari ustasi va instruktori, faylasuf, rejissor hamda Jit Kun Do asoschisi Bryus Li juda erta — 32 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
"Interesniye fakti” sayti uning favqulodda iste’dodini isbotlaydigan faktlarni yodga oldi.

1. Sekinlashtirilgan syomka

Bryus Lining tezligi shu qadar yuqori ediki, u ovqatlanish tayoqchasi yordamida havodagi guruchni tutib olishga qodir edi. Tomoshabinlar uning harakatlarini farqlay olishi uchun filmlarda jang sahnalari biroz sekinlashtirilar edi.

2. Tanga yordamida ko‘rsatiladigan fokus

Bryus Li birovning kaftidagi tangani olib, uning o‘rniga boshqasini qo‘yishni shu qadar tez bajarardiki, tangani ushlab turgan odam buni payqamay qolishi mumkin edi.

3. "O‘lim o‘yini”

Bryus Li "O‘lim o‘yini” filmida vafotidan so‘ng bosh rolni ijro etgan. Filmda uning dafn marosimida olingan sahnalar mavjud. Aktyor syomkalar yakunlanishidan oldin olamdan o‘tgani bois ayrim sahnalarda montaj va dublyorlardan foydalanilgan.

4. Jahlimni chiqarma

Jang sahnasidagi sherigi Bob Voll yo‘l qo‘ygan xato tufayli shishada qo‘lini kesib olgan Bryus Li raqibiga shunday zarba berganki, uning himoya uchun ko‘tarilgan qo‘li sinib qolgan. Jarohat olgan qo‘lini ishlatmaslik uchun Li boshqa qo‘li bilan zarba bergan, ammo zarba kuchini to‘g‘ri hisoblay olmagan edi. Voll esa zarba bu qadar kuchli bo‘lishini kutmagan.

5. 11 sekund

1962-yilda Bryus Li 11 sekund davom etgan jangda raqibiga 15 ta zarba berib, uni nokautga uchratgan. Muxlislari haligacha uning "bir dyuym naridan” turib beriladigan zarbasini takrorlashga harakat qiladi.

6. Bir qo‘lda 50 marta yotib turish

Bryus Li bitta qo‘lining katta va ko‘rsatkich barmoqlarida turib 50 marta, boshqasida yana 50 marta yotib tura olardi.

7. Gongkong chempioni

Bryus Li 1958-yilda cha-cha-cha raqsi bo‘yicha Gongkong chempioni bo‘lgan. O‘shanda u 18 yoshda edi.

8. Umurtqa pog‘onasi jarohati

Bryus Li umurtqa pog‘onasidan olgan jiddiy jarohatni yengib o‘ta olgan. Mashg‘ulotdagi muvaffaqiyatsiz harakat tufayli uning to‘rtinchi umurtqasiga zarar yetgan. Bu amalda sport karyerasining yakuni degani edi. Shifokorlar Bryus yarim yil davomida boshqatdan yurishni o‘rganishi lozimligini, umrining oxirigacha og‘ir yuklamalardan qochishi kerakligini aytgan. Lekin u o‘z terapiyasini ishlab chiqib, nafaqat tuzalib ketgan, balki ilgarigidan ham baquvvatroq va epchilroq sportchiga aylangan.

9. Jeki Channing adabini bergan

Bir kuni Bryus Li tasodifan Jeki Channi do‘pposlagan. "Ajdarning chiqishi” filmida u Jekining yuziga aso bilan zarba bergan. Ammo yosh Jeki bu voqeani hazilga yo‘ygan va o‘zi muxlislik qiladigan afsonaviy aktyor bilan yaqinroq tanishish imkoniyatidan foydalanib qolgan.

10. Sinib qolgan boks grushasi

Jeyms Kobern Li tomonidan jang san’atiga o‘rgatilgan kino yulduzlaridan biridir. Bir safar u bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish paytida Bryus Li 68 kilogrammlik boks grushasini sindirib qo‘ygan.

11. Bryus Li Chak Norrisdan kuchliroq bo‘lgan

Chak Norris bu haqda gapirishni yoqtirmaydi, lekin bir safar do‘sti Bryus Li jangda uni osonlikcha yengishini tan olgan.

12. Yengilmas jangchi

Bryus Li dunyodagi yagona yengilmas jangchi — Buyuk Gamning muxlisi edi. Buyuk Gamning faoliyati 50 yil davom etgan.

13. Bryus — tinchlik ramzi

Bosniyaning Mostar shahrida Bryus Lining haykali o‘rnatilgandi, negaki u aholining barcha etnik qatlamlariga birday yoqardi. Keyinchalik haykal buzib tashlandi.

14. Bryus Li boks texnikasini o‘rgangan

Bryus Li Muhammad Alining muxlisi bo‘lib, uning janglarini videotasmada qayta-qayta ko‘rgan. Li uning harakatlarini sinchiklab o‘rgangan.

15. Equagesic

Bryus Li 32 yoshida Equagesic og‘riq qoldiruvchi preparati bergan allergik reaksiya oqibatida vafot etdi.

16. 0,05 sekund

Bryus Lining tezligi rasman qayd qilingan: 1 metr masofadan beriladigan zarbaga 0,05 sekund sarflangan. Ayrim jang sahnalarida u 50 nafar raqibini bir necha sekundda yiqitgani aks etgan.

17. Nemis qoni

Uning onasi katolik e’tiqodida bo‘lib, bir tomondan nemis edi.

18. Yip Men va Bryus Li

Bryus Liga jang san’atini o‘rgatgan kishi — Yip Men afyunga pul topish uchun o‘z sport maktabini ochgan edi. Bryus Li unga kung-fu texnikasini faqat xitoyliklar uchun saqlab qolib, chet elliklarga oshkor qilmaslikka va’da bergandi, lekin u so‘zining ustidan chiqmadi.

Manba: www.SheJoT.CoM - Saytdan olindi!

Ushbu ma'lumot daryo.uz dan olindi!

Нравится




Категория: SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ | Просмотров: 205 | Добавил: iphone | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
MALUMOT IZLASH

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
 
200
BEPUL REKLAMA
Dj.Sherik@mail.ru saytga!
>>> REKLAMA QO'SHISH
Онлайн-ТВ





Календарь
«  Март 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
1) www.bepull.ucoz.com - Universal PortaL
2) www.UzbKino.NeT - O'zbek kinolari va Dunyo kinolar olami!
3) www.Odnokartinki.net - Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру / Odnoklassniki.ru sayti uchun bepul smaylikla
4) www.SherlarUz.CoM - SMS Sherlar, Sevgi, Do'stlik va h.k
5) www.JavaUz.CoM - Mobil aloqalar uchun barchasi!

Copyright MyCorp © 2016