WWW.SHEJOT.COM
SAHIFALAR
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [378]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [9407]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [118]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [1671]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [500]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [241]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3344]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [5634]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [79]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [10143]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [1228]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2663]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [212]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [245]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [694]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [2294]
Заработок в интернете / Pul ishlash [17]
Pazandachilik / Кулинария [387]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [2841]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [4918]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [3]
Восстановление данных - Программы [16]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [10]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [12]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [49]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [103]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [20]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [60]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [17]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [72]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 ТАМОША КИЛИШ
PHOTOSHOP UCHUN / Все для фотошопа / All For Photo [3]
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [47]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [351]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [615]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [37]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [23]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [37]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
DINIY MARUZALAR / ISLOMIY HIKOYALAR / MARUZALAR / ИСЛОМИЙ МАРУЗАЛАР / ДИНИЙ ХИКОЯЛАР [135]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [35]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO'YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA'LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН
Jinsiy hayot / Жинсий хаёт [29]
жинсий алоқа ҳақида jinsiy aloqa haqida ma'lumotlar
YANGI KINO FILMLAR










Статистика





Онлайн всего: 21
Гостей: 20
Пользователей: 1
sallyrq3

Kun faolllari:
leightk2, kaylavv4, ftuh, sallyrq3
Главная » 2014 » Февраль » 16 » Chapaqaylarning miyasida farq bormi?

ПОИСК / IZLASH:

22:42
Chapaqaylarning miyasida farq bormi?
Tabiatning mo‘’jizalari bisyor. Odamzod yaralibdiki, bu mo‘’jizalarning sabab va echimini axtaradi. Ularning nima uchun degan savolining  yakuni yo‘q...
Olimlar shu savollarga javob topish maqsadida ulkan ishlarni amalga oshirishadi.
Shu jumladan, odam miyasi kabi sirli a’zo haqida ko‘plab qiziqarli holatlar aniqlangan. Masalan, chapaqaylar miyasi o‘naqaylarnikiga nisbatan farqi bormi, degan savol ko‘pchilikni qiziqtiradi. Keling, bugungi sahifamizda chapaqaylarga xos jihatlar va uning sabablari haqidagi suhbatlashamiz.
Bosh miya ikkita, ya’ni chap va o‘ng yarim shardan iborat. Bosh miyaning chap yarim sharida nutq markazlari joylashgan. Shuning uchun ham bosh miyaning chap yarim sharida so‘z bilan bog‘liq barcha tafakkur operatsiyalari bajariladi. Bosh miyaning o‘ng yarim shari ob’ektlarning fazoviy joylashuvini tahlil qilish uchun javob beradi. Masalan, atrof-muhitdagi uylar, daraxtlar, mashinalar, haykallar va boringki, har qanday shaklga ega bo‘lgan ob’ektlarning shakl-shamoyilini tahlil qiladi. Demak, bosh miyaning o‘ng yarim shari dunyoni so‘z ishtirokisiz qabul qiladi va bu erda, asosan, ko‘rish analizatorining ahamiyati katta. Chap yarim shar esa so‘z bilan ifodalangan ma’lumotlarni qabul qiladi va tahlil qiladi. Obrazli qilib aytganda, chap yarim shar, asosan, so‘z bilan, o‘ng yarim shar esa ko‘z bilan dunyoni idrok etadi. Bu uyg‘unlik saqlangan bo‘lsa, insonning xotirasi ham  mustahkam bo‘ladi.

Kitobdagi siz ko‘rayotgan geometrik shakllarni qabul qilib olish ham o‘ng yarim sharning vazifasi. Biroq har qanday fazoviy jismlar yoki geometrik shakllarni so‘z bilan ifodalab berish talab qilinsa, bu erda chap yarim shar yordamga keladi. Demak, chap yarim sharning tili bor. 
Biroq hozir men keltirib o‘tgan ma’lumotlar o‘naqaylar uchun xos. Chapaqaylarda esa nutq markazlari bosh miyaning o‘ng yarim sharida joylashgan. Demak, chapaqaylarda chap yarim shar bajaradigan aksariyat funktsiyalar o‘ng yarim shar zimmasiga yuklatilgan. Bundan tashqari, ambidekstrlar, ya’ni oliy ruhiy funk-tsiyalarni bajarishda miyaning ikkala yarim shari bir xilda ishtirok etadi. Bundaylar ikkala qo‘li bilan ham bir xil ishlay oladiganlar. Biroq bu degani ikkala qo‘li bilan ham yoza oladi, degani emas. Masalan, ambidekstr yozganda, o‘ng qo‘li bilan ruchkani ushlaydi, nonni kesganda, pichoqni chap qo‘li bilan ushlaydi. «Toza» chapaqaylar 15 % dan oshmaydi. Bizning oramizda ambidekstrlar va o‘naqaylar ko‘p. Ambidekstrlarda nutq funktsiyasini bajarishda bosh miya-ning ikkala yarim shari ham ishtirok etadi. Shuning uchun ham ambidekstrlarda insulьt sababli nutq buzilsa, u tez tiklanadi.

Ko‘pchilik dohiylar chapaqay bo‘lishgan degan gaplar haqiqatmi yoki tasodif?
Shu narsa aniqki, chapaqaylar miyasi hissiyotga ko‘proq burkangan. Shuning uchun ham chapaqaylar o‘naqaylarga qaraganda hissiyotga ko‘proq beriluvchan bo‘lishadi. Chapaqaylardan buyuk kompozitorlar, rassomlar va tabiatshunos olimlar chiqishiga sabab, ularda miyaning o‘ng yarim shari faolligi bilan bog‘liq. Nima uchun chapaqaylardan buyuk futbolchilar chiqadi va ular golni aniq hamda ko‘p urishadi, deb so‘rashadi. Buning asosiy sababi — geometrik figuralar uchun javob beradigan o‘ng yarim sharning ustunligi bilan bog‘liq. Biroq chapaqaylarning ojiz tomoni — ularni  xafa qilish oson. Balki shuning uchundir, ularda birovlardan ustunlik qilishga intilish yuqori. Bunga o‘ng yarim shardagi «shijoyat» ham yordam beradi. Biroq chapaqaylardan yaxshi yozuvchilar chiqmaydi. Bu xususiyat o‘naqaylar uchun xos.
Chapaqaylar qarorlarni qabul qilishda o‘ng qo‘llilardan ko‘ra chaqqonroq bo‘ladi, degan qarashlarni nima bilan izohlash mumkin?
Yuqorida bu savolga qisqa javob berib o‘tdim. Agar yana unga qo‘shimcha qiladigan bo‘lsak, chapaqaylar ko‘proq amaliyotchi, o‘naqaylar esa nazariyotchi bo‘lishadi. Chunki miyaning chap yarim shari (ya’ni so‘z markazlari joylashgan yarim shar) ustunlik qiladigan o‘naqaylar narsa va voqealarni tahlil qilib o‘tirguncha, miyaning o‘ng yarim shari ustunlik qiladigan chapaqaylar (amaliyotni yaxshi ko‘radigan o‘ng yarim shar) ishni darrov amalga oshiradi-qo‘yishadi. Chapaqaylarning tezroq qaror qabul qilib, ishga kirishib ketishiga sabab — ular uzoq fikr yurgizishni yoqtirishmaydi, buning uddasidan ham chiqishmaydi. Shu bois, ular maslahatlashib ish ko‘rishni ma’qul ko‘rishadi. Maslahatlashgan odam esa kam xato qiladi.

Agar bola chapaqay bo‘lsa, uni majburlab o‘ng qo‘lda yozishga va ovqatlanishga o‘rgatilganda, qanday psixik o‘zgarishlar yuz berishi mumkin?
Yuqorida men ko‘rsatib o‘tgan xususiyatlar yo‘qqa chiqadi, bolaning keyingi hayotida ikkala yarim shar bir-biri bilan kelisha olmay yashashadi. Bu bilan ota-onalar kelajakda kompozitorlar, rassomlar, futbolchilar etishib chiqishiga to‘sqinlik qilishadi.
Xulosa: Chapaqaylar o‘naqaylarga qaraganda aqlli va uddaburon bo‘lishadi, degan fikrdan mutlaq chetda yurish kerak. Chapaqaylar juda kamchilikni, ya’ni bor yo‘g‘i 10-15 % ni tashkil qilgani uchun, ya’ni o‘naqaylardan 7-8 barobar  oz bo‘lgani uchun  ular orasidagi mashhur odamlar darrov ko‘zga tashlanadi. O‘naqaylar 85-90 % ni tashkil qilgani uchun ular orasidagi mashhur odamlar 7-8 barobar ozdek ko‘rinadi. 
 
Zarifboy Ibodullaev,  professor

Manba: Shifo-info gazetasi

Manba: www.SheJoT.CoM - Saytdan olindi!



Категория: Foydali maslahatlar / Полезны советы | Просмотров: 2045 | Добавил: shejot | Теги: maslahatlar, Maslahat bering, маслахат, tekin maslahat, foydali, маслахат беринг, текин маслахат, полезные советы, Maslahat | Рейтинг: 0.0/0
Reqlom
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
MALUMOT IZLASH
Логин:
Пароль:
MALUMOT IZLASH

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
200
BEPUL REKLAMA
Dj.Sherik@mail.ru saytga!
>>> REKLAMA QO'SHISH
Онлайн-ТВ





Календарь
«  Февраль 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728
Архив записей
Друзья сайта
1) www.BePuL.NeT - Universal PortaL
2) www.UzbKino.NeT - O'zbek kinolari va Dunyo kinolar olami!
3) www.Sherlar.org - Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру / Odnoklassniki.ru sayti uchun bepul smaylikla
4) www.SherlarUz.CoM - SMS Sherlar, Sevgi, Do'stlik va h.k
5) www.24soat.com - SMS SHERLAR TABRIKLAR JUMA BAYRAM!

Copyright www.Shejot.com © 2020