WWW.SHEJOT.COM
SAHIFALAR
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [376]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [7319]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [116]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [945]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [465]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [241]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [2854]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [4643]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [53]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [8578]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [881]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2647]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [158]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [220]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [605]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1930]
Заработок в интернете / Pul ishlash [17]
Pazandachilik / Кулинария [369]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [2149]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [4269]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [3]
Восстановление данных - Программы [16]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [9]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [12]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [49]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [101]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [19]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [59]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [17]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [72]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 ТАМОША КИЛИШ
PHOTOSHOP UCHUN / Все для фотошопа / All For Photo [3]
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [39]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [79]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [368]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [35]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [22]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [35]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
DINIY MARUZALAR / ISLOMIY HIKOYALAR / MARUZALAR / ИСЛОМИЙ МАРУЗАЛАР / ДИНИЙ ХИКОЯЛАР [42]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [15]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO'YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA'LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН
Jinsiy hayot / Жинсий хаёт [13]
жинсий алоқа ҳақида jinsiy aloqa haqida ma'lumotlar
YANGI KINO FILMLAR










Статистика





Онлайн всего: 63
Гостей: 63
Пользователей: 0


Kun faolllari:
Bogdanpxa, proffalmazGlumn, ArthurApark, gazandflem, Hokimbek_1000, AlpatovFA, Dushapokoy
Главная » 2019 » Март » 5 » Chilim, sigaret, veyp, IQOS tizimlari… Chekishning har qanday turi — zarar

ПОИСК / IZLASH:

15:08
Chilim, sigaret, veyp, IQOS tizimlari… Chekishning har qanday turi — zarar
Sigaretlar asta-sekin urfdan qolyapti. Tamaki kompaniyalari ularning o‘rniga yetarlicha xavfsiz muqobil variantlarni — veyplar va tamakini qizdirish tizimlarini (IQOS) sotmoqda. Nazariy jihatdan ular anchagina xavfsiz bo‘lishi kerak. Lekin amaliyotdachi? "Daryo” kolumnisti Sarvar G‘aniyev shu savolga javob izlab ko‘radi.

Sigaretlar

Sigaretlar — do‘kon va uydan topish mumkin bo‘lgan eng xavfli narsalardan biri. Ular har yili dunyo bo‘ylab 7 milliondan ortiq insonning hayotiga zomin bo‘ladi. Lekin bu juda kamchilikni xavotirga soladi. Dunyoda har yettinchi odam chekuvchi. 2018-yil statistikasi bo‘yicha yer yuzida 1 milliard inson sigaret chekadi.

Sigaretda tamaki 600 °S dan yuqori haroratda yonadi. Yongan vaqtida 250 ga yaqin zararli moddalar ajraladi. Ulardan 69 tasining kanserogenligi isbotlangan (o‘sma kasalligini chaqiradi). Eng xavfli moddalardan biri — nikotin. Aynan u sigaretlarga qaramlilikni keltirib chiqaradi.

Olimlar sigaretlarni 1950-yildan beri o‘rganadi. Shuning uchun ular haqida yetarlicha ma’lumotga egamiz. Lekin sizni uzoq ro‘yxat bilan qo‘rqitmaslik uchun eng asosiysi bilan bo‘lishamiz. Qanday yo‘l bilan bo‘lmasin, tamakini xavfsiz iste’mol qilish mumkin emas. Uning inson sog‘lig‘iga zarari ko‘plab tadqiqotlarda tasdiqlangan.

Sigaretdan asosan nafas olish tizimi a’zolari va yurak qon-tomir sistemasi aziyat chekadi, lekin tamaki butun organizmga ziyon keltiradi. U immunitetni pasaytiradi va ichki a’zolarga zarba beruvchi yallig‘lanish jarayonlarini stimullaydi. Chekish, o‘pka saratonidan tashqari, yana 13 turdagi o‘smani keltirib chiqaradi.

Faol chekuvchilarning kasriga qolgan passiv chekuvchilar yoki ikkilamchi chekuvchilarda ham nafas olish tizimi a’zolari va yurak qon-tomir sistemasi kasalliklari paydo bo‘ladi. Bundan ko‘pincha chaqaloqlar vafot etadi, homilador ayollardan esa kam vaznli, to‘la rivojlanmagan bolalar dunyoga keladi.

Chilim

Chilim chekish vaqtida havo yonib tugan ko‘mir, tamaki qatlami orqali o‘tadi va suvga pufakchalar ko‘rinishida tushadi. U yerda soviganidan so‘nggina chekuvchining o‘pkasiga tushadi. Chilim sigaretga nisbatan xavfsizroq deyilishiga qaramay, chilim chekuvchilar katta miqdordagi uglerod oksidi, tamaki uchun maxsus nitrozaminlar, kanserogen siklik aromatik uglevodorodlar va uchuvchan aldegidlar ta’siri ostida qoladi. Bundan tashqari, chilim chekish sigaretga qaraganda uzoqroq davom etadi.

Chilim chekish xavfsiz mashg‘ulot deb hisoblanishiga qaramay, 2014-yilda e’lon qilingan maqolada uning ham zararli jihatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Olimlar 18 yoshdan 48 yoshgacha bo‘lgan 55 nafar sog‘lom, tez-tez chilim chekishga odatlangan insonlarni bir guruhga to‘pladi va ulardan tarjiba boshlanguinga qadar chekishning barcha turlaridan cheklanib turishlari so‘raldi. Shundan so‘ng ular toksinlarni aniqlash uchun analizga siydik topshirdi. Chilim chekkandan so‘ng qaytadan analiz topshirildi va chekish qancha muddat davom etgani, qancha tamaki chekilgani aks etgan savolli anketa to‘ldirildi.

Chilim chekilganidan so‘ng qatnashchilar siydigida ko‘p miqdorda nikotin, kotinin va tamakining boshqa toksinlari aniqlandi. Keyingi kuni ham ularning siydikdagi miqdori sezilarli darajada saqlanib qolgan.

2014-yilda o‘tkazilgan tadqiqotda qantashgan chilim chekuvchilarda leykemiya kasalligi kelib chiqish xavfi 4,2 barobar, ularning yonida o‘tirgan, lekin chekmagan qatnashchilarda esa 2,6 barobar ortgan.

Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib aytish mumkinki, chilim chekish xuddi sigaret chekish singari xavflidir.

Veyplar

Vayp chekuvchilar soni 2011-yilda 7 millionni tashkil qilgan bo‘lsa, 2018-yilga kelib ular soni 35 millionga yetdi.

Veyplarda tamaki yo‘q, hech narsa yonmaydi, tutamaydi. Elektron sigareta — ingalyatorning o‘zginasi. Suyuqlik qiziydi va bug‘lanadi. Bug‘ uchun glikol, glitserin va propilenglikol javob beradi. Yoqimli hid uchun aromatizatorlar va nikotin javob beradi. Ishlab chiqaruvchi "nikotinsiz” deb yozganiga qaramay, suyuqlik o‘zida nikotin saqlashi mumkin. Glikol, glitserin, va propilenglikolning ichga qabul qilinganda xavfsiz ekanligi isbotlangan, nafas orqali qabul qilinishi esa yo‘q. Aromatizatorlarning qon-tomir tizimiga salbiy ta’siri haqida ma’lumotlar bor. Eng zaharli suyuqliklar esa dolchin, vanil, qaymoq ta’mini beruvchi suyuqliklar hisoblanadi. Nikotin esa boshqa ximikatlarsiz ham turli kasalliklar xavfini orttiradi — yurak qon-tomir kasalliklaridan tortib, o‘sma metastazlarigacha.

Veyplar uchun ishlatiladigan suyuqliklarda fenol, formaldegid, qo‘rg‘oshin singari toksik moddalar bor. Fenol ko‘z, teri, shilliq qavatlarni ta’sirlantirsa, formaldegid saraton chaqiradi, qo‘rg‘oshin esa asab va yurak qon-tomir tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Veyplar sigaretdan ko‘ra yaxshimi? Bir tadqiqotda veyp chekilgan xonadagi nikotin miqdori sigaret chekilgan xonadagiga qaraganda 10 barobar kam ekani aniqlangan. Agar sigaretdan butunlay veypga o‘tilsa, o‘sma rivojlanish xavfi kamayadi. Lekin, afsuski, aksi ro‘y beradi: chekuvchilar veyp bug‘laridan zerikib, odatiy sigaretlarga qaytadi.

IQOS tizimlari

Hozirgi kunda 5 million kishi IQOS chekadi. Tamakini qizdirish tizimlari propilenglikol va tamakili stikni 240–350 °S gacha qizdirib beradi. Tutun bor, lekin bunda tamaki yonmaydi.

Biroq olimlarni laqqillatib bo‘libsiz: ular qizdirishda ajraladigan tutun tarkibida ham potensial kanserogenlarni aniqladi. Tamaki bo‘lgandan keyin IQOS ajratadigan tutun tarkibida nikotin miqdori oddiy sigaretnikidan 16 foizga kamligiga, u hech qayerga ketib qolmaydi. Toksinlardan tashqari, sistemaning o‘z materiali bor. 90 °S da u o‘zidan formaldegid sianogidrin moddasini ajratadi. Bu kichik dozalarda ham o‘ta toksik modda.

Xulosa

Veyplar va IQOS tizimlaring inson salomatligiga ta’siri oxirigacha o‘rganilmagan. Fan esa ularni sigaretga nisbatan "kam zararli” deb hisoblamoqda. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti esa chekishning barcha turlari zarar ekanini ta’kidlamoqda. O‘zini chekish zararidan saqlashning yagona yo‘li chekmaslik va chekuvchilar bilan aloqada bo‘lmaslikdir.

Maqoladan maqsad hozirda mavjud tamaki mahsulotlari haqida to‘g‘ri ma’lumot berish edi. Xulosamiz aniq — chekishning har qanday turi zararli, ularning xavflilik darajasi farq qiladi xolos. Sog‘lig‘ingiz bebaho. Uni asrab qolish tanlovi esa o‘z qo‘lingizda.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

Manba: www.SheJoT.CoM - Saytdan olindi!



Категория: BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA | Просмотров: 48 | Добавил: iphone | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
MALUMOT IZLASH
Логин:
Пароль:
MALUMOT IZLASH

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
200
BEPUL REKLAMA
Dj.Sherik@mail.ru saytga!
>>> REKLAMA QO'SHISH
Онлайн-ТВ





Календарь
«  Март 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Архив записей
Друзья сайта
1) www.BePuL.NeT - Universal PortaL
2) www.UzbKino.NeT - O'zbek kinolari va Dunyo kinolar olami!
3) www.Sherlar.org - Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру / Odnoklassniki.ru sayti uchun bepul smaylikla
4) www.SherlarUz.CoM - SMS Sherlar, Sevgi, Do'stlik va h.k
5) www.Sherlar.info - SMS SHERLAR TABRIKLAR JUMA BAYRAM!

Copyright MyCorp © 2019