 Homiladorlik davridan o'zingizga niyat qilib qo'ying: "bolamni o'z sutim bilan emizaman" deb, siz qanchalik bunga jismonan va psixologik yondashgan bo'lsangiz, shunchalik emizish jarayoni oson va qulay kechadi. 1.Nega ona suti bola uchun eng yaxshi oziqa? Ona suti o'zgacha, maxsus bo'ladi. Ikkita ona yo'q-ki ularning suti tarkibi bir xil bo'lsa, bir xil tarkibga ega sutga ehtiyojli ikkita bola ham topilmaydi. Sizning sutingiz aynan sizning bolangiz uchun, uning ehtiyoji uchun ishlab chiqariladi. Chunki har bir onaning suti maxsus biologik tarkibga ega. Masalan tyulen suti tarkibi yog'larga juda boy bo'ladi, chunki bolasi muzdek suvda sovuq qotib qolmasligi uchun teri ostida qalin yog' yig'ilib borishi kerak. Ona suti hayvonlarnikidan farqli tomoni esa miyani rivojlantiruvchi moddalarga boy bo'ladi. 2. Ona suti tarkibi Ona suti tarkibining asosiy moddalarini ko'rib chiqamiz. Yog'lar Yog'lar sut tarkibidagi eng o'zgaruvchan moddadir. Bolaning o'sishiga, hazm qila olish imkoniyatiga va kalloriyada ehtiyojiga qarab sut tarkibida yog' miqdori o'zgarib turadi. Sut tarkibi har kuni, va kunning har xil davrida turlicha bo'ladi. Masalan, emayotgan bola emish payti boshida kam yog'li sutni iste'mol qiladi, emgan sari orqa qism suti, ya'ni yog'larga boy sut kela boshlaydi. Sutning bu qismi bolaga to'yish hissini beradi. Agar bola shunchaki chanqayotgan bo'lsa u holda u bir oz emib ko'krakni tashlab yuboradi. Demak uning qorni och emas, unga shunchaki suyuq sut kerak edi. Kuchli oqsillar O'sayotgan organizm uchun oqsillar g'isht rolini o'ynaydi desak to'g'ri bo'ladi. Sifatli oqsillar ayniqsa bola umrining birinchi yilida juda zarur, chunki birinchi yil jismoniy o'sishda eng asosiy hisoblanadi. Sizning sutingizda shunday oqsillar mavjudki, ular aynan odam bolasini rivojlanishiga mo'ljallangan bo'lib, ularni hech qaerda topib ham, sotib ham ololmaysiz. Masalan, sigir suti yoki smesdan tayyorlangan sutda kozein va sivorotka oqsillari mavjud. Sivorotka juda mayin foydali oqsil bo'lib, oson hazm bo'ladi. Kozein esa aksincha biroz qo'pol va hazm qilishni qiyinlashtiruvchi oqsildir. Ona suti esa asosan sivorotka oqsiliga ega. Ayrim smeslar faqat kozeinga ega bo'ladilar. Bola oshqozoni esa bunday oqsilni hazm qilish uchun qiynaladi. Natijada organizm keragidan ko'p kuch sarflaydi, ayrim hollarda esa bola organizmi uchun bunday oqsillar zararli ham bo'lishi mumkin. Ba'zi tadqiqotlarga qaraganda, ko'krak suti bilan emizilgan bolalarda katta bo'lganda yuqori vazn muammosi bo'lmas ekan. Ona suti shirin! Ona sutida barcha sut emizuvchilar orasida laktoza (shirinlik beruvchi) moddasi eng ko'p bo'ladi. Shuning uchun ona suti shunchalik shirin bo'ladi. Undan tashqari shirinlik miyani rivojlantirishda katta rol o'ynaydi. Lekin laktoza bezarar bo'lsa, smeslarda mavjud bo'lgan saxaroza va glyukoza (shirin qiluvchi moddalar) bolaga foydali emas. Vitamin, minerallar va temir moddasi Hech kim bu moddalarni ona kabi yaxshi ishlab chiqaraolmaydi. Ona sutida mavjud bo'lgan bu moddalar nafaqat ko'p bo'ladi balki ular juda aktiv bo'ladi. Chunki ona yegan mahsulotlar oshqozonda hazm bo'lib, foydali moddalari qonga o'tib, keyin sutga aylanadi. Sutdan esa bolaga o'tib uning organizmi tomonidan oson qabul qilinadi. Smeslardagi sigir suti vitamin, mineral va temirga boy bo'lgani bilan bola organizmi ularning faqat ma'lum bir qismini qabul qila oladi. Qolgani shunchaki yo'q bo'lib ketadi. Misol uchun ona sutidagi temir moddasining 50-75% bola organizmi tomonidan qabul qilinsa, smeslar bilan kirgan temir moddasining atigi 4%, sigir suti bilan kirganining 10% ginasi bola organizmi ga singadi. Eng asosiysi ona sutidagi vitamin, minerallar va temir moddalari tarkibi bolaning o'sishiga qarab o'zgarib turadi. Smeslarda esa unday emas, faqat birinchi yilning oralig'ida bir necha bor tarkib o'zgartiriladi xolos. 3. Ona sutining himoya qilish funksiyasi Ona suti bolani himoya qilish xususiyatiga ham ega. Undagi immunoglobulinlar va boshqa bir qator moddalar bolada tabiiy immunitet shakllanishini ta'minlab turadi. Bu moddalar ham bola holatiga qarab o'zgarib bolaga kerakli immunitetni berib, kasalliklardan asrab yoki kasal bo'lgan bolani oson tuzalib ketishini ta'minlab turadi. 4. Emizish ona uchun ham foydali a) Emizish jarayonida ona organizmida ayolni mehribon ona qiluvchi prolaktin moddasi ishlab chiqariladi.Bu modda ayolda ONAlik mehrini uyg'otadi. b) Emizish onani o'z holiga qaytaradi. Ona ko'kragi chiroyli ko'rinishga ega bo'ladi. c) Emizish jarayonida oksitotsin moddasi ishlab chiqilib ona bachadonini o'z holiga kelishini ta'minlaydi. d) Emizish onani ham, bolani ham tinchlantiradi. e) Ona organizmiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Masalan, bolasini emizgan ona ko'krak raki kasalligiga kamroq uchraydi. Ona sutini emgan bolalar ham sog'lom bo'ladi. f) Ona suti arzon va doim kerakli iliqlikdagi tayyor yegulikdir. g) Emizish kutilmagan homiladorlikdan saqlaydi. SUT YETMAY QOLYAPTI? Ahamiyat bersangiz bola har 3 va 6 haftasida, 3 va 6 oyligida ko'krakka yopishib olib kuni bilan emgandek tuyuladi. "Sutim yetmayapti" deb vahimaga bormang. Aslida bolaning jismonan o'sganiga ko'krak tez moslasha olmaydi, va bola kuni bilan to'ymagandek emgisi kelaveradi. Shu kunlar iloji boricha bolani ko'proq emizing, qancha ko'p emizsangiz shunchalik u ko'krakda sut ishlab chiqarish jarayonini o'ziga moslab oladi.
Hech qachon unutmang: emayotgan bola nafaqat sizdan sut, balki mehr, ishonch, osoyishtalik, g'amxo'rlik hislarini ham oladi.
Manba: www.SheJoT.CoM - Saytdan olindi!
|