 Testosteron erkaklarning jinsiy gormoni bo'lib, ayol tuxum hujayrasini urug'lantirishda muhim rol o'ylaydi. Unining darajasi hammada har xil bo'ladi, bepushtlikning ba'zi holatlarida testosteron miqdorini dori-vositalar bilan ko'paytirish talab etiladi.
Quyida testosteronni tabbiy ravishda ko'paytirish yo'llari ko'rsatib o'tilgan:
Yetarlicha uxlash
Kuniga kamida 7-8 soat davomida tiniq uyquda bo'lish kerak;
Vazni normada saqlash
Ortiqcha vazn - semizlik testosteron darajasini keskin ravishda pasaytirib yuboradi. Lekin vaznning yetarli bo'lmasligi ham erkak salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Undan tashqari vazn yog'lar emas, balki mushaklar hisobiga bo'lishi zarur.
Aktiv bo'lish
Testosteron organizmda erkakning tana ehtiyojlariga moslanib ishlab chiqariladi. Tana qanchalik passiv, ya'ni harakatsiz bo'lsa, testosteron miqdori ham asta sekin apasayib boraveradi. Muntazam ravishda aktiv bo'lish (piyoda yurish, sport bilan shug'ullanish, suzish va hokazolar) testosteron organizmda asta sekin ko'proq ishlab chiqarilishiga olib keladi.
Stressdan xoli bo'lish
Stress organizmda kortizol gormonini ko'p ishlab chiqarilishiga olib keladi. Bunday holatda testosteron ishlab chiqarilishi pasayadi. Stressdan qutilish yo'llarini izlash kerak. Kuniga kamida 2 soat davomida o'zingiz yoqtiradigan faoliyat bilan shug'ullanishni odat qilib oling. Foydali ovqatlanish. Erkak kishi uchun foydali mahsulotlardan ko'proq iste'mol qilish lozim. Bu mahsulotlar haqida batafsil bu yerda o'qing.
Manba: www.SheJoT.CoM - Saytdan olindi!
|