Erkak va ayol bir-biridan farq qilishini barchamiz yaxshi bilamiz. Afsuski, bu farq faqatgina ularning fiziologik tuzilishida emas, balki ularning psixologik va ijtimoiy holatida ham namoyon bo'ladi. Shuni bilib olsangiz, erkak va ayol orasidagi ko'pchilik tushunmovchilik nega kelib chiqishini va uni bartaraf etishni o'rganib olasiz.
1. Erkakni eshitish, ayolni tushunish kerak. Erkak hech qachon ayol nimani nazarda tutayotganini bilmaydi. Shuning uchun ayol doim o'z istagini unga ochiq bayon etishi lozim. Sizga yordam berishini kutyapsizmi, ayting, o'zi sizning ishlayotganingizni ko'rib yordam beradi deb o'ylamang. Bu erkakning sovuqqonligidan emas, boshqacha fikr yuritishidan kelib chiqadi. Erkakka har bir niyat, istak aniq, ochiq-oydin aytilishi lozim. shunda u ayoli uchun barchasini qilaoladi. Aytmay, o'zi tushunib oladi deb yurish faqatgina araz va gina keltirib chiqaradi. Erkaklar doim o'ylaganini gapiradi, erkaklar gapi tagida bir niyat bor deb o'ylasangiz adashasiz. Agar erkak: "Menga muzqaymoqni qandayligini farqi yo'q" desa, demak u haqiqatan hozir bor muzqaymoqni yeyaveradi, malinali bo'lsa ham, shokoladli bo'lsa ham. Ayol esa erining bu javobidan, "Erim menga befarq, unga hamma narsani farqi yo'q..." deb o'ylaydi, yoki erini joniga tegib muzqaymoqni qanaqasini olib kelishi kerakligini ezmalanib aniqlashtirishni boshlaydi. Unday qimang, "Farqi yo'q dedimi, demak farqi yo'q" o'ylamasdan istaganingizni olib keling, farqi bo'lsa erkak albatta etadi istagini, ayolga o'xshab o'zing men yoqtirganimni topgin deb o'yin qilmaydi.
2. Erkak va ayol atrof muhitga turlicha moslashadi. Ayollar ancha sabrli bo'ladilar. Ular qiyinchilikda, kulfatlarda, ijtimoiy ezilish davrida erkaklarga nisbatan kuchliroq bo'ladilar. Oilaviy munosabatlarning yomonligiga ham ayollar erkaklardan ko'ra ko'proq chidaydilar. Buning sababi - evolyutsiya. Ayollar tabiatan farzandlarini himoya qilishga mo'ljallangan. Shunday ekan, ular hayotning zarbalariga dosh berish uchun kuchli va sabri bo'ladilar. Erkaklar, aksincha, qiyinchilik yuz bersa, u yerdan ketishni, bosh olishni istaydilar. Bu ham evolyutsiya ta'siri. Erkaklar sabri ancha sust bo'ladi. Oiladagi qiyinchiliklar erkakni boshqa ayol qidirishiga undaydi, moliyaviy qiyinchilik erkakni ichkilikka berilishiga olib keladi, janjal va erkakka bo'lgan hurmatsizlik erkakni o'z ichiga qochib ketishiga sabab bo'ladi. Albatta bu bo'shlik alomatidir. Qiyinchiliklardan qochish emas, ularni yengish kerak.
3. Erkak va ayol turlicha o'ylaydi. Ya'ni ayollar qalbi bilan, yuragi bilan o'ylashsa, erkaklar faktlarga tayanib xulosa qiladilar. Bu degani erkaklar aqlliroq degani emas, albatta, bu erkak va ayol ma'lum bir narsaga bo'lgan yondashuvi turlicha degani xolos. Agar erkak bir muammoni hal qilish uchun yetarlicha faktlarga ega bo'lmasa, u xulosasida adashadi, shunda ayolning yuragi, qalbi, intuitsiyasi to'g'ri yo'l ko'rsata olishi mumkin, va aksincha ayol hissiyotlarga berilib baxo bersa, erkakning faktlarga tayanishi ayolga yordam beradi. Demak, ayol va erkak bir-birini to'ldirib turish uchun tabiatan o'ylashi turlicha yaratilgan.
4. Erkak va ayolda orgazm turlicha bo'ladi. Agar erkak jinsiy aloqa yakunida orgazm his etsa, bo'ldi u ma'lum bir vaqt hech qanday aloqaga niyati ham, qobiliyati ham bo'lmaydi. Erkak uyquga ketadi yoki dam oladi. Unga endi erkalash yoki yangi aloqaga undash yoqimsiz bo'ladi. Ayolda esa jinsiy aloqa davomida orgazm bo'lsa ham, birinchidan u bir necha bor qaytarilishi mumkin (bu erkakning mahoratiga bog'liq), ikkinchidan jinsiy aloqadan so'ng ayolning istagi tugaydi degani emas. Uni erkalab, bir oz quchoqlab jismonan tinchitsagina u haqiqatan aloqadan qoniqadi. Agar orgazm his etgan taqdirda ham uni yana jinsiy aloqaga undasa, ayolning bunga istagini ham uyg'otish oson, qobiliyati esa cheksiz.
5. Erkak va ayol turlicha qaror qabul qiladilar. Yoki to'g'riroq qilib aytganda ayollar qaror qabul qilishni istamaydilar. Qarorni ular yonidagi erkak qabul qilishini kutadilar. Erkak esa qaror qabul qilishda ayolini ranjitib qo'yishdan qo'rqadi. Shuning uchun ayollar maslahat berishi, erkaklarni esa oxirgi qarorni qabul qilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.
6. Erkak va ayolning kuchi har xil. Faqatgina jismoniy kuchni nazarda tutmayammiz albatta. Ayol doim erkakdan "erkaklikni" - psixologik kuchni talab etadi, erkakka esa psixologik bo'sh ayol yoqadi. Erkaksimon ayollar, ayolsimon erkaklar kabi yoqimsizdir. Erkak qanchalik ayoldan ustun tursa (uni hurmat qilgan holda), ayol shunchalik o'zini baxtli his qiladi. Bo'sh erkak hech qaysi ayolga yoqmaydi. Lekin kuch ayolga nisbatan hurmatsizlik ko'rsatishda namoyon bo'lmasligi kerak.
7. Erkak va ayolning sevgiga bo'lgan munosabati har xil. Boshida har xil. Nega boshida desangiz, erkaklar ayolni endi sevib qolganlarida odatda qalbi bilan emas, jinsiy talpinishi bilan sevadilar. Bu jinsiy hoxish, talpinish maqsadga erishsa (o'sha ayol bilan jinsiy aloqa qilinsa) asta sekin jinsiy talpinish natijasida yuz bergan sevgi yo'qoladi. Shunda erkakda boshqacha, haqiqiqy sevgi paydo bo'lishi lozim. Ayol esa, sevganda qalbi bilan sevadi, u boshidanoq suyukli insoni bilan zavqlanadi, unga maftun bo'ladi.
8. Erkak va ayol og'riqni boshdan turlicha o'tkazadilar. Ayolarga ko'z yosh siqilganda, hafa bo'lganda, qiynalganda yig'lash uchun berilgan. Erkaklarda ham ko'z yosh bor, lekin ular afsuski yig'lashni bilmaydilar. Yig'lashga uyaladilar. Alam, og'riqni ichiga yutadilar.
9. Erkak va ayol xiyonatga turlicha munosabatda bo'ladilar. Erkak uzoq vaqt jinsiy aloqada bo'lmay, bir ayolga yo'q deya olmasdan xotiniga xiyonat qilib qo'ysa, yangi hissiyotlarga berilish niyatida bo'lib xiyonat qilsa va boshqa hollarda buni ayb deb bilmaydi. Shunchaki jismoniy ehtiyoj deb bilib, xotini bilan birga yashayveradi. Buning oqibati qanchalik yomon bo'lishini bilmaydi. Xiyonat har doim oilani buzadi, oiladan farovonlik, qut-baraka yo'qolishiga olib keladi. Ayolda esa xiyonat oilani buzulishiga olib keluvchi yovuzlik. Agar eri hiyonat qilsa, yoki ayolni o'zi xiyonat qilsa, bu degani u o'z oilasidan voz kechmoqda.
10. Erkak va ayol farzandini turlicha sevadi. Erkak uchun farzand albatta muhim ahamiyatga ega. Farzand uning zurriyodi, avlod davomchisi, qolaversa uning xursandchiligidir. Ayol uchun farzand hayot mazmuni. Farzand ko'rmagan ayol o'zini hech qachon haqiqiy ayol deb his eta olmaydi.