WWW.SHEJOT.COM
SAHIFALAR
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [379]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [10728]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [114]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [1901]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [506]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [241]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3543]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [7171]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [85]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [11418]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [1490]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2663]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [248]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [254]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [701]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [2844]
Заработок в интернете / Pul ishlash [18]
Pazandachilik / Кулинария [407]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [3429]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [5252]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [3]
Восстановление данных - Программы [16]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [10]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [12]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [49]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [104]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [20]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [60]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [17]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [72]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 ТАМОША КИЛИШ
PHOTOSHOP UCHUN / Все для фотошопа / All For Photo [3]
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [47]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [502]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [898]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [40]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [24]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [39]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
DINIY MARUZALAR / ISLOMIY HIKOYALAR / MARUZALAR / ИСЛОМИЙ МАРУЗАЛАР / ДИНИЙ ХИКОЯЛАР [161]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [66]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO'YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA'LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН
Jinsiy hayot / Жинсий хаёт [57]
жинсий алоқа ҳақида jinsiy aloqa haqida ma'lumotlar
YANGI KINO FILMLAR










Статистика





Онлайн всего: 104
Гостей: 103
Пользователей: 1
martinhi4

Kun faolllari:
martinhi4
Главная » 2014 » Февраль » 16 » Ertalabki badantarbiya - sog`lik garovi

ПОИСК / IZLASH:


23:14
Ertalabki badantarbiya - sog`lik garovi
Tadqiqotlarga ko‘ra, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida ma'rifatparvar ajdodlarimiz yaratgan pedagogik asarlarning aksariyatida bolani jismoniy jihatdan sog‘lom etib tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilgan.

Jumladan, bu borada Abdurauf Fitratning ijtimoiy tarbiya negizida jismoniy tarbiyani tashkil etish, shaxsni salomat va baquvvat etib tarbiyalash masalalariga oid qarashlari diqqatga molikdir. Uning «Rahbari najot» asarining «Bola tarbiyasi» nomli bobida shunday deyiladi: «Badan tarbiyasiga qadim zamonlardan boshlab katta ahamiyat berilgan. Insonning butun a'zosi salomat va quvvatga ega bo‘lmasa, unda inson uzoq yashamaydi. Agar insonning tanasidagi a'zolaridan biriga xalal tegsa, u kishi ishdan qo‘lini tortib, boshqalarning muhtojiga aylanadi».

Hamma ham sog‘lom, tetik va baquvvat bo‘lishga, o‘z yoshligi, husni hamda ishchanlik qobiliyatini saqlashga harakat qiladi. Bunga erishishning asosiy omillaridan biri jismoniy harakat sanaladi.

Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, ayni vaqtda, mamlakatimizda jismoniy jihatdan yetuk, sog‘lom avlodni tarbiyalash borasidagi tub islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida bu yo‘nalishda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan muhim vazifalar o‘z ifodasini topgan.

ISTAK BO‘LSA KIFOYA

Albatta, barchaning ham yuqori malakali sportchi bo‘lishi, musobaqalarda qatnashib, mukofotlar olishi shart emas. Lekin, inson muntazam ravishda o‘z imkoniyatidan kelib chiqib sport bilan shug‘ullanishi, jismoniy chiniqishi koni foyda. Yoki har kuni bajarish imkoni bo‘lgan 15-20 daqiqalik ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari, 40-60 daqiqa davomida ochiq havoda piyoda yurish, tungi uyqu oldidan 20-30 daqiqalik sayr qilish ham, albatta, bunday istaklar ro‘yobiga kiradi. 

Zamonaviy tibbiyot insonning jismoniy mehnatga bo‘lgan kam harakati tufayli uning salomatlik darajasining pasayishi, ichki a'zolar faoliyatining buzilishi, ishlash qobiliyatining past ko‘rsatkichi va talab darajasida bo‘lmagan jismoniy rivojlanish kabi holatlarning mavjudligini ko‘rsatmoqda. Zero, qadimgi faylasuflarning, kishini hushsizlantiruvchi va sog‘ligiga shikast yetkazuvchi narsa uzoq vaqt jismoniy harakat qilmaslikdir,  degan fikrlari boisi ham shunda.

Buyuk hakim Abu Ali ibn Sinoning: «Badantarbiya - sog‘liqni saqlashda ulug‘vor usuldir», degan o‘giti har bir insonning hayotiy shioriga aylansa, kishi hech qachon kasallikka chalinmaydi. 

Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish o‘sib kelayotgan  avlodni barkamol bo‘lib voyaga yetishi, shu bilan birga, ularning bo‘sh vaqtdan unumli foydalanishiga imkon beradi. Inson organizmi tashqi muhit bilan uyg‘un, bir butun holda rivojlanadi. Ushbu uyg‘unlik, shuningdek, barcha a'zolar faoliyatini markaziy asab tizimi boshqarib turadi. Doimiy, uzluksiz ravishda bajariladigan jismoniy harakat kishi sog‘ligiga yaxshi ta'sir etadi: modda almashinuvi yaxshilanadi, organizm to‘qimalari oziq moddalarni yaxshi o‘zlashtiradi, parchalangan moddalar organizmni tezroq tark etadi.

Ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari bilan barcha yoshdagi kishilar shug‘ullanishi mumkin. Mashg‘ulotlar uzluksiz, doimiy ravishda bajarilgandagina ijobiy natija beradi. Uzoq muddatli tanaffus esa oldingi mashg‘ulotlar ta'sirining pasayishiga olib kelishi mumkin. Demak, o‘z organizmini chiniqtirish, mehnat unumdorligini oshirish, sog‘liqni mustahkamlash asosida uzoq umr ko‘rishni istagan har bir kishi doimo jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi, shuningdek, kundalik faoliyatini muayyan tartib asosida olib borishi zarur.

Aslini olganda, harakat uchun energiya zarur, energiya esa oziq-ovqat mahsulotlari yog‘ va uglevodlarni qayta ishlash yo‘li bilan olinadi. Harakat nafas, qon tomirlari, ovqat hazm qilish, qon ishlab chiqarish tizimlarini takomillashtirishga yordam beradi.

TETIKLIK TALABI

Shu sababli, faol jismoniy harakat qiladigan kishilar ruhi yengil, tetik, quvvatga to‘lgan, dili ravshan, kayfiyati yuqori va barqaror bo‘ladi. Jismoniy mashqlarni bajarish natijasida organizmning himoya tizimi yaxshi rivojlanadi. Shu o‘rinda fiziolog-olimlar tomonidan 200 nafardan ortiq kishi ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqot natijasini misol sifatida keltirish mumkin. Jismoniy mashqlar bilan doimiy ravishda va izchil shug‘ullanuvchi kishilarning his-tuyg‘ulari darajasini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan mazkur tadqiqotning ko‘rsatishicha, tajribada ishtirok etganlarning 72 foizi o‘zini juda baxtiyor deb hisoblaydi. Buning sababi sifatida ular aynan uzluksiz ravishda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishini qayd etadi.

Bolalik, o‘smirlik davridan boshlangan chiniqish mashg‘ulotlari, ayniqsa, foydalidir. Har bir kishi o‘z organizmini mustahkam rejimga o‘rgatishi zarur. Badantarbiya, ochiq toza havoda sayr qilish, sport o‘yinlari kabi chiniqtiruvchi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish uzoq umr ko‘rish va salomatlikni ta'minlovchi omillardandir.

Bundan tashqari, bizning nisbatan issiq iqlim sharoitimizda noan'anaviy usullar bilan ham organizmni chiniqtirish maqsadga muvofiqdir. Xususan, turli xil oyoq vannalari, tuz va tosh yo‘lakchalarida yurish, shuningdek, uyqudan oldin va keyin ochiq havoda sayr qilish singari chiniqtirish usullari organizm immun tizimining faoliyatini kuchaytiradi.

Bir so‘z bilan aytganda, salomatlik odamning ruhiy sokinligi va tashqi muhitning zararli ta'sirlariga qarshi tura olish qobiliyatidir. Chiniqish esa organizmni suv, quyosh va havo ta'sirida sekin-asta moslashtira borish mexanizmi sanaladi. Sog‘lom turmush kechirish uchun, albatta, organizmni turli tabiiy muhit sharoitlarida chiniqtirish lozim. Buni, ayniqsa, yoshlarimiz ongiga singdirish zarur. Zero, bolalik, o‘smirlik davridan chiniqish bir umr sog‘lom yashash, uzoq umr ko‘rish garovidir.

Manba: www.SheJoT.CoM - Saytdan olindi!



Категория: Foydali maslahatlar / Полезны советы | Просмотров: 8065 | Добавил: shejot | Теги: maslahatlar, Maslahat bering, маслахат, tekin maslahat, foydali, маслахат беринг, текин маслахат, полезные советы, Maslahat | Рейтинг: 3.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
MALUMOT IZLASH
Логин:
Пароль:
MALUMOT IZLASH

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
200
BEPUL REKLAMA
Dj.Sherik@mail.ru saytga!
>>> REKLAMA QO'SHISH
Онлайн-ТВ





Календарь
«  Февраль 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728
Архив записей
Друзья сайта
1) www.BePuL.NeT - Universal PortaL
2) www.UzbKino.NeT - O'zbek kinolari va Dunyo kinolar olami!
3) www.Sherlar.org - Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру / Odnoklassniki.ru sayti uchun bepul smaylikla
4) www.SherlarUz.CoM - SMS Sherlar, Sevgi, Do'stlik va h.k
5) www.24soat.com - SMS SHERLAR TABRIKLAR JUMA BAYRAM!

Copyright www.Shejot.com © 2021