WWW.SHEJOT.COM
SAHIFALAR
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [376]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [11306]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [114]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [1937]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [506]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [241]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3689]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [8859]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [104]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [11835]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [1655]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2662]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [267]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [262]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [701]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [3050]
Заработок в интернете / Pul ishlash [18]
Pazandachilik / Кулинария [415]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [3552]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [5434]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [3]
Восстановление данных - Программы [16]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [10]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [12]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [49]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [104]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [20]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [60]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [17]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [72]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 ТАМОША КИЛИШ
PHOTOSHOP UCHUN / Все для фотошопа / All For Photo [3]
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [47]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [515]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [1062]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [41]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [25]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [42]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
DINIY MARUZALAR / ISLOMIY HIKOYALAR / MARUZALAR / ИСЛОМИЙ МАРУЗАЛАР / ДИНИЙ ХИКОЯЛАР [166]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [85]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO'YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA'LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН
Jinsiy hayot / Жинсий хаёт [58]
жинсий алоқа ҳақида jinsiy aloqa haqida ma'lumotlar
YANGI KINO FILMLAR










Статистика





Онлайн всего: 71
Гостей: 71
Пользователей: 0


Kun faolllari:
Dwightkew, Patriotlnl, Patriotcel, Helenavhw, Helenaika, Antonionlu, Antoniouqk
Главная » 2014 » Февраль » 16 » Hayotbaxsh ildizlar xosiyati

ПОИСК / IZLASH:


23:25
Hayotbaxsh ildizlar xosiyati
Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekistonimiz turli-tuman o‘simliklarga nihoyatda boy. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, yurtimizda ularning 4500 turi aniqlagan. Ma’lumki, nabotot olami o‘ziga xos sir-sinoat va xosiyatga ega. Ana shunday o‘simliklardan biri "mehrigiyoh” bo‘lsa, ikkinchisi "jenshen”dir.

Bu ikkala o‘simlikning bir-biriga o‘xshash tomoni nimada, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Darhaqiqat, "mehrigiyoh” qanday o‘simlik, uning "jenshen”dan farqi nimada?
"Mehrigiyoh” haqida qadimdan turli afsona va rivoyatlar yuradi. Uning ildizini kavlash o‘limga mahkum etilgan odamlargagina buyurilgan. Sababi, "mehrigiyoh” ildizini kavlagan odam o‘sha zahotiyoq jon taslim qiladi. Bejizga yunon olimi Feofrast "O‘simliklar haqida tadqiqotlar” kitobida "mehrigiyoh” ildizini kavlashdan avval quyidagi amallarni bajarishni tavsiya qilmagan: "Avvalo, qilichingizni o‘simlik atrofida uch bora aylantiring, so‘ng yuzingizni kun botish tarafga burib, o‘simlikni shartta kesib tashlang. Ikkinchi tupini kesishdan avval o‘simlik atrofida raqs tushib, afsun o‘qing”.
Qadimgi qo‘lyozma manbalarda "mehrigiyoh” ildizini kavlashning bir qancha usullari ham keltirilgan. Unga ko‘ra, o‘simlik atrofi ehtiyotkorlik bilan kavlab olinib, ildiziga tizimchaning bir uchi, ikkinchi uchi esa och qolgan it dumiga bog‘lab qo‘yiladi. Itdan ancha nariga bir bo‘lak go‘sht tashlanadi. Go‘shtning isini sezgan jonivor o‘sha tomonga talpinadi. Natijada, go‘shtni yeyish uchun olg‘a intilgan it o‘simlik ildizini sug‘urib oladi. Ildizi yerdan sug‘urilayotgan chog‘da o‘simlikdan taralgan chinqiriq ta’sirida it til tortmay o‘ladi.
Bu afsona Uzoq Sharq o‘lkalari — Xitoy, Yaponiya, Koreya va Amur daryosi o‘zanlarida o‘sadigan "jenshen” o‘simligi bilan chambarchas bog‘liq. Bundan 4000 ming yil muqaddam "jenshen” Sharq tabobatida juda muhim o‘rin tutgan. Xitoylik tabiblar uning yordamida turli xil xastaliklarni davolashgan, keksalarga eliksir sifatida iste’mol qilishni buyurishgan. Qadimgi farmakologiya kitoblarida o‘simlikning ildiz sharbati o‘lim talvasasida yotgan odam-da tetiklik baxsh etishi qayd etiladi. Xitoy tabiblari "jenshen”ning ajoyib xususiyatlarini o‘ziga usullar yordamida ham aniqlashgan. Masalan, XI asrlarda giyohning kuchi bir xil jismoniy tayyorgarlikka ega yigitlarni uzoqqa choptirish orqali sinab ko‘rilgan. Shuningdek, "jenshen” Tibet tabobatida azal-azaldan g‘oyatda qadrlanar edi. Uni tabiblik bilan shug‘ullanuvchi rohiblar uzoq yillar davomida begona ko‘zlardan asrab kelishgan.
X asr boshlarida O‘rta Osiyoliklar ham "jenshen” to‘g‘risida eshitganlar. Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino asarlarida o‘simlik haqida mufassal ma’lumot keltirilgan. "Jenshen” ildizining yana bir hayratlanarli xususiyati bor. Agar uning poyasi shamol, hayvon yoki boshqa biron-bir sababga ko‘ra sinib qolsa, ildiz chuqur uyquga kirarkan. Bu holatni terimchilar "Jenshen yerga kirib ketdi” deya talqin qilishadi. Ildizning uyqusi 20-yil, boring-ki undan ham ko‘proq davom etishi mumkin. Uning yangi poya va barglari qulay sharoit tug‘ilgandagina unib chiqadi. Qizig‘i shundaki, odam qiyofasiga o‘xshash "jenshen” ildizi boshqalariga qaraganda qimmatbaho sanaladi. Ildizning yoshi qancha katta bo‘lsa, uning shifobaxshlik xususiyatlari ham shuncha ko‘p bo‘ladi.
Hayotbaxshlik bobida "mehrigiyoh” ildizi ham "jenjen”dan sira qolishmaydi. Yuqorida qayd etilganidek, bu o‘simlik xususida buyuk allomalarimiz Ibn Sino va Beruniy tomonidan qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Ularda "mehrigiyoh” "Yabrihus sanam” deb atalgan. Ibn Sino "Al-Qonun” kitobining II jildida o‘simlikka batafsil to‘xtalar ekan, uning mohiyati, tabiati, xossalari, inson a’zolari – bo‘g‘inlar, bosh, ko‘z, oziqlantirish va boshqa a’zolarga ta’siri haqida shunday yozadi: "Haqiqatda bor bo‘lgan Yabrihus qoramtir bo‘lib, uvalanishga moyil va kust (o‘simlik, muallif) kabi yirikdir... Tabiblardan uni varafiya deb atovchilar ham bo‘lgan, ya’ni uni ildizi muhabbat hissini qo‘zg‘atuvchidir”.
O‘z asarida ibn Sino "mehrigiyoh” ikki xil bo‘lishligi qayd etgan. "Birinchisi urg‘ochisi, deb tanilgan bo‘lsa, rangi biroz qoraga moyildir. Unga rivqus, ya’ni qohu (o‘simlik, muallif) "mehrigiyoh” deydilar. Chunki uning yaprog‘i qohu yaprog‘i bilan hamshakldir... Ikkinchi xili – "mehrigiyoh”ning erkagi, bu oq, silliq, yirik va enli bo‘ladi. Yaprog‘i lavlagi yaprog‘iga o‘xshashdir...”.
Botanikaga oid ilmiy manbalarda yozilishicha, o‘tgan asr oxirlarida yer yuzida mehrigiyohning uch turi ma’lum bo‘lgan. Hozirgi paytda esa ularning soni 6 taga yetgan bo‘lib, aksariyat Andalusiya, Italiya, Yunoniston, Himolay va Tibet tog‘larida o‘sishi ma’lum. Markaziy Osiyoda ilk bor "mehrigiyoh” 1938-yili Turkmanistonning Kopetdog‘ tog‘ining g‘arbiy sarhadlarida topilgan. Barglari lavlagi yaprog‘ini eslatuvchi, ildizi odam qiyofasiga o‘xshash, mevasi esa o‘zimiz bilgan pomidor mevasiga yaqin (o‘simlik sistematik jihatdan ham unga yaqin) bo‘lgan, mazasi esa pishib yetilgan qovunga o‘xshaydi. Quvonarli jihati shundaki, hozirgi kunda bu shifobaxsh o‘simlik O‘zRFA "Botanika” IIChMning Botanika bog‘iga ajratilgan tajriba dalasida yosh botanik olimlar tomonidan ekib, o‘stirilmoqda.
Ha, ildiz tuzilishi odam qiyofasiga o‘xshash bo‘lgan bu ikkala shifobaxsh o‘simlikni insonlar bejizga hayot ildizlari, deb atashmagan. Aslida tabiatning o‘zi mohir yaratuvchi. Aynan inson qiyofasini ana shu o‘simliklar ildizida aks ettirib, dardlardan xalos etib, hayot baxsh etgan.
Marhamat MATVAFAYEVA,
biologiya fanlari nomzodi 

Manba: www.SheJoT.CoM - Saytdan olindi!



Категория: Foydali maslahatlar / Полезны советы | Просмотров: 5422 | Добавил: shejot | Теги: maslahatlar, Maslahat bering, маслахат, tekin maslahat, foydali, маслахат беринг, текин маслахат, полезные советы, Maslahat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
MALUMOT IZLASH
Логин:
Пароль:
MALUMOT IZLASH

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
200
BEPUL REKLAMA
Dj.Sherik@mail.ru saytga!
>>> REKLAMA QO'SHISH
Онлайн-ТВ





Календарь
«  Февраль 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728
Архив записей
Друзья сайта
1) www.BePuL.NeT - Universal PortaL
2) www.UzbKino.NeT - O'zbek kinolari va Dunyo kinolar olami!
3) www.Sherlar.org - Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру / Odnoklassniki.ru sayti uchun bepul smaylikla
4) www.SherlarUz.CoM - SMS Sherlar, Sevgi, Do'stlik va h.k
5) www.24soat.com - SMS SHERLAR TABRIKLAR JUMA BAYRAM!

Copyright www.Shejot.com © 2023