 Uch-to'rt yoshdan katta bola tunda siyib qo'ysa, ota-ona vahimaga tushadi. Bolada biron muammo bor deb shifokorga murojat qiladi. Haqiqatan ham bolalarning tunda siyib qo'yishi shunchalik katta muammomikin? Bolaning siyib qo'yishiga sababchi patologik holatlar: Tunda siyib qo'yishga siydik yo'llarini shamollashi (yallig'lanishi) sabab bo'lishi mumkin. Bu barcha siyib qo'yishlar sonining 3% tashkil etadi. Bunga sabab bo'lib, siydik yo'li va siydik pufagida biron yallig'lanish mavjudligi bo'ladi. Buni aniqlash uchun oddiy siydik analizi amalga oshiriladi. Agar siydikda biron yallig'lanish alomati ko'rinsa, 2 haftada bu holat davolanadi. Yana bir sabab bo'lib bolaning hayotida yuzaga kelgan stress bo'lishi mumkin. Masalan, yaqin insonini yo'qotishi, ota-onasining ajralishi va hokazolar. Bu holatda bolaga psixologik yordam talab etiladi. Endokrin (diabet va giperterioz) va boshqa kasalliklar. Dori vositalarning salbiy oqibati. Ba'zi dorilar bolada siydik ushlay olmaslik holatini yuzaga chiqarishi mumkin. Qolgan 90% dan ortiq holatlarda 5-6 yoshgacha bolaning siyib qo'yishi normal hisoblanib, bunga quyidagilar sabab bo'lib, bu holatlar davolanmaydi: Irsiyat. Tunda siyib qo'yish ota-onadan bolaga o'tishi mumkin bo'lgan holatdir; Siydik pufagi bilan miya faoliyati orasidagi bog'liqlik sekinroq amalga oshishi; ADH (gipotalamus gormoni) darajasi pastligi; Chuqur uyquda bo'lish. Ba'zi bolalar boshqalarga nisbatan chuqurroq uyquda uxlaydilar. Siydik pufagi tunda tolib qolganligi haqida miyaga oldinroq xabar berishi; Ich qotishi. Bunda ichak siydik pufagiga bosim beradi va bolaning tez-tez siygisi qistaydi. Yuqorida ta'kidlangan holatlar 6-7 yoshga kelib o'zidan-o'zi o'tib ketadi. Olti yoshgacha bo'lgan bolalarning 12% tunda siyib qo'yar ekan. Muhimi, ota-ona bu deb bolani urushib yerga urmasligidir. Chunki hech qaysi tunda siyadigan bola buni ataylab yoki eringanidan qilmaydi. Tunda siyib qo'yish bolaga tibbiydan ko'ra, psixologik zarar keltiradi. Chunki siyib qo'ygan bolaga ota-onaning qarashi nihoyatda ayanchli bo'ladi. Bolada biron muammo mavjud deb qaraladi. Buni ko'rgan bola juda qattiq siqilib stress oladi. Agar bola 5-6 yoshdan o'tib tunda siyib qo'yishda davom etayotgan bo'lsa, u holda maxsus davolanish talab etiladi. Buning uchun tekshiruvlar amalga oshirilib, siyishning aniq sababi aniqlanganidan so'nggina muolaja belgilanadi. Hech qachon tekshiruvlarsiz belgilangan muolajalarni qabul qilmang. Faqat maxsus tekshiruv va shifokorlar konsultasiyasi olingandan so'ng belgilangan davolanish yo'lidan foydalaning.
Ota-ona bolasi siyib qo'yayotgan bo'lsa, unga quyidagi yo'llar bilan yordam berishi mumkin: Uxlashdan oldin bolani albatta siydirib yotqazish; Uyqidan oldin bola ichadigan suyuqlik miqdorini kamaytirish; Siydiradigan mahsulotlar(tarzuv,namatak damlamasi va boshqalar )ni uyqudan oldin bermaslik; To'shakni kleyonka bilan qoplab qo'yish; Tunda bir marta bolani siydirish; Bolaga tunda siyib qo'ymasa, biron sovg'a va'da qilish; Shifokor bilan maslahatlashgan holda maxsus dorilar qabul qilish; Siyib qo'yganda unga achinmaslik va urushmaslik; Bolani o'ziga bo'lgan ishonchini sindirmaslik. Siyib qo'yayotganidan katta muammo qilmay, uni sekingina bartaraf etish yo'llarini izlash. Chunki siyish holati yo'qolib ketadi, lekin shu tufayli bolaning psixikasiga bo'lgan zarba umrbod qolib ketishi mumkin.
Manba: www.SheJoT.CoM - Saytdan olindi!
|