WWW.SHEJOT.COM
SAHIFALAR
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [376]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [5006]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [116]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [671]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [438]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [223]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [2453]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [4083]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [43]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [7536]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [703]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2631]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [134]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [151]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [295]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1636]
Заработок в интернете / Pul ishlash [17]
Pazandachilik / Кулинария [294]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [1800]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [3105]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [2]
Восстановление данных - Программы [16]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [9]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [12]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [49]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [101]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [17]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [59]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [17]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [72]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 ТАМОША КИЛИШ
PHOTOSHOP UCHUN / Все для фотошопа / All For Photo [3]
YANGI KINO FILMLAR










Статистика



waplog


Онлайн всего: 36
Гостей: 36
Пользователей: 0


Kun faolllari:
DonaldPt, kapriolwjv, OlgaRybkaPl, @telik@36
Главная » 2014 » Февраль » 16 » KO'KLAMOYNING KO'KShIFOLARI

ПОИСК / IZLASH:

23:45
KO'KLAMOYNING KO'KShIFOLARI
Yil mobaynida dasturxonimizdan turli xil ko'katlar va sabzavotlar uzilmaydi. Chunki ular bizning vujudimizga foydali va zaruriy bo'lgan darmondorilar, mikroelementlar va quvvatbaxsh zahiralar manbai hisoblanadi. Ayniqsa hozirgi bahoriy uyg'onish va «ilik uzildi» davrida ko'katlardek ne`matlarning tanamizga asqotishi, shubhasiz.
Petrushka beor sabzavot bo'lib, har qanday tuproqli yerda ham o'saveradi. U meva va sabzavotlar orasida mineral moddalarga boyligi bilan ajralib turadi. Petrushkaning barglari tarkibida kaliy, kalsiy, temir, magniy, tomirlarida esa, fosfor, marganes, molibden, litiy mavjud. Shuning uchun, parhezshunos shifokorlar uni sabzidan keyingi o'ringa qo'yadilar. Bundan tashqari uning barglarida vitamin S, efir moylari, tomirlarida esa V1, V2, RR vitaminlari mavjud.
Xalq tabobatida petrushkadan juda unumli foydalanishadi. Petrushkaning hamma qismlari (tomiri, urug'i, bargi) shifobaxshdir. Tarkibida petrushka ko'p bo'lgan dorivorlar bachadon tonusini oshiradi, peshob qopchasi, oshqozonning ish faoliyatini yaxshilaydi, siydik yo'llaridagi qum va toshlarni eritadi, organizmdagi tuzlarni haydaydi.
Jinsiy a`zolar yallig'lanishida, vena va arteriya qon tomirlarini mustahkamlash uchun sabzi va petrushka sharbatini aralashtirib, bir kunda uch mahal bir osh qoshiqdan ovqatlanish vaqtida ichish foydalidir.
Kamqonlikda har kuni ikki-uch bog' petrushka qora non bilan iste`mol qilinsa, bemorlarga juda sezilarli ta`sir ko'rsatadi.
Shish, qovuqgazak, buyraklar ishini yaxshilash uchun kuniga uch-to'rt mahal petrushka bargidan tayyorlangan damlama qabul qilish lozim. 
Peshob-tosh kasalliklarida kuniga uch mahal bir yarim piyoladan petrushka ildizidan damlama tayyorlab ichiladi. Buning uchun bir osh qoshiq quruq, maydalangan petrushka ildizi ustidan ikki piyola qaynoq suv quyib, ikki soat davomida tindiriladi. So'ng dokadan o'tkazib, belgilangan tartibda ichiladi.
Bo'g'imlarda tuz yig'ilganda bir choy qoshiq yangi petrushka urug'ini maydalab, ustidan ikki piyola qaynoq suv quyiladi. Sakkiz soat tindirilib, dokadan o'tkazib olinadi. Har ikki soatda ikki-uch osh qoshiqdan uch-to'rt kun davomida ichiladi. 
Diqqat! Bunday damlamani homilador ayollar qabul qilishlari mumkin emas. 
Ko'rish qobiliyati pasayganda muntazam ravishda yotishdan oldin ko'zlarga ingalyasiya qilinadi. Bunda sirli idishga ikki osh qoshiq maydalangan petrushka ildizlarini solib, ustidan bir piyola qaynoq suv quyib, past olovda qaynatiladi. Idishni olovdan olib ko'zlar idishdan chiqayotgan bug'ga ehtiyotkorlik bilan tutiladi. Gastritda kuniga uch mahal ikki osh qoshiq yangi siqilgan petrushka suvini ichish foydali.
Prostatitda petrushka ildizidan siqib olingan suv ikki choy qoshiqdan yigirma kun davomida uch mahaldan ichiladi. So'ngra o'n kun dam berib yana qaytariladi. 
Diqqat! Petrushkani homilador ayollar, buyraklar yallig'lanishi, o'tkir qovuqgazak, bod, bosh og'rig'ida suiste`mol qilish aks ta`sir qilishi ham mumkin.
Petrushka salat, sho'rva kabi turli xil taomlarga qo'shiladi. U tuxumli, sabzavotli taomlarga xushbo'yligi uchun kartoshka, pishloq bilan birga solinadi. Petrushka ildizini suvda pishirilgan baliq, dimlangan go'shtga qo'shish mumkin.
Xalq tabobatida petrushka urug'laridan siydik haydaydigan va terlatadigan vosita tariqasida foydalaniladi, ularni hayz buzilib, og'riq bo'lib turadigan mahallarda, prostata bezi va qovuq yallig'langan paytlarda buyuriladi. Yangi barglarini yanchib yoki paxtani barglari suviga ho'llab turib hasharotlar chaqqan joylarga qo'yiladi, badandagi sepkil va dog'larni yo'qotish uchun ishlatiladi. Sepkillarni yo'qotish uchun petrushka qaynatmasiga limon suvi aralashtirib, ertalab va kechqurun yuz yuviladi. Ibn Sino petrushka "bitib qolgan joylarni ochadi, odamni terlatib, og'riqlarni bosadi, o'smalar endi paydo bo'lib kelayotganida ularni yo'qotib yuboradi, nafas qiyinlashib, odam yo'talganida yordam beradi, jigar va taloq uchun foydalidir, siydik haydaydi va hayzni qo'zg'atadi, buyrak, qovuq va bachadonni tozalaydi” deb yozgan. Ibn Sino fikriga qaraganda, petrushka zaharlar kuchini qirqadigan xossaga ega – ildizlaridan tayyorlangan qaynatma "dorilardan, qo'rg'oshindan o'lar darajada zaharlanishda davo bo'lib naf beradi”.
Eng erta pishar poliz ekinlaridan yana biri – bu rediskadir. Dasturxonimizda rediskani paydo bo'lishi bahor faslining kirib kelganidan darak beradi. Rediskaning shifobaxsh xususiyatlari hammaga allaqachon ma`lum va mashhur bo'lib bo'lgan. U darmondorilarga, ayniqsa askorbin kislotasiga, mineral tuzlarga boydir. U vujudimizda ovqat hazm bo'lishini yaxshilaydi, safro va peshob haydovchi vosita sifatida ta`sir qiladi. Uning tarkibidagi xantal moyi esa ichakdagi mikroblarni o'ldirib, yiringli fasodlarni bartaraf qiladi.

Umuman olganda tanamizga dam berish vaqti keldi. Uni endi yozgi rejimga tayyorlab borish kerak. Hattoki go'shtni ham biroz chetroqqa surib qo'yib, e`tiborimizni ilk chiqqan meva va ko'katlarga qaratmog'imiz lozim. Hech xavotirga o'rin yo'q: shu paytgacha hali hech bir kimsa ko'katlardan zaharlanib o'lgan emas. Ko'kat va sabzavotlarga to'yinishdan foydalar bir necha hafta ichidayoq ma`lum bo'ladi. Ularning doimiy ravishda iste`mol qilinib turilishi tanada moddalar almashinuvi, oshqozon-ichak tizimi ishining yaxshilanishi va yana boshqa a`zolarning ish faoliyatini tartibga kelishiga sabab bo'ladi. To'g'ri, ular yordamida qandaydir kasalliklarni butunlay tuzatib yuborishning imkoni yo'qdir, ammo xastaliklarning oldini olish mumkin. Shuningdek, ko'katlarni mahorat bilan aralashtirib rang-barang ko'rinishdagi taomlar tayyorlash mumkin. Masalan, qaynagan kartoshka ustiga yashil ukropni sepib, makaronga esa yalpizni qo'shib oromijon taom tayyorlash mumkin. Bu bilan siz nafaqat chiroyli, balki foydali taom tayyorlagan bo'lasiz. Bundan tashqari, bunday taomlar tanamizdagi darmondorilar tanqisligini to'ldirib, qisman bo'lsada, minerallar muvozanatini ham ta`minlab turadi.
Agar tishlaringizning emal qatlami zararlangan bo'lsa, milklaringizni oralaridan qon chiqib bezovta qilsa ovqatdan oldin yoki keyin ko'katlarni obdon chaynalsa yaxshi samaraga erishish mumkin. Muolajadan so'ng og'izni chayishni unutmaslik lozim.
Ko'katlar tabiiy antibakterial, soflashtiruvchi va hidlarni daf qiluvchi xususiyatlarga ega bo'lib, tananing boshqa dori vositalari yetib borishi qiyin bo'lgan joylarigacha singib boradi. Shuningdek, milklarning mustahkamligini saqlaydi. Bundan tashqari og'iz bo'shlig'ida ezib chiqarilgan ko'kat sharbati oshqozon-ichak tizimiga tushib, uning faoliyatini yanada yaxshilaydi. 
Poliz ekinlari ichida salat o'simligi ham muhim ahamiyatga ega. Bu tez pishar o'simlik tarkibida shifobaxsh moddalar, darmondorilar, mikroelementlar va organik kislotalar mavjud. Masalan, salat sharbati ovqat hazm qilishni va tanada moddalar almashinuvini yaxshilaydi, asab tizimini tinchlantiradi va uyquni mo'`tadillashtiradi. Salatning yangi olingan sharbatidan xalq tabobatida surunkali gastritga qarshi kurashuvchi vosita sifatida foydalanilgan. Salat ichak devorlarini mustahkamlaydi, qon tarkibidagi qand moddasini kamaytiradi, hamda tanadan xolesterinning chiqib ketishiga sabab bo'ladi. Qadimda yunonlar salat sharbatini bo'g'in shishlariga qarshi qo'llashgan. Urug'idan tayyorlangan damlamalar emizikli onalarga sut miqdorini oshirish maqsadida tavsiya qilingan. 
Bahoriy dasturxonimizdagi hammabop sabzavotlar qatorida bodring ham zaruriy ne`matlardan hisoblanadi. Sabzavotlar ichida eng "sersuv” (uning tarkibida suv miqdori 90 %dan ortiqni tashkil etadi) bo'lishiga qaramay, uning tarkibida ko'pgina foydali moddalar (kraxmal, shakar, oqsil, kletchatka, organik kislotalar, efir moyi, A,V,S, RR, Ye, N darmondorilari va kaliy, kalsiy, natriy, magniy, temir, fosfor, yod, oltingugurt, qalay, mis, ftor, xrom, alyuminiy) ham mavjud. Muhimi shundaki, bodring tarkibidagi yod bizning organizmimizga juda oson singadi. Shuningdek, bodring ovqat hazm qilish bezlarining faoliyatini va so'lak ajralishini me`yorlashtirib, oqsil moddasini yanada yaxshiroq o'zlashtirilishini ta`minlaydi. Shuning uchun bodringning suvli bo'lakchalari taomni nafaqat chiroyli va xushta`m qiladi, balki hazmini ham yaxshilaydi. Nima uchun uni hammabop sabzavot deb hisoblashadi? Chunki, uning sharbati yo'talda, bo'g'im kasalliklarida, yurak bilan bog'liq shishlarda yaxshi naf beradi va asab tizimini tinchlantiradi, mag'zi ichni yengil yumshatadi, yuzlar rangi va tiniqligini saqlaydi, teri kuyishi hamda shishlarida yordam beradi, po'stining quritib ezilgani teri kasalliklari va toshmalarda, kuyganda yordam beradi. Demak, nabotot olami nafaqat inson dardini davolashda, balki uning tashqi go'zalligi va ko'rinishini saqlashda ham koni foyda ekanligini unutmasligimiz lozimdir.

Manba: www.SheJoT.CoM - Saytdan olindi!

Ushbu ma'lumot dan olindi!

Нравится




Категория: Foydali maslahatlar / Полезны советы | Просмотров: 2052 | Добавил: shejot | Теги: maslahatlar, Maslahat bering, маслахат, tekin maslahat, foydali, маслахат беринг, текин маслахат, полезные советы, Maslahat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
MALUMOT IZLASH
Логин:
Пароль:
MALUMOT IZLASH

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
200
BEPUL REKLAMA
Dj.Sherik@mail.ru saytga!
>>> REKLAMA QO'SHISH
Онлайн-ТВ





Календарь
«  Февраль 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728
Архив записей
Друзья сайта
1) www.bepull.ucoz.com - Universal PortaL
2) www.UzbKino.NeT - O'zbek kinolari va Dunyo kinolar olami!
3) www.Odnokartinki.net - Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру / Odnoklassniki.ru sayti uchun bepul smaylikla
4) www.SherlarUz.CoM - SMS Sherlar, Sevgi, Do'stlik va h.k
5) www.JavaUz.CoM - Mobil aloqalar uchun barchasi!

Copyright MyCorp © 2017