WWW.SHEJOT.COM
SAHIFALAR
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [377]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [4219]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [116]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [526]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [428]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [223]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [2172]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [3529]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [43]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [7217]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [692]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2632]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [132]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [148]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [168]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1093]
Заработок в интернете / Pul ishlash [17]
Pazandachilik / Кулинария [234]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [1599]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [2514]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [2]
Восстановление данных - Программы [16]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [9]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [12]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [49]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [65]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [15]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [59]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [17]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [72]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 ТАМОША КИЛИШ
YANGI KINO FILMLAR










Статистика



waplog

Главная » 2015 » Декабрь » 5 » Konstitutsiyaning 23 yilligi munosabati bilan amnistiya e’lon qilindi 2015 yil

ПОИСК / IZLASH:

06:17
Konstitutsiyaning 23 yilligi munosabati bilan amnistiya e’lon qilindi 2015 yil
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga muvofiq Oliy Majlis Senati amnistiya to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar beradi. Quyida uning to‘liq matni bilan tanishishingiz mumkin:
"O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma uch yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga muvofiq, insonparvarlik tamoyiliga amal qilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 10-bandiga va 93-moddasi 23-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:

1. Quyidagi mahkumlar:

a) ayollar;
b) jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga to‘lmagan shaxslar;
v) 60 yoshdan oshgan erkaklar;
g) chet davlatlar fuqarolari;
d) I va II guruh nogironlari, shuningdek ushbu Qaror kuchga kirgunga qadar bir yil ichida qonunda belgilangan tartibda jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan og‘ir kasalliklarga chalingan, deb topilgan shaxslar jazodan ozod qilinsin.

2. Ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaxslar, shuningdek ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni qasddan sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan shaxslar jazodan ozod qilinsin.

3. Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, o‘talmay qolgan jazo muddati ikki yil-u olti oydan ko‘p bo‘lmagan, hukmi ushbu Qaror e’lon qilingan kunga qadar qonuniy kuchga kirgan mahkumlar jazodan ozod qilinsin.

4. Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, ushbu Qaror e’lon qilingan kunda o‘talmay qolgan jazo muddati uch yil-u olti oydan kam bo‘lgan shaxslar manzil-koloniyalarga o‘tkazilsin.

5. Ushbu Qarorning 1-bandida qayd etilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi barcha ishlar tugatilsin.

6. Ushbu Qarorning:

a) amal qilishi – uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan; o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan; taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etgan; jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etgan; jazoni o‘tash tartibini muntazam ravishda buzayotgan; afv etish yoki amnistiya tartibida ilgari jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan va yana qasddan jinoyat sodir etgan shaxslarga; shuningdek o‘lim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga almashtirilgan shaxslarga;

b) 1-bandi amal qilishi – O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi uchinchi qismi ‘d’ bandida ko‘rsatilgan, shuningdek o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga;

v) 3-bandi amal qilishi – O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasida va 104-moddasi uchinchi qismining ‘d’ bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga;

g) 1–3, 5-bandlari amal qilishi – O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167, 168-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etib, yetkazilgan moddiy zararni to‘liq qoplamagan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmasin.

7. Ushbu Qarorga muvofiq asosiy jazodan ozod qilingan mahkumlar qo‘shimcha jazolardan ozod qilinmaydi.

8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tegishli qo‘mita va komissiyalari ushbu Qarorning qo‘llanilishi ustidan jamoatchilik nazorati hamda Qarorning qo‘llanish tartib-taomillarining ochiq-oshkora amalga oshirilishida senatorlar va deputatlar korpusining bevosita ishtirokini ta’minlasin.

9. Ushbu Qaror amalga oshirilishi uchun mas’uliyat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklatilsin.

10. Ushbu Qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va uch oy ichida ijro etilishi lozim.


O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining Raisi
N. Yo‘ldoshev.
Toshkent shahri, 2015-yil 3-dekabr”.

Manba: www.SheJoT.CoM - Saytdan olindi!

Ushbu ma'lumot http://daryo.uz/ dan olindi!

Нравится




Категория: YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT | Просмотров: 197 | Добавил: iphone | Теги: Yangilik, newsuz, uznews, xabarlar, habarlar, новости, yangiliklar, ahborot, news | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
MALUMOT IZLASH

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
 
200
BEPUL REKLAMA
Dj.Sherik@mail.ru saytga!
>>> REKLAMA QO'SHISH
Онлайн-ТВ





Календарь
«  Декабрь 2015  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
1) www.bepull.ucoz.com - Universal PortaL
2) www.UzbKino.NeT - O'zbek kinolari va Dunyo kinolar olami!
3) www.Odnokartinki.net - Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру / Odnoklassniki.ru sayti uchun bepul smaylikla
4) www.SherlarUz.CoM - SMS Sherlar, Sevgi, Do'stlik va h.k
5) www.JavaUz.CoM - Mobil aloqalar uchun barchasi!

Copyright MyCorp © 2016