WWW.SHEJOT.COM
SAHIFALAR
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [376]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [7216]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [116]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [915]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [464]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [241]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [2830]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [4569]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [52]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [8528]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [880]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2645]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [152]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [218]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [605]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1913]
Заработок в интернете / Pul ishlash [17]
Pazandachilik / Кулинария [364]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [2111]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [4224]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [3]
Восстановление данных - Программы [16]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [9]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [12]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [49]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [101]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [19]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [59]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [17]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [72]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 ТАМОША КИЛИШ
PHOTOSHOP UCHUN / Все для фотошопа / All For Photo [3]
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [39]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [71]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [351]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [35]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [22]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [32]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
DINIY MARUZALAR / ISLOMIY HIKOYALAR / MARUZALAR / ИСЛОМИЙ МАРУЗАЛАР / ДИНИЙ ХИКОЯЛАР [32]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [15]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO'YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA'LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН
Jinsiy hayot / Жинсий хаёт [13]
жинсий алоқа ҳақида jinsiy aloqa haqida ma'lumotlar
YANGI KINO FILMLAR










Статистика





Онлайн всего: 52
Гостей: 52
Пользователей: 0


Kun faolllari:
iphone, kapriolwjv
Главная » 2019 » Февраль » 11 » МУРДАЛАР КЎЗ ОЧГАНДА… (Мистика)

ПОИСК / IZLASH:

14:34
МУРДАЛАР КЎЗ ОЧГАНДА… (Мистика)
Sentyabr oyi edi. Tun. Qabristonga kirib kelgan ko'k plashchli kimsa yomg'irli havoda bo'g'ilib-bo'g'ilib nafas olardi…
Biroz sigaret chekib turgan bo'ldi-da, kutilmagan harakat bilan qo'lidagi sigaret qoldig'ini bir tomonga irg'itib, yelkasidagi qopni qabrlardan biri ustiga qo'ydi.

Qaerlardandir boyqushning yoqimsiz sayrashi eshitildi.

U qabrga engashdi. Shu payt ro'parasida qandaydir noma'lum soyalar paydo bo'lib, to'ppa-to'g'ri qabr ustiga yoyildi.

Kimsa kaftini peshonasiga tirab bir muddat turib qoldi…

So'ngra boshini ko'tarib yana qopini yelkasiga ildi va qabriston o'rtasiga qarab yurdi.

U yerda eski qabr bor edi. O'sha yerga kelganda to'xtadi. Yana qopni yelkasidan olib qabr ustiga qo'ydi. Ne ko'z bilan ko'rsinki, haligi soyalar tag'in ro'parasida paydo bo'lib aylana boshladi. Qo'rquvdanmi, tasodif tufaylimi, turgan yerida qotib qoldi. Soyalar esa goh akula, goh it shakliga kirib, qabr ustida u yoqdan-bu yoqqa aylanardi.

— Itlaringni nari ol! — nihoyat tilga kirdi plashchli kimsa. — Bilaman, meni kuzatyapsan… M-men… Sibiryakning oldidan keldim. Yaxshi xabar, yana… Sovg'a olib keldim senga.

— Kimsan o'zing? — g'oyibdan notanish ovoz keldi.

Plashchli kimsa boshini ko'tarib u yoq-bu yoqni ko'zdan kechirgan bo'ldi.

— Buning ahamiyati yo'q. Sen bu sovg'ani anchadan beri orzu qilarding. Sibiryak aytdiki, mening bir iltimosimni bajarishing kerak ekan.

— Qanday iltimosing bor?

— Menga sening aktyorlaring kerak.

— Nechtasi?

— Uchtasi. Bir haftaga. Ular ikkitadan rol o'ynab, yana qaytib kelishadi.

O'rtaga bir muddat jimlik cho'kdi. Esa boshlagan sovuq shamol plashchli kimsaning yuzlariga urilib, u aftini bujmaytirdi.

— Men senga olti nafar o'lganlarini beraman, — dedi noma'lum ovoz sohibi.

Plashchli kimsa norozi bosh chayqab qo'ydi.

— Nima, sen men bilan savdolashmoqchimisan? Bo'pti, bu narsani yana Sibiryakning o'ziga qaytaraman.

Shunday deb u qopni yana yelkasiga ildi. Bunga javoban qabrlar o'rab qo'yilgan temir panjaralar g'ijirlay boshladi. Qaerdadir qurigan shox sinib tushib, tovushi butun qabristonga eshitildi. To'satdan kimsaning ko'ksi uzra kelib urilgan shamol sal qursa uni itqitib yuborayozdi.

— To'xta, odamzod! — deya oh urdi ko'rinmas jonzot. — Mayli, aktyorlar sening oldingga kelishadi.

— Ertagayoq kelishsin!

U plashchiga yaxshilab o'ranib, qorong'ilik qa'riga sho'ng'idi…

***

Volodya Qalmiq hech qachon muammolardan qo'rqmaydi. Yo'q, muammolarni yaxshi ko'rganidan emas. Biladiki, agar muammodan qochsa, ishlari chappasiga ketadi. Ishi shunaqa. Odamlar bilan ishlaydi. Shu ishi tufayli ko'pchilikka yoqmaydi. Faqat yoqtirmasliklarini hech qachon yuziga aytishmaydi…

Qalmiq doimo hushyor. Har bir ko'ngilsizlikni oldindan ko'rib, his qilib turadi. Ana shu sababli ham omad unga kulib boqdi. Endi uning o'zi xo'jayin. Har qanday muammoni bemalol hal qilaveradi…

Pod'yezdda chiroq yo'q edi. Ichkarini yoqimsiz hidlar qoplagandi.

U shoshilmay zinapoyalardan yuqoriga ko'tarila boshladi.

— Hech qayoqqa ketmayman! — dedi o'ziga-o'zi. — Hammasini haydab chiqarib, pod'yezdni havas qiladigan darajaga keltirmaguncha tinchimayman…

Afsuski, navbatdagi muammoni payqamay qoldi. Ya'ni, qorong'ida nimagadir urilib yiqilib tushayozdi. Hayron bo'lib asta egildi. Oyoqlari ostida Mishka Obryad og'zi ochilgan holda cho'zilib yotardi. To'zg'igan sochlari zinapoyada esayotgan shabadada qimirlab-qimirlab qo'yardi.

Qalmiqning yuragi qinidan chiqib ketayozdi. Ich-eti muzlab ketdi. Obryad!..

  "Tirik shekilli! — ko'nglidan o'tkazdi u.”

Shu tobda Obryad narigi yonboshiga ag'darilib oldi. Ana shundan keyingina Qalmiq sal  tinchlanib cho'ntagidan sigaret chiqarib tutatdi va kvartirasi tomon yo'l oldi.

Eshikni xotini ochdi. Erining vajohatini ko'rib, qo'rqqanidan o'zini chetga oldi.

— Qizlarim uxlashyaptimi? — so'radi Qalmiq xotirjam ohangda. — Aytgancha… Salom!

— Salom!.. Qizlar uxlab qolishdi…

Ayol yugurib borib yo'lakdagi chiroqni yoqdi.

— Nimadir bo'ldimi?

— Hech narsa bo'lgani yo'q. Ovqat-povqating bormi?..

Qalmiq qo'rqa-pisa qozon tomonga o'tgan xotini Iraning ortidan tikildi. Ha, xotini hozir undan o'lgudek qo'rqadi. Bir paytlar axlatxonada ishlab arzimagan pul ko'tarib kelganda Qalmiqning o'zi ortiqcha harakat qilishga cho'chirdi. Ha, u vaqtlar o'tib ketdi. Endi uning davri keldi. Faqat u buyruq beradi. Nafaqat uyida, balki, butun hovlida o'z so'zini o'tkaza oladi…

Ira ovqat va aroq keltirib stolga qo'ydi. Qalmiq shosha-pisha aroqni stakanga quydi-da, bir ko'tarishda sipqorib, qoshiqni qo'liga oldi…

Qiziq… Anavi Mishka Obryad qari piyonista. Qo'shni. Nega undan qo'rqib ketdi?.. Axir, uning o'lganiga ikki yil bo'lgandi-ku!..

Aslida, Qalmiq piyonistalar bilan ko'p to'qnash kelardi. Ishi shuni talab qilardi. Asosan ichkilik bilan savdo qilgani bois yarim kecha demay o'sha piyonistalarga eshikni ochishga majbur edi. Negaki o'shalarning orqasidan mo'may daromad ko'rardi…

Keyinroq kvartira savdosi bilan shug'ullana boshladi. Yoniga Xorek va Xoxol laqabli gumashtalarini sherik qilib oldi. Ana o'sha ish unga yanada omad keltirdi. Bir oy deganda o'n ming ko'kida ishlab topdi…

Qalmiq yana zinapoyadagi Obryadni ko'z oldiga keltirdi. E, yo'q, u Obryad emas. Unga shunday tuyildi, xolos. Marhumlar hech qachon uyg'onmaydilar…

***

Ertasi kuni Qalmiq o'ziga dam olish kuni e'lon qildi. Xorek va Xoxolga qo'ng'iroq qilib, topshiriqlar berdi. O'zi esa divanga yonboshlab televizor ko'ra boshladi…

Bir mahal beixtiyor derazadan tashqariga qaradi. Axlatxona yonida har doimgidek uch nafar piyonista erkak qotib turishardi. Qalmiq qo'l siltab narigi yonboshiga o'girilmoqchi bo'ldi. Qarasa… Kutilmaganda uchchala piyonista ham birdan boshini uning kvartirasi tomon burdi. Ha, aniq u tomonga qarab qolishdi…

Qalmiq ularni tanidi. Biri Vanya tog'a. Olti yil oldin univermag yonida o'zicha savdo-sotiq qilmoqchi bo'lgandi. Qalmiq bir marotabagina jag'iga tushirgandi, uyiga keliboq jon bergan.

Anavinisi Kolya maymoq. Mushtlashib qolishgandi bir vaqtlar. Qalmiq ham mast edi. Uniyam bir zarba bilan tinchitgan…

Uchinchisi…

Ha, bu Obryad!.. Xuddi o'zi!..
Qalmiq to'satdan ovozining boricha baqirib, deraza yonidan o'zini olib qochdi. Qochayotib beixtiyor stolga urilib ketdi-yu, chalqanchasiga polga quladi…

— Yo'-o'q!.. Bo'lishi mumkinmas!..

U og'zini kaftlari bilan majburan yopib, qaytadan deraza qarshisiga keldi. Hech kim yo'q…

***

Shu kecha Qalmiq juda yomon uxladi. U yog'iga ag'darildi, bu yog'iga ag'darildi. O'zicha nimalardir deb g'o'ldiragan bo'ldi… Ko'zlarini yumdi deguncha kunduzgi dahshatlar namoyon bo'laverdi…

Oxiri uxlab qoldi. Tush ko'ribdi. Tushida sochlari paxmoq bir kampir zinapoyadan chiqib kelayotgan Qalmiqqa tashlanib qolibdi. Suyagi chiqib ketgan qo'llarni u qancha yelkasidan yulib tashlashga urinmasin, kuchi yetmasmish… Aksincha, uringan sari nafasi bo'g'ilib, yuragi to'xtab qolayotgandek tuyilaveribdi…

Yo'q, bu kampir jodugar. Unga qaysidir sehrli so'zlarni aytishi lozim edi. Shundagina kampir undan nari ketardi. Ammo sehrli so'zlar esida yo'q…

Oradan qancha o'tdi, bilmaydi. Hanuz o'sha dahshatli tush ta'sirida inqillardi. To'satdan eshik qo'ng'irog'i chalindi. Qalmiq uyg'onib o'rnidan turdi-yu, yonidagi xotini Iraga boqdi. U tinchgina uxlardi.

Eshik qo'ng'irog'i qayta-qayta chalinavergach, Qalmiq o'rnidan turdi-da, chiroqni ham yoqib o'tirmay, yo'lakka chiqdi.

— Kim u?

So'rashga so'radi-yu, har ehtimolga qarshi, eshikka o'rnatilgan kuzatuv teshikchasidan tashqariga qaradi.

Yo alhazar!.. Yana o'sha marhum piyonistalar!.. Nimalar bo'lyapti o'zi?.. Ularning o'lganiga qancha bo'ldi!.. Nega?.. Qanday tirilib kelishlari mumkin axir?..

Oyoqlari qaltirab ketayotganiga qaramay, Qalmiq o'zini bosib qaytadan so'radi:

— Kim?

— B-biz… Volodya, Mishka, Kolya!.. Eshikni och!..

— Nima ishlaring bor?..

— Bilasanmi?.. Ichaklarimiz yonib ketyapti!.. Bir shisha qizilidan bergin!.. Pulimiz bor. Mana, yarmini opkeldik. Qolganini ertaga albatta, tashlab ketamiz!..

Qalmiq sekin eshikni ochdi. Haqiqatan, ostonada uchala marhum ham xuddi tirikdek yuzlari qip-qizargan holda turishardi.

— Axir sizlar ko'karib chiqqansizlar! — dedi Qalmiq sir boy bermay. — Qolaversa, ming yil bo'ldi ichkilik sotmay qo'yganimga. Manavi pullar ham eski. Hozir boshqa pul…

Vanya tog'a cho'ntagini uzoq paypaslab, nihoyat bitta besh mingtalikni chiqardi. Buni ko'rib Qalmiqning nafasi bo'g'ildi…

— S-sizlar qaerdan paydo bo'ldingiz? — xirillab so'radi u. — Men hozir ichkilik sotmayapman… Axir, sizlar allaqachonlar o'lgansizlar-ku!.. Birin-ketin go'rga kirgansizlar-ku!.. Yo'qol!.. Yo'qol hammang!..

Qalmiq kutilmagan harakat bilan uchchalasini ham zinaga itarib chiqardi. Avval Kolyani, ketidan qolganlarini tepib pastga qulatdi. Ayniqsa, Obryadni tepganda bo'yin suyaklari qanday qisir-qisir qilganigacha eshitib, a'zoyi badanida sovuq ter paydo bo'ldi…

*

Qolgan uch kun ham Qalmiq uchun yoqimli kechmadi. Qay mahal qaramasin, uch murda axlatxona yonida qotib turar, Qalmiqning derazasidan ko'z uzmasdi…

Qalmiq oxiri chiday olmadi. Uchinchi kuni erta tongda yordamchisi Xoxolga qo'ng'iroq qildi.

— Sergey uyg'ondimi? — so'radi u hovliqib.

— Ha, nimaydi?

— E, axlatxonada qandaydir murdasifatlar turibdi… Negadir ko'nglim g'ash…

Go'shakni joyiga qo'ygach, Qalmiq deraza tomonga o'girildi. Vanya tog'a g'oyib bo'libdi. Lekin Kolya maymoqning yonida ikki nafar devday-devday erkak turar, maymoq ularga Qalmiqning derazasini ko'rsatib nimalarnidir tushuntirardi…

— Bular Marat bilan Durinda-ku! — dedi o'ziga-o'zi Qalmiq. — Qiziq!.. Ikkaloviniyam turmada  o'ldirib yuborishgandi… Vanya tog'a ularni qaerdan taniydi?.. Ha mayli, hozir Xoxol kelsin, senlarga ko'rsatib qo'yamiz!..

Afsuski, bunday bo'lib chiqmadi. Xoxol ham baquvvat erkak bo'lishiga qaramay, Durindaga yaqin kelganda, marhum uni qandaydir odamga xos bo'lmagan kuch bilan axlatxona orasiga itqitib yubordi.  So'ngra Durinda Maratni yoniga olib, axlatxona oldida raqs tusha boshladi…

Ma'lum vaqt o'tib ikkala marhum ham ko'zdan g'oyib bo'ldi. Qalmiq esa asta tashqariga chiqib, axlat uyumlari orasida cho'zilib yotgan Xoxolni o'rnidan turg'azdi…

Xoxolning ko'zlari g'azabdan yonardi. Nimalardir demoqchi bo'lardi-yu, negadir ayta qolmasdi. Jimlikni Qalmiqning o'zi buzdi:

— Xo'sh, u yer-bu yering sinmadimi, ishqilib?

— Oldindan ogohlantirib qo'yish kerak edi-da!.. — norozi to'ng'illadi Xoxol…

Qalmiq indamadi. Haqiqatan ayb o'zida. Do'stini xavfga qo'yib ko'p ozor yetkazdi…

U tezda Xoxolni kasalxonaga yotqizdi. Qovurg'alari sinib ketgan, miyasi qattiq chayqalgan ekan…

***

Qalmiq bo'lib o'tgan ko'ngilsiz voqealardan so'ng ikki kungacha ko'chaga chiqmadi. Bilmaydi. Umri bino bo'lib bu qadar qo'rqmagandi. Shu gal negadir marhumlarni, anavi turmadagi "dev”larni o'ylasa, dahshatga tushib ketaverdi…

Uchinchi kuni nihoyat o'zini qo'lga oldi. Yo'q, bular bilan hisob-kitob qilmasa bo'lmaydi. Kim bilsin? Ko'chada yursa-yu, qaysidir pod'yezddan anavi yaramas murdalar otilib chiqib, o'zini ham bir narsa qilib yuborishlari mumkin… Eh, tirik ekanliklarida bekor ozor bergan ekan. Ana endi astoydil o'ch olishga qaror qilishdi…

Ha, mayli, Qalmiq ham anoyi emas. Ko'rsatib qo'yadi bu chirigan murdalarga…

U uchinchi kuni ertalab Irani qizlari bilan qo'shib onasining oldiga jo'natdi.  O'zi esa mashinasiga o'tirib, axlatxona ro'parasidan asta o'ta boshladi. Devday murdalar bir burchakda o'tirgancha nimadir ichish bilan band edi.

— Hoy, chirigan murdalar, — baqirdi Qalmiq mashinadan turib, — Tag'in stakanni sindirib qo'ymalaring!..

Shunday deb mashinani qabriston tarafga burdi. Yo'lda uni notanish yo'lovchi to'xtatdi. Tashqarida yomg'ir quyayotgani sabab Qalmiq rahmi keldimi, mashinani to'xtatdi.

— Metrogacha olib ketmaysanmi? — so'radi yo'lovchi muloyim ohangda.

— Bo'pti, o'tir!..

Yo'lovchi orqa o'rindiqqa chiqib o'tirdi. Mashina joyidan qo'zg'aldi. Xayol olib ketibdi, shekilli. Bir mahal orqa o'rindiqdan yo'lovchining xirillagan tovushi eshitilgandek bo'ldi.

— Meni uyimga olib bor, Volodya!.. Sen bilan yaxshilikchasiga gaplashib olishim zarur!..

Qalmiq bu tovushni eshitib qotib qoldi… Qiziq… Hali mashinani to'xtatib so'raganda ovozi boshqacha edi… Endi bo'lsa… Bu o'lib ketgan Klimushkinning ovozi-ku!.. Ha, o'sha… Bir paytlar kvartira masalasida tortishib qolishgandi. Qalmiq uni ham aldagan. Qarshilik ko'rsatmoqchi bo'lganda jag'iga tushirgan edi….

— Volodya, men qaytib keldim!..

Qalmiq birdan tormozni bosdi. Jonholatda qutichadagi to'pponchani olmoqchi bo'ldi. Jin ursin, uyda unutib qoldiribdi!..

— Men sen bilan bir masalada gaplashib olmoqchiman! — deya Qalmiqning bo'yniga yopishdi Klimushkin. — Shunday qilmasam, ruhim juda bezovta bo'lyapti. Qiynalib ketyapman!.. Xo'sh, bo'yning og'rimayaptimi? Unda asabimni buzmay, mashinani yurgaz!..

Qalmiq bo'yniga tobora botib borayotgan suyakdan joni chiqqudek bo'lsa-da, itoatkorona motorni o't oldirib, olg'a bosdi.

— Esingdami, — davom etdi Klimushkin, — Mening kvartiram, qarzlar, sen qo'ygan foizlar!.. Hammasi o'tmishda qoldi, albatta. Biroq sen mening divanimni axlatxonaga irg'itib yuborganding o'shanda. Meni kaltaklaganding. Muzlatkichimniyam kuch bilan tortib olgansan.

Qalmiq chiday olmadi. Og'riq shu qadar kuchli ediki, ovozining boricha baqirib yubordi:

— Voy do-od!..

Shu zahoti hammasi joyiga tushdi. Mashina to'xtadi. Orqa o'rindiqda esa hech kim yo'q edi…

***

U qabristonga borish niyatidan ham voz kechib, rulni o'z uyi tomon burdi. Qanday tezlikda yetib keldi, bilmaydi. Jonholatda mashinadan tushib, o'zini pod'yezdga urdi…

Ammo…

Ne ko'z bilan ko'rsinki, zinapoyada yana Klimushkin turardi.

— O'tib bo'psan, qanjiq! — shivirladi u. — Kim bo'lganingdayam, o'tib bo'psan!..

Shu tobda Qalmiq chezdiki, orqasida ham kimdir turibdi. Qo'rqa-pisa orqasiga o'girildi. Ro'parada Durinda va Maratlar tish qayrab turishardi.

— Qani, kvartirangga boshla! — buyurdi Durinda unga. — O'sha yerda gaplashamiz!..

Qochib qaerga ham borardi? Qalmiq indamay kvartirasiga yaqinlashdi va eshikni ochdi. Murdalar undan oldinga o'tib kvartiraga kirishdi.

"Tamom! — xayolidan o'tkazdi Qalmiq xonalarni bamaylixotir aylanib yurgan murdalarga yer ostidan tikilib qararkan. — Endi bu yerda murdalar yashaydigan bo'ldi, shekilli… Umrim esa shu yerning o'zida tugaydi, chamasi…”

Kutilmaganda eshik qo'ng'irog'i chalindi. Xursand bo'lib ketgan Qalmiq yugurib borib eshikni ochdi. Ostonada… Kulrang plashch kiygan tanish bashara tirjayib turardi…

Qalmiq uni darrov tanidi. Bu Kabluk degan yaramas. Jodugar… Ha, shu kvartirada tursa, anavi murdalar unga tegishmaydi… Lekin…

Bir paytlar… Qamoqqa tushmasidan burun Kablukka ham anchagina ozor bergan. Tinchini buzgan, talagan, ayovsiz kaltaklagan…

Demak, bu jodugar jodusini ishga solib, undan o'ch olish payiga tushibdi-da!..

 Qalmiqning xayollari chalkashib ketdi. O'zini shu qadar ojiz seza boshladiki…

— Anavilarni sen boshlab keldingmi? — so'radi Kablukdan eshitilar-eshitilmas.

— Nima qipti?

— Endi meni birgalashib o'ldirasizlarmi?

— Bu senga bog'liq…

— Q-qanaqasiga?.. Menga qara, olib ket ularni!.. Bilaman, senga ko'p jabr yetkazganman… O'sha pullaringni qaytaraman, ishon! Faqat ularni olib ket!..

— Yo'q, — dedi Kabluk kulib, — Olib ketmayman!.. Esingdami, o'shanda xotinimni Shveysariyaga jo'natmoqchi bo'lib turgandim. Kasal edi bechora. Sen bo'lsang, zo'rlik bilan borimni tortib olganding. O'zimni itday kaltaklab, mana shu axlatxonaga tiqib tashlaganding. Itday xor bo'lib o'ldim… Xotinim ham mening o'limimdan so'ng atigi uch oy yashadi, xolos. Xo'sh, nima deysan?..

Qalmiq indamay bosh egdi… Kabluk yonidan stakan chiqardi-da, o'ng cho'ntagidan qandaydir shisha oldi. Ichida yashil rang suyuqlik bor edi. Stakanni to'ldirib quyib Qalmiqqa uzatdi.

— Ich!

— Nima bu?

— Shuni ichsang, mahluqday kuchli bo'lasan. Ana undan keyin qolgan gaplarni gaplashaveramiz…

Qalmiq o'limini shu suyuqlik bilan bog'liq deb xayol qildi… Eh, zaharlanib o'lish peshonasiga yozilgan ekan. Qochib qaerga ham boradi?..

U stakandagi suyuqlikni ko'zlarini chirt yumib ko'tardi… Ajabo, ichib bo'lgan zahoti ko'rdiki, haligi murdalar havoga ko'tarilib xuddi bulut qiyofasiga kirdi. Birpas devorlar uzra aylanib yurishdi-da, deraza orqali tashqariga o'zlarini urishdi…

Eng qizig'i, Qalmiq o'lmay qolganiga xursand edi… Kabluk esa sekin yo'lakka chiqib qo'llarini ko'tardi.

— Menga qara, qorong'i tushishi bilan qabristonga borasan. Manavi yerda Sibiryak berib yuborgan qimmatli narsa bor. Shuni men ko'rsatgan qabrdagi murdaga yetkazasan!.. O'zingni u yoq-bu yoqqa tashlay ko'rma, oqibati yomon bo'ladi!..

— Xo'p, xo'p!..

Qalmiq eski, ming bir yamoq qopni Kablukning qo'lidan olarkan, ta'zim qildi:

— Albatta yetib boraman…

Kabluk chiqib ketdi. Sal o'ziga kelgan Qalmiq ichkariga kirib divanga o'zini tashladi…

Eh, yaxshiyam shu jodugar bor ekan. Bo'lmasa, allaqachon anavi devlarning qo'lida o'lib ketardi…

Shu payt badanlari qizib borayotganini his qildi. Yo'q, nafaqat badani qizir, bilaklarida noma'lum bir kuch to'planayotgandek edi…

***
U birpas sigaret chekib o'tirgach, sekin qopni ochib ko'rdi. Ichida nima borligi bilan qiziqdi…

Voajab!.. Ixchamgina qutichani ochdi-yu, qotib qoldi…

Tilla!.. Ha, quticha to'la tilla edi…

         "Ie, — xayolidan kechirdi Qalmiq, — Bularni murdalar nima qiladi? Boshiga yostiq qilarmidi?.. O'ziga olib qo'yib o'rniga tosh solib qo'ysa-chi?.. E, bilib o'tiribdimi qorong'ida… Ha, shunday qiladi. Bu jodugar yaramasni yana bir boplab xumordan chiqadi…”

Qalmiq shosha-pisha quticha ichidagi tilla tangalarni oldi-da, balkonga chiqib uch-to'rt dona mayda tosh topdi.

— Oh, mana bu zo'r ish bo'ldi. Be, qayoqdagi chirigan murdalarni alday olmasa, nima qilib yuribdi?!..

Qorong'i tushgach, Qalmiq hech narsa bo'lmaganday qabristonga yetib bordi. Kabluk aldamagan ekan. Garchi o'zi ko'zga ko'rinmasa-da, noma'lum soyalar Qalmiqni kerakli qabr tepasiga olib bordi. U notanish ovoz buyrug'iga ko'ra qopni yelkasidan olib qabr tepasiga qo'ydi…

Qo'ygan zahoti kutilmagan hodisa yuz berdi…

Qalmiqning boshi g'uvillab, quloqlari shang'illadi. Yer aylanib ko'z o'ngida minglab murdalar yalang'och ko'rinishda namoyon bo'la boshlashdi. Ular quruq suyakdangina iborat edi…

— Sen hech qachon odam bo'lmaysan! — noma'lum ovoz uning quloqlari ostida jarangladi. — Sen yana bizni aldamoqchi bo'lding!.. Axir, u tillalarni shaxsan Sibiryak biz uchun berib yuborgan!.. Tillalar bizning nasibamiz edi!.. Afsus… Xudo jazoingni bersin!..

Ro'parasidagi murdalar ham suyakdangina iborat qo'llarini osmonga ko'tarishdi.

— Omin!..

Haqiqatan, Qalmiq uzoq muddat va ming azobda qiynalib o'ldi. O'layotib yana kulrang plashchli Kablukni ko'z oldiga keltirdi… Aynan o'sha Xudo tomonidan jazolash uchun yuborilganiga amin bo'ldi…

Lekin endi kech edi…

Qalmiqning ruhi tanadan chiqib tobora uzoqlashib borar, o'zining yangi taqdiri tomon shoshilardi.

Manba: www.SheJoT.CoM - Saytdan olindi!



Категория: HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР | Просмотров: 119 | Добавил: iphone | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
MALUMOT IZLASH
Логин:
Пароль:
MALUMOT IZLASH

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
200
BEPUL REKLAMA
Dj.Sherik@mail.ru saytga!
>>> REKLAMA QO'SHISH
Онлайн-ТВ





Календарь
«  Февраль 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728
Архив записей
Друзья сайта
1) www.BePuL.NeT - Universal PortaL
2) www.UzbKino.NeT - O'zbek kinolari va Dunyo kinolar olami!
3) www.Sherlar.org - Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру / Odnoklassniki.ru sayti uchun bepul smaylikla
4) www.SherlarUz.CoM - SMS Sherlar, Sevgi, Do'stlik va h.k
5) www.Sherlar.info - SMS SHERLAR TABRIKLAR JUMA BAYRAM!

Copyright MyCorp © 2019