WWW.SHEJOT.COM
SAHIFALAR
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [376]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [11306]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [114]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [1937]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [506]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [241]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3689]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [8859]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [104]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [11835]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [1655]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2662]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [267]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [262]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [701]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [3050]
Заработок в интернете / Pul ishlash [18]
Pazandachilik / Кулинария [415]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [3552]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [5434]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [3]
Восстановление данных - Программы [16]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [10]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [12]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [49]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [104]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [20]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [60]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [17]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [72]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 ТАМОША КИЛИШ
PHOTOSHOP UCHUN / Все для фотошопа / All For Photo [3]
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [47]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [515]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [1062]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [41]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [25]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [42]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
DINIY MARUZALAR / ISLOMIY HIKOYALAR / MARUZALAR / ИСЛОМИЙ МАРУЗАЛАР / ДИНИЙ ХИКОЯЛАР [166]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [85]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO'YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA'LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН
Jinsiy hayot / Жинсий хаёт [58]
жинсий алоқа ҳақида jinsiy aloqa haqida ma'lumotlar
YANGI KINO FILMLAR










Статистика





Онлайн всего: 26
Гостей: 26
Пользователей: 0


Kun faolllari:
Patriotcel, Antoniobmy, Antonioxpb, Antonioitq
Главная » 2014 » Февраль » 16 » Na'matakning foydalari

ПОИСК / IZLASH:


23:40
Na'matakning foydalari
Inson sog‘lig‘ini asrash, kasalliklarning oldini olishda tabiat ne’matlari ichida oddiygina na’matak (shipovnik)ning qanchalar foydali ekanini ko‘rgan har bir kishi Alloh odamlarning shifo topishlari uchun hamma narsani yaratib qo‘yganiga to‘la amin bo‘ladi.Na`matak mevalari tarkibida juda ko'p miqdorda vitamin C(4-8 %, ba`zan 18 %gacha boradi) , P,K,B gruppasi karotin bilan bir qatorda flavonoidlar , qand , organic kislotalar (olma kislotasi 1,8-2% gacha, limon kislotasi 2% atrofida ),pectin va oshlovchi moddalar , likopin va riboksantin , shuningdek , kaliy , temir,marganes,,fosfor,kalsiy,magniy tuzlari bor. Meva urug'larida vitamin E mavjud . Na`matak mevalari xalq tabobatida qadim zamonlardan beri ishlatilib kelinmoqda. Uning mevalaridan tayyorlangan damlama o'pka sili , jigar , o't qopchasining yalig'lanishi,ichak,buyrak,qovuq kasalliklarini davolashda foydalaniladi . Shuningdek na`matakning mevasi asosida tayyorlangan qaynatma qon to'xtatuvchi , isitma tshuruvchi omil sifatida iste`mol qilinadi . Na`matakning faqatgina gul va mevalarigina shifobaxsh bo'lib qolmasdan , balki uning barglari asosida tayyorlangan qaynatma me`da og'riqlariga nafli hisoblanadi .Bu ne’mat shunchalik foydali, shifobaxsh va zarur ne’matki, uning bitta o‘zi butun boshli dorixona o‘rnini bosishi mumkin. O‘tmishdagi va hozirdagi xalq tabiblari kitoblarida na’matakning o‘nlab shifobaxsh xususiyatlarini keltirib o‘tishgan.

Na’matak tarkibida inson salomatligi uchun nihoyatda zarur bo‘lgan   S, V-2, R, E, K darmondorilari mavjud. Shuningdek, u karotin, qand, yog‘, organik kislotalar, flavonoidlar, pektin, ma’danli tuzlar va boshqa moddalarga nihoyatda boy. Mevasida ma’danli tuzlardan kaliy, temir, marganets, fosfor, kaltsiy, magniy bor.
Ulug‘ olim va tabib Abu Ali ibn Sino ta’rificha, na’matakning barcha turi tozalovchi va suyultiruvchi xususiyatiga ega. U quloqdagi qurtlarni o‘ldiradi, quloq shang‘illashi va g‘uvillashiga, tish og‘rig‘iga foyda qiladi. Yovvoyi xili peshonaga chaplansa, bosh og‘rig‘ini bosadi. Uning barcha turlari burun teshiklaridagi tiqilmalarni ochadi. U tomoqdagi va bodomsimon bezlardagi shishlarga ham foydalidir.

Na’matak guli, mevasi, urug‘i, bargi va ildizi xalq tabobatida qadimdan beri keng qo‘llanib kelinyapti. Mevasidan tayyorlangan damlama va qaynatmalar xalq tabobatida o‘pka sili, qizilcha, terlama (tif), o‘t qopchasining yallig‘lanishi, me’da-ichak, buyrak qovuq kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Uning mevasi tanaga quvvat bag‘ishlaydi, modda almashinuvini yaxshilaydi, yong‘oqchalari esa buyrak va siydik yo‘li kasalliklarini davolashda siydik haydash uchun ishlatiladi. O‘simlik ildizidan tayyorlangan damlama va qaynatma xalq orasida me’da va jigar kasalliklariga, kukuni esa yaralarga davo sifatida qo‘llanadi.
Na’matak mevasining qaynatmasi, ya’ni sharbati xalq tabobatida juda ko‘p kasalliklarni davolashda tavsiya etiladi. Sharbat olish uchun uning mevasidan 10-15 tasini olib yuvib tashlanadi va sirli idishda o‘n daqiqagacha qaynatiladi va tindirib iste’mol qilinadi.

Na’matak damlamasi tayyorlash uchun esa yarim litrli termosga to‘rt-beshta na’matak mevasidan solib, ustiga qaynagan suv quyasiz va bir kecha qoldirib, keyin ertalab suzib olasiz. Damlama ovqatdan yigirma daqiqa oldin kuniga uch mahaldan ichiladi. Mazkur damlama butun tanaga quvvat beradi, uning chidamliligini oshiradi, yo‘talni ketkazadi, hazm yo‘llari yallig‘lanishini davolaydi, jigar og‘rig‘idan xalos qiladi. Og‘iz bo‘shlig‘i shamollaganida u bilan bir necha bor g‘arg‘ara qilib tashlansa, foydasi tegadi.

Ayollarda uchraydigan bachadondan qon ketishi kasalligida na’matakni uzoq qaynatib, sharbati ichiriladi, mevasi qaynatilgan suvda a’zoni yuvish ham foyda beradi. Chipqonni davolashda ham na’matak qaynatmasi eng yaxshi davo sanaladi. Undan bemorga choy qilib ichirilsa, qoni tozalanib, yaradan qutuladi, yaraning tez etilishi uchun esa uning shirasini surtgan ma’qul.
Sovuq mizojli va qon bosimi past bo‘lgan bemorlarga na’matak damlamasi eng shifobaxsh choy o‘rnini bosadi. Qattiq sovuqda qo‘l, oyoq va boshqa a’zolarini shamollatgan kishilar uning qaynatmasini tez-tez ichib turishsa, tanani qizdirib, zaharli moddalarni peshobga haydaydi. Ko‘z shamollab yoshlanganida, shapoqlansa yoki govmijja chiqsa na’matak qaynatmasi bilan ko‘zni ko‘p yuvish tavsiya etiladi.
Qovuq, buyrak shamollaganda ham na’matak qaynatmasidan betobga bot-bot issig‘ida ichirilsa, shifo bo‘ladi. Qaynatmada qovuq ustini bir necha bor yuvish ham mumkin. Mushaklar shamollaganda, qorason xastaligida na’matak qaynatmasini og‘riq qo‘zg‘olgan, xasta joylarga surtish dardni engillashtiradi. Bu qaynatma, shuningdek bolalar shamollashi tufayli badaniga toshgan mayda qizil, suvsiz toshmalarni davolashda ham qo‘l keladi. Buning uchun bola qaynatmada cho‘miltiriladi yoki kun davomida u bilan bir necha bor emlanadi. Na’matak mevasi bolalar ishtahasini ochadi va ularga quvvat bo‘ladi.
Bu ne’mat semizlikni asta-sekin daf qiladi, chunki u ichni surib, yuvib-tozalaydi, kichik tahoratni tezlashtiradi. Kamquvvat, tinkasi qurigan odamlar uning barglarini choy o‘rniga damlab ichishsa, foyda qiladi.Ikkita osh qoshiqdagi na’matak mevasini qaynoq suv quyilgan termosga solib, bir kecha-kunduz damlanadi va so‘ng suzib olinadi. Undan har kuni ikki-uch mahal ovqatdan oldin 100 ml.dan ichilsa, kamqonlik, quvvatsizlik, ateroskleroz, buyrak va jigar xastaliklari, shamollash, avitaminozda shifo bo‘ladi.

Bir osh qoshiqdagi maydalangan na’matak bargini 300 ml. qaynoq suvda ikki-uch soat yopiq idishda damlab qo‘yiladi va suziladi. Buni ikki osh qoshiqdagi asal bilan ikki-uch mahal ovqatdan oldin ichilsa, bitishi qiyin yaralarni davolashda qo‘l keladi. Agar kuniga ikki gramm quritilgan na’matak mevasidan maydalab iste’mol qilinsa, inson umrini uzaytirish, jinsiy quvvatini saqlashga yordam beradi.
Issiq mizojli kishilarga esa na’matak damlamasi va qaynatmasi to‘g‘ri kelmaydi, chunki u bunday odamlarning oshqozon osti beziga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.  Shuningdek qon bosimi – xafaxon, qand kasalligi, shaqiqa, jigar kasalliklari, taxt, bavosir, temiratki kabi bemor issig‘i oshib ketishi tufayli paydo bo‘ladigan xastaliklarda ham na’matak qaynatmasi foyda bermaydi.Na’matakdagi S darmondorisi tishning emal qatlamini emirishi bois, uni iste’mol qilgandan keyin og‘izni albatta iliq suv bilan chayib tashlash kerak.

Zamonaviy tibbiyotda na’matak mevasidan damlama, ekstarkt va ho‘l mevasidan sharbat hamda hapdori va xolosis kabi dorivor vositalar tayyorlanadi. Mazkur dorilar avitaminoz xastaligi va aterosklerozni davolashda o‘t haydash maqsadida ishlatiladi. Karotolin preparati bitmaydigan yaralar, dermatitlar, qo‘tir, qichima, ekzema, psoriaz kabi teri kasalliklarini davolashda qo‘l keladi. Na’matak barcha turlari mevasidan vitaminli va polivitaminli yig‘ma choylar, oziq-ovqat sanoatida esa vitaminga boy aralashma, konfetlar va qandolat mahsulotlari tayyorlanadi.

«Shifobaxsh dorining ko‘pi zaharga aylanadi», deganlariday, na’matakdan foydalanishni suiiste’mol qilish davo o‘rniga zarar keltirishi mumkin. Professor A. D. Turov tavsiyalariga ko‘ra, na’matak sharbatlari va dorilarini uzoq vaqt surunkali iste’mol qilganda me’da osti bezining insulin ishlab chiqarishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, langergans orolchalarining mo‘’tadil faoliyati buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin ekan.

Manba: www.SheJoT.CoM - Saytdan olindi!



Категория: Foydali maslahatlar / Полезны советы | Просмотров: 10403 | Добавил: shejot | Теги: maslahatlar, Maslahat bering, маслахат, tekin maslahat, foydali, маслахат беринг, текин маслахат, полезные советы, Maslahat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
MALUMOT IZLASH
Логин:
Пароль:
MALUMOT IZLASH

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
200
BEPUL REKLAMA
Dj.Sherik@mail.ru saytga!
>>> REKLAMA QO'SHISH
Онлайн-ТВ





Календарь
«  Февраль 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728
Архив записей
Друзья сайта
1) www.BePuL.NeT - Universal PortaL
2) www.UzbKino.NeT - O'zbek kinolari va Dunyo kinolar olami!
3) www.Sherlar.org - Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру / Odnoklassniki.ru sayti uchun bepul smaylikla
4) www.SherlarUz.CoM - SMS Sherlar, Sevgi, Do'stlik va h.k
5) www.24soat.com - SMS SHERLAR TABRIKLAR JUMA BAYRAM!

Copyright www.Shejot.com © 2023