WWW.SHEJOT.COM
SAHIFALAR
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [377]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [4233]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [116]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [530]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [428]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [223]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [2172]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [3545]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [43]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [7218]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [692]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2632]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [132]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [148]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [168]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1096]
Заработок в интернете / Pul ishlash [17]
Pazandachilik / Кулинария [237]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [1601]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [2517]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [2]
Восстановление данных - Программы [16]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [9]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [12]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [49]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [65]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [15]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [59]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [17]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [72]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 ТАМОША КИЛИШ
YANGI KINO FILMLAR










Статистика



waplog

Главная » 2016 » Январь » 22 » O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga U-23 Osiyo chempionatida nima yetishmadi?

ПОИСК / IZLASH:

18:45
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga U-23 Osiyo chempionatida nima yetishmadi?
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Rio—2016 Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmalari tikilgan U-23 Osiyo chempionatidagi ishtirokini kutilganidan vaqtliroq yakunladi. Samvel Babayan qo‘l ostidagi jamoa musobaqa guruh bosqichining dastlabki ikki o‘yinida Janubiy Koreya va Iroqqa mag‘lub bo‘lib, Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi.$CUT$
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi futbolchilari nima sababdan bunday muvaffaqiyatsizlikka uchradi, ularga nima xalal berdi yoki nima yetishmadi? Bu og‘riqli savolga futbol mutaxassislari javob beradi.
Vaqt yetishmadi
Rauf Inileyev, O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi: "Terma jamoamizda musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish uchun kam vaqt bo‘ldi. Shu kungacha olimpiya terma jamoamizni ko‘plab murabbiylar boshqardi — bu ham qaysidir ma’noda o‘z tasirini o‘tkazmasdan qolmadi” ("Zamonaviy.com”).
Jamoaviy o‘yin yetishmadi
Murod Otajonov, "Bunyodkor” futbol klubi akademiyasi murabbiyi: "Yoshlarimizda jamoaviy o‘yin yaxshi shakllanmagani bilinib qoldi. Futbol — jamoaviy o‘yin. Hamma yigitlar harakat qilishi kerak edi. Ammo o‘yinchilar oxirigacha yuqori saviyada o‘ynay olmadi” ("Zamonaviy.com”).
Saviya yetishmadi
Samvel Babayan, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi, Iroqqa qarshi o‘yindan so‘ng: "[Iroq uchinchi golini urgan vaziyatda] futbolchimiz (Vladimir Kozak) oxirigacha kurashish o‘rniga to‘xtab qoldi. O‘yin hakam hushtagigacha davom etadi va buni futbolchilar bilishi kerak. Afsuski, [Kozak] o‘sha vaziyatda qanday saviyadagi futbolchi ekanini bildirib qo‘ydi. Yuqori saviyali futbolchilar bunday vaziyatlarda nima qilish kerakligini yaxshi biladi” (O‘FF matbuot xizmati).
Ishonchli darvozabon yetishmadi
Rauf Inileyev, O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi: "Bizga, eng avvalo, ishonchli darvozabon yetishmadi. Himoyachilarimiz ham bir-birini tushunib o‘ynay olmadi… Agarda bu tomondan kamchilik bo‘lmaganida, o‘ylaymanki, oldingi chiziqdagi ishlarimiz yomon kechmasdi” ("Zamonaviy.com”).
Lider yetishmadi
Rauf Inileyev, O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi: "Asosiy kamchiligimiz bu — olimpiya terma jamoasida lider o‘yinchining yo‘qligidir. Birorta futbolchi yaqqol ajralib turgani yo‘q. Oldingi chiziq vakiliga qulay pas oshirib beruvchi dispetcherni ko‘rmadim” ("Zamonaviy.com”).
G‘oliblik ruhi yetishmadi
Sayfiddin Ermatov, Ravshan Ermatovning otasi, sobiq hakam: "Olimpiya terma jamoasining mag‘lubiyatlari kayfiyatimizni tushirib yubordi. Ularning ko‘rsatgan o‘yinlariga sira tushuna olmadim. Bizga g‘oliblik ruhi yetishmadi” ("Zamonaviy.com”).
Babayanga tajriba yetishmadi
Rustam Akramov, O‘FF Terma jamoalar markazi texnik direktori: "Samvel Babayan haqida shunday deyishim mumkin: u yaxshi inson, jamoani yaxshi shakllantirgan, ‘Paxtakor’ bilan O‘zbekistonning ikki karra chempioni bo‘lgan. Shuningdek, u yaxshi menejer va murabbiy hamdir. Biroq, Babayanga musobaqada qatnashish tajribasi yetishmadi, deb o‘ylayman” ("Zamonaviy.com”).
Borimiz shu
Samvel Babayan, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi, Iroqqa qarshi o‘yindan so‘ng: "Biz Olimpiada yo‘llanmasi uchun kurashayotgan jamoaga yutqazdik. Nima ham derdim, demak bugungi kunda imkoniyatlarimiz, borimiz shu ekan. Afsuski hech narsa ko‘rsata olmadik” ("Zamonaviy.com”).

Manba: www.SheJoT.CoM - Saytdan olindi!

Ushbu ma'lumot http://daryo.uz dan olindi!

Нравится




Категория: FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола | Просмотров: 209 | Добавил: iphone | Теги: Yangilik, newsuz, uznews, xabarlar, habarlar, новости, yangiliklar, ahborot, news | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
MALUMOT IZLASH

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
 
200
BEPUL REKLAMA
Dj.Sherik@mail.ru saytga!
>>> REKLAMA QO'SHISH
Онлайн-ТВ





Календарь
«  Январь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Архив записей
Друзья сайта
1) www.bepull.ucoz.com - Universal PortaL
2) www.UzbKino.NeT - O'zbek kinolari va Dunyo kinolar olami!
3) www.Odnokartinki.net - Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру / Odnoklassniki.ru sayti uchun bepul smaylikla
4) www.SherlarUz.CoM - SMS Sherlar, Sevgi, Do'stlik va h.k
5) www.JavaUz.CoM - Mobil aloqalar uchun barchasi!

Copyright MyCorp © 2016