WWW.SHEJOT.COM
SAHIFALAR
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [377]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [4220]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [116]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [526]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [428]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [223]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [2172]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [3529]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [43]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [7217]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [692]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2632]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [132]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [148]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [168]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1093]
Заработок в интернете / Pul ishlash [17]
Pazandachilik / Кулинария [234]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [1599]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [2514]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [2]
Восстановление данных - Программы [16]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [9]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [12]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [49]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [65]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [15]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [59]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [17]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [72]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 ТАМОША КИЛИШ
YANGI KINO FILMLAR










Статистика



waplog

Главная » 2016 » Январь » 1 » O‘zbekistonda 2016-yil 1-martdan Yo‘l harakati qoidalarining yangi tahriri kuchga kiradi

ПОИСК / IZLASH:

12:57
O‘zbekistonda 2016-yil 1-martdan Yo‘l harakati qoidalarining yangi tahriri kuchga kiradi
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi Yo‘l harakati qoidalarining 2016-yil 1-martdan kuchga kiradigan yangi tahririni tasdiqladi. Bu haqda, O‘zbekiston hukumatidagi manbaga asoslanib, "Gazeta” xabar bermoqda.
Yo‘l harakati qoidalari (YHQ) amaldagi tahriri 2000-yilda qabul qilingan, 2006, 2007, 2011 va 2013-yillarda unga o‘zgartishlar kiritilgan. Qoidalarning yangi talqini mamlakatda so‘nggi yillarda yuz bergan, xususan, avtotransport vositalari soni ko‘payishi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanganishi bilan bog‘liq o‘zgarishlarni ma’lum ma’noda o‘zida aks ettirgan.

Yo‘l harakati qoidalaridagi asosiy o‘zgarishlardan biri sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligiga aholi yashash punktlarida ruxsat berilgan eng yuqori tezlikni soatiga 70 kilometr oshirishga ruxsat berish huquqi taqdim etilganini ko‘rsatish mumkin.

Mahalliy hokimlik organlari, agar yo‘l holati katta tezlikda harakatlanish imkonini bersa, Davlat yo‘l harakati xavfsizlik xizmati bilan kelishgan holda, yo‘llarning alohida qismlarida yoki alohida turdagi transport vositalari uchun alohida qatnov qatorlari (polosalari)da tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatgan holda tezlik rejimini oshirishi mumkin.

Bundan tashqari, turar-joy va ularga yondosh hududlarda (uy-joy qurilgan hududlar oralig‘idagi yo‘llar)da transport vositalari soatiga 30 kilometrdan yuqori tezlikda harakatlanishi mumkin emasligi YHQning yangi tahririda belgilab qo‘yilgan.

Bolalar guruhini olib ketayotgan transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi har qanday yo‘lda soatiga 60 kilometrdan yuqori tezlikda harakatlanishi taqiqlangan. Bundan buyon bolalarni yuk avtomobili kuzovida olib yurish taqiqlanadi.

"Gazeta”ning qayd etishicha, O‘zbekiston aholi yashash punktlarida ruxsat berilgan tezlikning yuqoriligi bo‘yicha jahon bo‘yicha oldingi o‘rinlarda turuvchi mamlakatlardan biri hisoblanadi. Yevropa mamlakatlarida va ko‘plab rivojlangan davlatlarda aholi yashash punktlarining asosiy qismida avtotransport vositalari tezligi soatiga 50 kilometr bilan cheklangan.

Yangi YHQda navigatorlar va videoregistratorlardan foydalanish masalasi ham tartibga solingan. Hujjatda haydovchi transport vositasini boshqarish davomida avtomobilni ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan avtomobilga o‘rnatilgan tele- va videomonitorlardan tele- yoki videodasturlarni tomosha qilish maqsadida foydalanishi mumkin emasligi aniq belgilab qo‘yilgan.

Tele- va videomonitorlarni salonning old qismiga o‘rnatish taqiqlangan, biroq bu taqiq navigatorlar va videoregistratorlarga, shuningdek, tashqi kuzatuv videokameralariga bog‘langan monitorlarga daxldor emas — qoidaga ko‘ra, mazkur vositalar haydovchi tomonidan atrof-yo‘lni kuzatishga xalal bermasligi kerak.

YHQning yangi tahririga muvofiq, transport vositasi haydovchisi harakatni boshlash arafasida yo‘lovchilarni xavfsizlik kamarini taqish haqida, mototsikl yoki mopedda harakatlanish vaqtida esa shlemni kiyish haqida ogohlantirishi kerak.

Kunning qorong‘u vaqtida va ko‘rish sharoiti og‘ir bo‘lgan holatda majburiy to‘xtashni amalga oshirganda, transport vositasini ta’mirlash maqsadida yo‘lning qatnov qismiga chiqayotgan haydovchi yorug‘lik qaytaruvchi nimcha kiyib olishi shart.

Avtobuslar va yo‘nalishli transport vositalari, shuningdek, mototsikllar va mopedlar kunning yorug‘ vaqtida ham yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoqib yurishlari kerak.

Qoidalarga YHQning buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan texnik vositalar yordamida foto- va videofiksatsiya qilinishi haqidagi tushuncha ham kiritilgan.

Ichki ishlar vazirligidan "Gazeta”ga ma’lum qilishlaricha, Yo‘l harakati qoidalarining yangi tahriri vazirlik saytida e’lon qilinadi va barcha o‘zgarishlar haqida OAV orqali batafsil axborot beriladi. Bundan tashqari, keyingi bir oy davomida yangi tahrirdagi YHQ matnli ko‘rinishda chiqarilishi kerak.

Manba: www.SheJoT.CoM - Saytdan olindi!

Ushbu ma'lumot http://daryo.uz/category/mahalliy/ dan olindi!

Нравится




Категория: YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT | Просмотров: 1758 | Добавил: iphone | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
MALUMOT IZLASH

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
 
200
BEPUL REKLAMA
Dj.Sherik@mail.ru saytga!
>>> REKLAMA QO'SHISH
Онлайн-ТВ





Календарь
«  Январь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Архив записей
Друзья сайта
1) www.bepull.ucoz.com - Universal PortaL
2) www.UzbKino.NeT - O'zbek kinolari va Dunyo kinolar olami!
3) www.Odnokartinki.net - Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру / Odnoklassniki.ru sayti uchun bepul smaylikla
4) www.SherlarUz.CoM - SMS Sherlar, Sevgi, Do'stlik va h.k
5) www.JavaUz.CoM - Mobil aloqalar uchun barchasi!

Copyright MyCorp © 2016