Ozish uchun aslida oddiy narsalar bizni katta natijaga olib kelar ekan.
Kuniga kamida 2 litr suv ichish;
Alkogol ichimliklardan faqat qizil vino iste'mol qilish;
Tongda 1 stakan suvga 1 choy qoshiq limon sharbati bilan 1 choy qoshiq asal solib ichish. Nonushtani 20 daqiqadan so'ng qilish;
Har bir ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin 1 stakan suv ichib olish. Ovqatlanish jarayonida suv ichmaslik va ovqatlanib bo'lgandan 40 daqiqa o'tgandan so'ng suv ichish;
Kuniga 4-5 mahal ovqatlanish;
Oxirgi nonushtani uxlashdan 3 soat oldin amalga oshirish. Bu oraliqda faqat suv, qatiq va ko'k choy iste'mol qilsa bo'ladi;
Choyni shakarsiz ichish. Shakar o'rniga asal ishlatish. Kofeni qaymoq va shakar qo'shmasdan iste'mol qilish;
Kartoshkani haftasiga ko'pi bilan 2 marta iste'mol qilish;
Uzum va bananlarni ozayotgan payti iste'mol qilmaslik;
Haftada bir marta ochlik kunini o'tkazish. Bunda faqat suyuqliklar, yengil sabzavotli salatlar va yo'gsiz qatiq iste'mol qilinadi;
Kuniga kamida 30 daqiqa davomida jismoniy mashg'ulotlar qilish. Jismoniy mashg'ulotlar uchun ideal vaqt 17:00 dan 20:00 gacha.
Ertalab albatta nonushta qilish;
Mevalarni kunning brinchi yarmida iste'mol qilish;
Tushlikda salat, sho'rva, bulyon, yog'siz go'shtlarni iste'mol qilish;
Kechki ovqatga qatiq, yogurt, tvorog, dimlangan sabzavotlarni iste'mol qilish;
Salatlarni qatiq, smetana yoki o'simlik yog'ida qorishtirish;
Mayonez, shirinliklar, kremlar, gamburger, chipslardan umuman voz kechish;
Har ovqatlanishda oz-oz(200-300 gramm)dan yeyish.
Ushbu maslahatlarga amal qilinsa, birinchi 7 kun qiyin bo'ladi, lekin keyin organizm o'rganib asta-sekin vazn yoqota boshlaydi.