WWW.SHEJOT.COM
SAHIFALAR
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [376]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [7045]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [116]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [891]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [460]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [241]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [2795]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [4501]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [45]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [8443]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [867]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2642]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [150]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [218]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [530]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1889]
Заработок в интернете / Pul ishlash [17]
Pazandachilik / Кулинария [361]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [2083]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [4176]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [3]
Восстановление данных - Программы [16]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [9]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [12]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [49]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [101]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [17]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [59]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [17]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [72]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 ТАМОША КИЛИШ
PHOTOSHOP UCHUN / Все для фотошопа / All For Photo [3]
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [39]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [69]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [300]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [35]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [22]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [31]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
DINIY MARUZALAR / ISLOMIY HIKOYALAR / MARUZALAR / ИСЛОМИЙ МАРУЗАЛАР / ДИНИЙ ХИКОЯЛАР [19]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [14]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO'YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA'LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН
Jinsiy hayot / Жинсий хаёт [12]
жинсий алоқа ҳақида jinsiy aloqa haqida ma'lumotlar
YANGI KINO FILMLAR










Статистика





Онлайн всего: 40
Гостей: 40
Пользователей: 0


Kun faolllari:
japedZes, uapedZes, Amandakef, promokodvor
Главная » 2019 » Январь » 7 » Qanday qilib pul yig'ish mumkin. Pul yig'ish sirlari

ПОИСК / IZLASH:

09:55
Qanday qilib pul yig'ish mumkin. Pul yig'ish sirlari
Aniq rejalar tuzishni o‘rganamiz va mayda pullarni bankaga solishga odatlanamiz.

Qanday qilib kamroq sarflash mumkin?
1. Kirim va chiqimlarni yozib boring

Pulni pala-partish ishlatishning eng ko‘p tarqalgan sababi – nazoratning yo‘qligi. Pul qayerga oqib ketayotganini aniqlash uchun kunlik kirim va chiqimlar hisobini yuritish kerak. Qulay vaqt, masalan kechki paytni tanlab, xarajatlar va kirimni bloknot yoki maxsus mobil ilovaga yozib qo‘yish.

Katta miqdorda xarajatlar amalga oshiriladigan kategoriyalarni kichikroq guruhlarga bo‘lish. Masalan, "Yegulik”ni "Mahsulotlar”, "Qahvaxona, restoranlar”, "Ishxonadagi tushlik” kabilarga ajratish. Bu oshib ketgan xarajatlarni aniqlash va ularni optimallashtirish imkonini beradi. Misol uchun, do‘stlar bilan qahvaxonada o‘tirish o‘rniga shahar tashqarisiga chiqib, kabob saylini uyushtirish ancha arzon tushadi.

Birinchi oyning oxiriga kelib, o‘zingiz va o‘z odatlaringiz xaqida bilib olishingiz mumkin. Zarurat bo‘lsa, ularni o‘zgartiring.

2. Byudjetni rejalashtiring

Har oy qancha sarflashingiz mumkinligini hisoblab ko‘ring. Kirim chiqimga qaraganda minimum 10 foizga ko‘proq bo‘lgan byudjet ideal hisoblanadi.

Xarajatlarning har bir kategoriyasi uchun kunlik yoki haftalik limitni aniqlang va unga qat’iy rioya eting.

O‘z xarajatlaringiz uchun ularning ahamiyatidan kelib chiqib, shaxsiy qoidalar ishlab chiqing. Masalan, oziq-ovqat, kommunal to‘lovlar, kredit, qarzlar. Ana o‘shanda ustuvor yo‘nalishlarni aniqlab, kredit to‘lovlarini kechiktirganlik uchun qo‘llaniladigan jarima sanksiyalarini chetlab o‘tasiz, pul mablag‘ini kerakmas bo‘lgan joyda "oldindan” to‘lab yubormaysiz.

3. Hayotni murakkablashtirish

Kutilmagan xarajatlardan xalos bo‘lishning bir necha usullari bor. Biroq buning uchun do‘konlarga borishni murakkablashtirishga to‘g‘ri keladi.

Do‘konlarga mahsulotlar ro‘yxati bilan borish va unga qat’iy rioya etish.

O‘zingiz bilan cheklangan miqdordagi naqd pul oling (yoki kunlik limit o‘rnatilgan karta).

Qoida o‘rnating: agar "anavi yashil tufli” yoqib qolsa, darhol sotib olmang, fikringiz o‘zgarib qolmasa, ertasi kuni xarid qilasiz.

Zaruriy bo‘lmagan, biroq qulay narsalarni xarid qilish uchun xarajat qilishni o‘zingizga ma’n eting, masalan, uyga ovqat buyurtma berish va h.k.

4. Inventarizatsiya o‘tkazing

Vaqti-vaqti bilan (bir oyda yoki yarim yilda bir marta) garderob, kitob javonlari, mahsulotlar zaxirasini ko‘zdan kechiring. O‘zingizda bor narsalar ro‘yxatini tuzing. Balki shkafingizda bugun super dolzarb bo‘lgan vintaj ko‘ylak bordir. Oshxonada esa esingizdan chiqqan dukkaklilar zaxirasi.

Foydalanmayotgan narsalaringizdan voz keching: katta pul evaziga sotilmaydigan narsani ham ushlab o‘tirmang.

5. Rad etishni o‘rganish

Aql bilan qilingan shoppingdan pul ishlash mumkin. Har safar kutilmagan xariddan o‘zingizni "asrab qolganingizda” uning narxi qiymatini jamg‘arma hisobiga yuboring.

Har oy rad etish mumkin bo‘lgan minimum 10 ta xarajatni topaman. Bu arzimagan narsa (masalan, o‘zingiz bilan olib ketiladigan qahva) ham, jiddiy xaridlar ham bo‘lishi mumkin: hisob bo‘yicha 10 ko‘ylak, navbatdagi oyoq kiyim, interer uchun kerak bo‘lmagan buyum va b. Oy oxirida qancha tejab qolinganini hisoblayman.

Maksim Sundalov, EnglishDom ingliz tili onlayn maktabi rahbari

6. Imkoniyatlardan foydalaning

Chegirmalar vaqtini kutishni odat qiling. Sevimli do‘konlardagi tovarlar haqiqatan ham chegirma bilan sotilayotgani yoki nohaq marketing o‘yini bo‘layotganini aniqlay olasiz.

Ishonchlilik dasturlaridan foydalaning, hozir u deyarli hammada bor. Chegirma kartalarini uyda unutib qoldirmang. Yangiliklarni kuzatib boring: ko‘pgina do‘konlar pulni tejash imkonini beradigan aksiyalar uyushtirishadi.

Keshbek haqida unutmang. Bu muayyan maqsadlar uchun qo‘shimcha jamg‘arma bo‘ladi.

Artur Lyubarskiy, mustaqil moliyaviy maslahatchi

7. Xaridlarni ish vaqti bilan taqqoslang

Tejashni boshlash uchun yaxshi sabab. Kamida u yoki bu xaridlar zarurligi jihatidan o‘rganila boshlaydi.

Xaridlar narxini ish soati bilan solishtirib ko‘ring. Masalan, haftasiga besh kun soat 9 dan 18 gacha ishlaysiz, oyligingiz 1 million so‘m. Bir kuningiz o‘rtacha 50 ming so‘mga teng. Tuflini 200 mingga xarid qildingiz – bu sizning to‘rt kunlik to‘liq ish kuningiz.

8. Zo‘riqishdan xalos bo‘lishning yangi usullarini o‘ylab toping

Ko‘pchilik uchun shopping – kayfiyatni ko‘tarishning kuchli usuli. Biroq u zararli odat. Shopogolizm xuruji keraksiz xaridlarga olib keladi, zo‘riqish esa bundan yanada kuchayishi mumkin. Siz pulni bekorga sarflab yuborganingiz uchun o‘zingizni ayblaysiz. Va "Qancha ishlab topma, baribir yetmaydi” qopqonida chiqib ketolmaysiz.

Bu boshi berk ko‘cha. Asabiylashdingiz – qahvaxona, shopping, spa va boshqa joylarga borasiz. Pul sarflaysiz, hayot darajasini qo‘llab-quvvatlash qiymati oshadi. Yakun – o‘zingizni qo‘shimcha ish bilan band qilib, yanada ko‘proq asabiylashasiz. Kirim ortishi mumkin, biroq u bilan birga hayot darajasi ham ortmoqda, ammo undan lazzatlanish yo‘q.

Galina Iyevleva, «Maqsadlarga erishish ustaxonasi» asoschisi

Nima qilish kerak? Zo‘riqishni olishning pulga bog‘liq bo‘lmagan usullari: sayr, yoqimli muloqot, sport, musiqa va b. "Zo‘riqishni oladigan” xaridlarga qat’iy "yo‘q” deb javob berishni o‘rganing.

Qanday qilib jamg‘arish mumkin?

1.Aniq maqsadlar qo‘ying

Talabingizni maksimal darajada aniq belgilang. "Mashina istayman” emas, "Keyingi yil yoz fasliga qadar qizil avtomobilga ega bo‘lishni istayman”. Buning uchun qancha pul yig‘ish kerakligini hisoblab ko‘ring. Agar orzularingizni tasavvur etsangiz, o‘zingizni xarajatlardan cheklash osonroq bo‘ladi.

Pulni samaraliroq yig‘ish uchun jarayonni avtomatlashtiring.

Agar oylik maoshingiz kartochkaga tushiriladigan bo‘lsa, har bir kirimdan 10 foiz hajmida jamg‘arma hisob raqamiga o‘tkazib borishni sozlang. Unda jamg‘armangizga foizlar hisoblanadi.

2. Ongli bo‘lishga o‘rganing

Pulni tugaguniga qadar sarflab yuborish – pullarga nisbatan bolalarcha munosabatda bo‘lish. Moliyani boshqarish qobiliyati – yetuk shaxsning ko‘nikmasi. Uni mashq qildirish mumkin va zarur. Uni qanday amalga oshirish usullarini izlang.

Qo‘lingizga pul tushishi bilan uni bir necha qismga ajrating. Bir qism – 5-10 foiz – daxlsiz zaxiraga olib qo‘ying. Bu xavfsizlik yostiqchasi bo‘lib, undan kutilmagan holatlarda foydalansangiz bo‘ladi. Ikkinchi qismi sarmoya uchun: endi pul siz uchun ishlaydi, aksincha emas. Uchinchi qismni kutilmagan xarajatlarni chetlab o‘tishga harakat qilib, kundalik ehtiyojlar uchun sarflang.

Rostislav Plechko, sportchi, tadbirkor

3. Mayda pullarni bankaga solish

Ma’lumki, tanga katta pulni tejaydi. Hamyoningizda yig‘ilib qoladigan pullarni yig‘ish uchun uyingizda quticha yoki bankaga solishni odat qiling. Bir oy davomida bunday idishda ancha pul to‘plab qo‘yish mumkin.

4. Daromadning yangi manbalarini izlang

Bugun qo‘shimcha daromad manbaini topish oson. Har qanday ishning buyurtmachilari va bajaruvchilarini birlashtiradigan maxsus internet-xizmatlar bor. Asosiy ishingizdan bo‘sh vaqtingizda doimiy ravishda qo‘shimcha daromad ishlab topishingiz, yoki xohish hamda imkoniyat bo‘lganida bajarish uchun bir martalik buyurtmalar olishingiz mumkin.

Qo‘shimcha ish nafaqat charchoqli, balki yoqimli ham bo‘ladi: kuchuk bilan sayr qilish, hujjatlarni yetkazib berish, internetda ma’lumot topish va h.k. Ta’bingizga qarab tanlang.

Eng muhimi – sarflamasdan, qo‘shimcha daromadning hammasini yig‘ish. Agar bu qoidalarga rioya etilsa, vaziyat juda tez yaxshilanadi.

Manba: www.SheJoT.CoM - Saytdan olindi!



Категория: Foydali maslahatlar / Полезны советы | Просмотров: 49 | Добавил: iphone | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
MALUMOT IZLASH
Логин:
Пароль:
MALUMOT IZLASH

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
200
BEPUL REKLAMA
Dj.Sherik@mail.ru saytga!
>>> REKLAMA QO'SHISH
Онлайн-ТВ





Календарь
«  Январь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
1) www.BePuL.NeT - Universal PortaL
2) www.UzbKino.NeT - O'zbek kinolari va Dunyo kinolar olami!
3) www.Sherlar.org - Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру / Odnoklassniki.ru sayti uchun bepul smaylikla
4) www.SherlarUz.CoM - SMS Sherlar, Sevgi, Do'stlik va h.k
5) www.Sherlar.info - SMS SHERLAR TABRIKLAR JUMA BAYRAM!

Copyright MyCorp © 2019