WWW.SHEJOT.COM
SAHIFALAR
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [377]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [4215]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [116]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [525]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [428]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [223]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [2169]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [3516]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [43]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [7214]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [688]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2632]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [132]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [148]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [168]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1093]
Заработок в интернете / Pul ishlash [17]
Pazandachilik / Кулинария [234]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [1592]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [2512]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [2]
Восстановление данных - Программы [16]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [9]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [12]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [49]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [65]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [15]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [59]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [17]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [72]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 ТАМОША КИЛИШ
YANGI KINO FILMLAR










Статистика



waplog

Главная » 2016 » Март » 9 » “Qo‘lingdan kelsa, qillaring!”. Onasining oyog‘ini o‘payotganini suratga olgani uchun tanqid ostida qolgan Farhod Badalov

ПОИСК / IZLASH:

16:20
“Qo‘lingdan kelsa, qillaring!”. Onasining oyog‘ini o‘payotganini suratga olgani uchun tanqid ostida qolgan Farhod Badalov
Aktyor, rejissor va prodyuser Farhod Badalov onasining oyoqlarini yuvib, o‘pib qo‘yayotgani tasvirlangan fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokamalarga sabab bo‘ldi. Fotosurat 8-mart, seshanba kuni "Shov-shuv” sayti asoschisi Jasur Hamroyev tomonidan Facebook ijtimoiy tarmog‘iga ham joylashtirilgan.
"Aktyor, prodyuser va rejissor Farhod Badalov juda ibratli ishga qo‘l urdi. Respekt! Onani qanchalar sevish va qadrlash mumkin? Bu borada har kimning o‘z javobi bor!”, — deb yozadi suratni tarmoqqa yuklagan Jasur Hamroyev.

Suratlarda Farhod Badalov onasining oyoqlarini yuvib qo‘yayotgani, o‘pib ham qo‘ygani, shundan so‘ng oyoqlarni sochiq bilan artib qo‘yayotgani tasvirlangan. Surat ostida fikr bildirganlarning bir guruhi Badalovning bu harakatini olqishlagan.

"Hamma onalarga shunday o‘g‘ilning mehrini ko‘rish nasib etsin”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri. "E, yashavoring! Farzand bo‘lsa shunday bo‘lishi kerak”, — deb qo‘shimcha qilgan boshqa bir foydalanuvchi. Yana bir kommentator bu holat "har bir farzandning burchi ekani, yoshlar o‘rnak olishi kerakligi”ni ta’kidlagan.

Ayni vaqtda, bir qator foydalanuvchilar suratdagi holatni emas, balki bu suratning e’lon qilinishini keskin tanqid ostiga olgan, suratning omma e’tiboriga havola etilishini Farhod Badalovning piari, reklamasi deb baholagan.

"Sharmanda… Bunaqa ish qachondan beri shov-shuv bilan qo‘l uriladigan noyob narsa bo‘lib qoldi? ‘Onajon, bundoq turing, shu joyini rasmga olvolay’, deyishni o‘zi sharmandalik. Atrofimda qarib qolgan onasining boshqa zaruratlarini hech malol olmay, ovoza qilmay qilayotgan o‘g‘illar bor. Qiladi-da, ona ham ularni tagligini almashtirayotganida rasmga olib, simyog‘ochga qoqmagan-ku! Shunchaki sharmanda”, — deb yozadi bir foydalanuvchi.

"Bu yaxshiku-ya, lekin hammaga ko‘z-ko‘z qilinadigan narsa emas”, — deb yozadi yana bir foydalanuvchi. Boshqa biri esa: "Piar, riyodan boshqa narsani ko‘rmayapman”, — deb fikr bildirgan. Salbiy ruhdagi kommentlar ketma-ketligidan so‘ng, muhokamalarga post muallifi Jasur Hamroyev hamda Farhod Badalovning o‘zi ham qo‘shilgan.

Xususan, foydalanuvchining: "Bu suratda piar, riyodan boshqa narsani ko‘rmayapman”, — degan kommentiga, Badalov: "Buni ko‘rish uchun rostakasim ko‘z kerak”, — deb fikr bildirgan. Boshqa bir foydalanuvchining: "Qo‘lidagi qimmatbaho soat o‘rniga onaning oyog‘i ostiga yaxshiroq gilam to‘shasa bo‘larmidi”, — degan gapiga, Badalov: "Senga nima? Sen 15 qavat gilamga o‘tqazib, shunday qil, qoyil qolaman. Lekin kovlamayman. Bu palos shu yerdagi ayrim odamlardan qimmat — men uchun ham, onam uchun ham”, — deb javob bergan.

Yana bir foydalanuvchining: "Sho‘rlik ona”, — deb qoldirgan izohiga, Badalov shunday javob yozgan: "Hoy, aqlli! Bu mening jannatim onam. Senda bo‘lsa kerak sho‘rlik ona. Agar bu dunyoda ona kimligini bilsang, onamga til tekkizma”, — deb javob bergan. Bunga javoban, "Sho‘rlik ona” deb izoh yozgan foydalanuvchi Badalovga maslahat bergan: "Ona kimligini har holda sendan ko‘ra yaxshiroq bilaman. Sening riyokorliging sababidan shu ahvolga tushib o‘tiribdilar. Undan ko‘ra post yozganga ayt, o‘chirib tashlasin”.

Suratga nisbatan: "Ahmoqona!”, — deb komment qoldirgan foydalanuvchiga javoban, Badalov shunday degan: "Mening o‘rnimga o‘zingni, onamning o‘rnilariga onanglarni qo‘yib, yaxshilab o‘ylab ko‘r, birodar”.
"Hayvonga qanchalar bermagin ta’lim, it bo‘lur, eshak bo‘lur, aslo bo‘lmas odamiy, degan ekan bobomiz Mir Alisher Navoiy. Piarmi, boshqami, qo‘limdan keldi, qildim. Bu birinchisi ham emas. Qo‘lingdan kelsa, qillaring. Yoqmasa, indamay o‘tkazvorish mumkin. Gap egasini topadi”, — deya alohida komment yozib qoldirgan Farhod Badalov.
Ma’lumot uchun, Farhod Badalov aktyor sifatida bir qator filmlarda, shuningdek, ko‘plab kliplarda suratga tushgan. Rejissor va prodyusser sifatida bir necha konsert dasturlarini tashkil etgan, videokliplar tayyorlagan.

Manba: www.SheJoT.CoM - Saytdan olindi!

Ushbu ma'lumot daryo.uz dan olindi!

Нравится




Категория: SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ | Просмотров: 172 | Добавил: iphone | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
MALUMOT IZLASH

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
 
200
BEPUL REKLAMA
Dj.Sherik@mail.ru saytga!
>>> REKLAMA QO'SHISH
Онлайн-ТВ





Календарь
«  Март 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
1) www.bepull.ucoz.com - Universal PortaL
2) www.UzbKino.NeT - O'zbek kinolari va Dunyo kinolar olami!
3) www.Odnokartinki.net - Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру / Odnoklassniki.ru sayti uchun bepul smaylikla
4) www.SherlarUz.CoM - SMS Sherlar, Sevgi, Do'stlik va h.k
5) www.JavaUz.CoM - Mobil aloqalar uchun barchasi!

Copyright MyCorp © 2016