WWW.SHEJOT.COM
SAHIFALAR
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [378]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [8142]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [116]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [1211]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [471]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [241]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3087]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [5046]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [59]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [9044]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [1065]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2663]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [192]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [226]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [690]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [2048]
Заработок в интернете / Pul ishlash [17]
Pazandachilik / Кулинария [374]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [2384]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [4570]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [3]
Восстановление данных - Программы [16]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [10]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [12]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [49]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [101]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [20]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [60]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [17]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [72]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 ТАМОША КИЛИШ
PHOTOSHOP UCHUN / Все для фотошопа / All For Photo [3]
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [39]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [211]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [482]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [36]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [23]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [35]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
DINIY MARUZALAR / ISLOMIY HIKOYALAR / MARUZALAR / ИСЛОМИЙ МАРУЗАЛАР / ДИНИЙ ХИКОЯЛАР [96]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [22]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO'YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA'LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН
Jinsiy hayot / Жинсий хаёт [28]
жинсий алоқа ҳақида jinsiy aloqa haqida ma'lumotlar
YANGI KINO FILMLAR










Статистика





Онлайн всего: 28
Гостей: 28
Пользователей: 0


Kun faolllari:
StewartDetty, Servicevol, Inn_Muh, SofiyaOl, KeikoSer, jaituip
Главная » 2019 » Август » 9 » Qurbonlik odoblari: qanday jonliq so‘yiladi, qurbonlikning so‘nggi vaqti va uni beriladigan kishilar xususida

ПОИСК / IZLASH:

16:41
Qurbonlik odoblari: qanday jonliq so‘yiladi, qurbonlikning so‘nggi vaqti va uni beriladigan kishilar xususida
Ertaga, O‘zbekistonda Qurbon hayiti bayrami keng nishonlanadi. Bu bayram boshqalaridan shunisi bilan ajralib turadiki, mazkur ayyomda Alloh yo‘liga qurbonlik qilinadi va uning go‘shti yetim-yesirlarga, mazlum va ehtiyojmand kishilarga tarqatiladi. Bu shariat ahkomlarida belgilab qo‘yilgan. Xo‘sh, qurbonlik qanday qilinadi va uning go‘shti aynan kimlarga beriladi? Bu haqda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf o‘gitlariga nazar solamiz.

Qurbonlik qurbon hayiti kunlari so‘yiladigan hayvondir. Hanafiy mazhabi bo‘yicha qurbonlik qilish vojibdir. Qurbonlik qilish hur, oqil, muqim va zakot nisobiga molik bo‘lgan musulmon shaxsga vojib bo‘ladi. Hanafiy mazhabi bo‘yicha musofirga qurbonlik qilish vojib bo‘lmaydi.

Qurbonlik vojibligiga dalillar:

Alloh taolo «Kavsar» surasida:

 «Albatta, Biz senga Kavsarni berdik. Bas, Robbingga namoz o‘qi va jonliq so‘y», degan.

Ulamolarimiz ushbu oyati karimadagi «namoz»dan murod, iydi qurbon namozi, «jonliq»dan murod qurbonlikka so‘yiladigan hayvon, deganlar.

Mixnaf ibn Qays roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan Arafotda turgan edik. Men U zotning:

«Ey, odamlar, har bir uy ahliga har yili bir qurbonlik va atiyra lozimdir», deganlarini eshitdim».

Sunan egalari rivoyat qilgan.

Ko‘pchilik qo‘shilishib qurbonlik qilishga harakat qiladi. Birov o‘zim qurbonlik qilaman deb bir mol sotib olgan bo‘lsa, olti kishi kelib sherik bo‘lsalar joiz.

Qurbonlikning vaqti, shaharda so‘ysa iyd namozidan, boshqa joyda bo‘lsa iyd kuni tongi otganidan so‘ngdir. Uning oxirgi vaqti uchinchi kunning quyoshi botishidan sal oldin.

Qurbonlikning vaqti iyd namozidan so‘ng ekaniga dalil:

Baro roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Albatta, ushbu kunimizda eng avval boshlaydigan narsamiz, namoz o‘qimoqligimizdir. So‘ngra, qaytamiz va so‘yish so‘yamiz. Bas, kim o‘shandoq qilsa, bizning sunnatimizni topibdir. Kim undan oldin so‘ysa, o‘z ahliga go‘sht taqdim qilibdi, xolos. Ibodatdan hech narsa yo‘qdir»-dedilar. Abu Burda so‘yib bo‘lgan edi. Bas, u:

«Mening musinnadan yaxshiroq jaza'am bor?» dedi.

«Uni so‘y! Ammo, sendan keyin, biror kishidan kifoya qilmas», dedilar u zot».

Qorong‘ida turli xatolar sodir bo‘lishi mumkinligidan kechasi so‘yish makruhdir.

Alloh taoloning yo‘lida qurbonlik qilaman deb nazr atagan va o‘ziga vojib bo‘lmasa ham, qurbonlik qilaman deb hayvon sotib olgan odamlar vaqtida uni qila olmay vaqtini o‘tkazib yuborsalar, hayvonni tirikligicha sadaqa qiladilar. Chunki, ular o‘zlariga o‘zlari bu ishni vojib qilib olganlar.

Endi, qurbonlik qilinadigan hayvonlarning sifatlari haqida ma'lumot beriladi.

Qo‘ydan jaza' – olti oylik - va undan boshqadan saniy va undan kattasi qurbonlikka yaraydi. Saniy deb bir yoshlik qo‘y – echkiga va ikki yoshlik molga va besh yoshlik tuyaga aytiladi.

Bu hukmlar hadisi shariflardan olingan.

Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam unga qo‘ylarni O‘z sahobalariga qurbonlik qilishlariga taqsimlab berish uchun berdilar. Bas, bir yoshli uloqcha ortib qoluvdi, uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga zikr qildi. U zot:

«Uni sen qurbonlik qil», dedilar».

Beshovlari rivoyat qilgan.

Demak, imkoni bor odam kamida bir yoshli qo‘y yoki echki qurbonlik qilishi kerak. Agar kambag‘alligi tufayli, qo‘li qisqalik qilib, bir yoshli qo‘yo-echkining ilojini qila olmasa, olti oylik bo‘lsa ham, kifoya qilaveradi.

Qurbonlikka aylanbosh, shoxsiz, bichilgan va qo‘tir hayvonlarni so‘ysa bo‘ladi. Ammo o‘ta ozg‘in va so‘yar joyga yurib bora olmaydigan cho‘log‘i bo‘lmaydi. Shuningdek, qulog‘i, ko‘zi, dumbasi va dumining uchdan biri ketgani ham bo‘lmaydi.

Bu hukmlarning dalil hadislarda kelgan.

Baro roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam ichimizda turib, barmoqlarim U zotning barmoqlaridan qisqa, barmoq uchlarim U zotning barmoq uchlaridan kichkina:

«To‘rt narsa qurbonlikka joiz emas; g‘ilayligi ochiq-oydin hayvon, bemorligi ochiq-oydin hayvon, cho‘loqligi ochiq-oydin hayvon va miyasi chatoq hayvon», dedilar».

Sunan egalari rivoyat qilgan.

Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizlarni ko‘z va qulog‘ini yaxshilab ko‘rib olishimizga; g‘ilayni, muqobalani, mudobarani, xarqoni va sharqoni qurbonlik qilmasligimizga amr qildilar. Men:

«Muqobala nima?» dedim.

«Qulog‘ining bir tomoni kesilgan», dedi.

«Mudobara nima?» dedim.

«Qulog‘ining uchi kesilgan», dedi.

«Sharqo nima?» dedim.

«Qulog‘i yorilgan», dedi.

«Xarqo nima?» dedim.

«Qulog‘i belgi uchun yirtilgan», dedi».

Sunan egalari rivoyati...

Qurbonlikning oxirgi vaqtiga dalil.

Imom Molik Nofe'dan qilgan rivoyatda «Ibn Umar qurbonlik iyd kunidan keyin ikki kundir der edi», deyilgan.

Qurbonlik muhtoj kishilarga, yetim-yesirlarga, kambag‘al va shu qurbonlikka ehtiyoji bor oilalarga beriladi. Qurbonlikning uchdan birini o‘ziga olib qolish ulamolar tomonidan ittifoq qilingan.


Manba: www.SheJoT.CoM - Saytdan olindi!



Категория: HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ | Просмотров: 10 | Добавил: iphone | Рейтинг: 0.0/0
Loading...
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
MALUMOT IZLASH
Логин:
Пароль:
MALUMOT IZLASH

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
200
BEPUL REKLAMA
Dj.Sherik@mail.ru saytga!
>>> REKLAMA QO'SHISH
Онлайн-ТВ





Календарь
«  Август 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
1) www.BePuL.NeT - Universal PortaL
2) www.UzbKino.NeT - O'zbek kinolari va Dunyo kinolar olami!
3) www.Sherlar.org - Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру / Odnoklassniki.ru sayti uchun bepul smaylikla
4) www.SherlarUz.CoM - SMS Sherlar, Sevgi, Do'stlik va h.k
5) www.24soat.com - SMS SHERLAR TABRIKLAR JUMA BAYRAM!

Copyright www.Shejot.com © 2019