WWW.SHEJOT.COM
SAHIFALAR
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [376]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [7321]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [116]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [947]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [465]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [241]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [2855]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [4651]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [53]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [8584]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [881]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2647]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [158]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [220]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [605]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1930]
Заработок в интернете / Pul ishlash [17]
Pazandachilik / Кулинария [369]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [2151]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [4269]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [3]
Восстановление данных - Программы [16]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [9]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [12]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [49]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [101]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [19]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [59]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [17]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [72]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 ТАМОША КИЛИШ
PHOTOSHOP UCHUN / Все для фотошопа / All For Photo [3]
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [39]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [79]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [368]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [35]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [22]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [35]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
DINIY MARUZALAR / ISLOMIY HIKOYALAR / MARUZALAR / ИСЛОМИЙ МАРУЗАЛАР / ДИНИЙ ХИКОЯЛАР [42]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [15]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO'YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA'LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН
Jinsiy hayot / Жинсий хаёт [13]
жинсий алоқа ҳақида jinsiy aloqa haqida ma'lumotlar
YANGI KINO FILMLAR










Статистика





Онлайн всего: 62
Гостей: 62
Пользователей: 0


Kun faolllari:
iphone, Patriotcel, 988920919
Главная » 2019 » Март » 14 » Ronaldudan chorlov olgan Messi yengilmas «Lion»ga qarshi. YeChL anonsi

ПОИСК / IZLASH:

09:34
Ronaldudan chorlov olgan Messi yengilmas «Lion»ga qarshi. YeChL anonsi
«Tribuna» Chempionlar ligasining 1/8 finali doirasidagi oxirgi ikki uchrashuv anonsini taqdim etadi. Bugun Myunxenda va Barselonada chorak finalning yana ikki ishtirokchisi aniqlanadi.
«Bavariya» – «Liverpul» hamda «Barselona» – «Lion» birinchi o'yinlarda nursiz duranglar qayd etgandi, yo'llanma taqdiri Kataloniya hamda Myunxendagi o'yinlarda hal bo'ladi.

«BAVARIYa» – «LIVERPUL»

«Liverpul» qurbonlikka tayyormi?
Kunning markaziy o'yini Myunxenda o'tkazilib, «Bavariya» o'z maydonida «Liverpul»ni qabbul qiladi. Jamoalarning «Enfild»da o'tkazilgan birinchi o'yinida hisob ochilmagandi. Yurgen Kloppning aytishicha, o'z maydonidagi eng yaxshi durang natija bu 0:0. Biroq, bu natija ko'proq «Bavariya» uchun qulayroq. Chunki, mehmondagi o'yinda gol o'tkazmaslik o'z maydonidagi o'yinda yaxshigina ustunlik beradi. Boshqa tomondan nemislarning mehmonda gol ura olmaganliklari ularga qiyinchilik tug'dirishi ham mumkin. Endi «Liverpul» urgan har bir gol ikkitaga yuradi.

«Liverpul» 29 yildan buyon Angliya chempioni bo'la olmay kelmoqda. Shu sabab APL sovrinisiz o'tayotgan har bir yil klub muxlislarining alamini kuchaytirmoqda. Hozir jamoa Yurgen Klopp murabbiyligida oxirgi yillardagi eng yaxshi holatida. Muxlislar ulardan Premyer-Liga g'olibligini kutishmoqda. «Liverpul» hozir ikki frontda kurash olib bormoqda va bir qarashda ikkita musobaqada g'oliblik uchun kurashish jamoaga og'irlik qilishi mumkin.

Muxlislar orasida «Liverpul» ikki musobaqadan birini qurbon qilishi kerakligi, aks holda ikkalasini ham boy berishi muhokama qilinmoqda. Kloppdan bu haqda so'rashganda, murabbiyning jahli chiqdi. Muhammad Saloh esa quyidagicha javob berdi: «Premyer-Liga g'olibligi uchun Chempionlar Ligasidan jon deb kechgan bo'lardim».

Bunday almashuvga klubning barcha muxlislari ko'nishsa kerak, lekin Chempionlar Ligasidan kechish bu APL g'olibligini ta'minlaydi degani emas. Undan tashqari, Klopp shogirdlariga «Yigitlar, bizga Chempionlar Ligasi kerak emas, bor e'tiborni Premyer-Ligaga qaratamiz. Bugun «Bavariya»ga yutqazib beramiz», deyishi aqlga sig'maydigan narsa. Top-klublar hech qachon yutqazish uchun maydonga tushishmaydi.

«Liverpul»ning zaxira imkoniyatlari katta bo'lmasa ham, o'zi qatnashayotgan barcha musobaqada g'oliblik uchun kurashishi aniq. Britaniyaning xalqaro maydondagi eng muvaffaqiyatli jamoasi Chempionlar Ligasidagi 6-sovrinni hech qanaqasiga qurbon qilmasa kerak.

«Bavariya» javob o'yinini o'z maydonida o'tkazsa ham, bu bahsda favorit emas. Chunki, birinchi o'yinda Niko Kovach shogirdlari deyarli hech qanday vaziyat yarata olishmadi. «Bavariya» Germaniyada yetakchilikni qaytarib olib, o'ziga bo'lgan ishonchni qaytarib olgan bo'lishi mumkin, lekin yuqori pressingga asoslangan «Liverpul» qarshisida «Bavariya» kuchli ko'rinmadi. Javob o'yini ham katta ehtimol bilan «Liverpul»ning nazoratida o'tadi.

Klopp «qasos o'tida yonmoqda»
«Liverpul» o'tgan yil Chempionlar Ligasi yarim finalida «Roma»ga qarshi o'ynagandi. O'sha o'yindan oldin murabbiydan finalga chiqsa kim bilan o'ynashni xohlashini so'rashganda (ikkinchi yarimfinalda «Bavariya» va «Real» to'qnash kelgandi) Klopp shunday javob bergandi: «Taqdir mendan nimani xohlaysan deb so'rasa, yana bir marta Chempionlar Ligasi finalida «Bavariya» bilan o'ynashni degan bo'lardim». Klopp «Borussiya» Dortmundda ishlagan vaqtida, 2013 yilgi YeChL finalida «Bavariya»ga yutqazgandi. Shu sababli ushbu murabbiy «Bavariya»dan aynan Chempionlar Ligasida alamini olishni xohlaydi. Chunki Bundesligada murabbiy shundog'am ko'p marta «Bavariya»ning «kuragini yerga tekkizgan».

Bu qarama-qarshilikda «Liverpul»ga ko'p e'tibor berib, «Bavariya» ham Yevropa grandlaridan ekanini unutish yaramaydi. Niko Kovach klub rahbariyatidan yetarlicha imkoniyat oldi. Jamoa Bundesligada uchlikdan ham tushib ketib, yetakchidan 10 ochkolab orqada qolganida ham, rahbariyat Kovachga ishonishini ma'lum qildi. Natijada, xorvatiyalik murabbiy chempionatda yetakchilikni qaytarib oldi. Biroq, «Bavariya»ni Germaniya chempioniga aylantirish bunday katta klub murabbiyi uchun katta natija hisoblanmaydi. Chunki, «Bavariya» qo'pol qilib aytganda, murabbiysiz ham chempionatda g'olib bo'lishi mumkin. Kovach «Bavariya»ga bejizga kelmaganini aynan Chempionlar Ligasida isbotlashi kerak. Musobaqa favoritlaridan bo'lgan o'tgan yilgi finalchini yengish bu borada katta qadam bo'ladi.

Jamoalar safidagi yo'qotishlar haqida gapiradigan bo'lsak, bu borada «Bavariya»ning muammolari jiddiyroq. Robben jarohati sabab, Kimmix va Myuller diskvalifikatsiya sabab maydonga tusha olishmaydi.

«BARSELONA» – «LION»

Messi Ronalduning chorloviga qanday javob beradi?
Bu o'yinda «Barselona»ning imkoniyatlari yaxshiroq baholanmoqda. Kataloniyaliklar yaqqol favorit desak ham bo'ladi. Birinchi o'yinda «Lion» o'z maydonida yaxshi qarshilik ko'rsatgandi, ammo «Barsa» o'z maydonida qanday o'ynashini hamma biladi. Bilasizmi, «Barselona» 1/8 finalni eng oxirgilardan bo'lib o'tkazayotgani jamoa uchun foydali bo'ldi. Chunki, «Real», «PSJ», «Atletiko» kabi jamoalar birinchi o'yindagi ustunlikni boy berganini ko'rgan kataloniyaliklar «Lion»ga qarshi o'yinda ehtiyotkorlikni yanada oshirishadi. O'tgan mavsumda «Barselona» yarimfinal ostonasida «Roma»ga qanday mag'lub bo'lganini eslasangiz kerak. O'shanda «Barsa» aynan ehtiyotkorlik qilmagani sabab qoqilgandi. Bugungi o'yinda Valverde shogirdlaridan birinchi navbatda o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormaslikni talab qiladi.

Messi uchun chorlov
Ronaldu «Real»dan ketgan bo'lishi mumkin, lekin uning Messi bilan raqobati tugab qolgani yo'q. Masalan, kecha Krishtianu «Atletiko» darvozasiga uchta gol urib, madridliklarni musobaqadan chiqarib yubordi (odatda Ronaldu madridliklarni qutqarib qolardi). Bu gollardan so'ng muxlislarda bir savol paydo bo'lgani tabiiy: Messi bugun nechta gol urarkin? Ha, bu yigitlar bitta chempionatda o'ynamay ham raqobatga kirishaveradi. «Lion»ga hurmatimizni saqlagan holda bugun o'yinning asosiy intrigasi aynan Messining qanday o'yin ko'rsatishi ekanini ta'kidlashimiz kerak.

Biroq «Lion»ni ham kurashdan erta chiqarish to'g'ri emas. Fekir va Depay jamoadoshlari Fransiya chempionatida uchinchi o'rinda borishmoqda. Jamoa Chempionlar Ligasi hududida qolishni deyarli uddalab bo'lgan va hozir «Lion» faqat Chempionlar Ligasi haqida o'ylamoqda. Olimpikda o'tgan birinchi o'yinda Terye, Traore va Auar kabi futbolchilar ham yaxshi taassurot qoldirishgandi. «Barselona», «Real» kabi jamoalarga qarshi o'yinlarda mana shunday yangi porlagan yulduzlar o'zini ko'rsatishga intiladi. Qolaversa, «Lion» YeChLning joriy mavsumida hali biror marta ham mag'lub bo'lmadi – guruhdagi 6 o'yindan 5tasida durang o'ynab, bittasida g'alaba qozongan – safarda «Siti» 2:1 hisobida mag'lub etilgan.

«Barselona» bu o'yinda juda yaxshi ruhiy ko'tarinkilik bilan yetib keldi. Jamoa «Lion» bilan o'tkazilgan birinchi o'yindan so'ng azaliy raqibi «Real»ni ikki martalab mag'lub etdi. «Barselona» uchun bundan yaxshiroq adrenalin yo'q, to'g'rimi? Jamoalar safida yo'qotishlar ko'p emas. «Barselona» safida Usmon Dembelening maydonga tusha olmasligi kataloniyaliklar uchun kichik muammo tug'dirishi mumkin, xolos.

1/8 final. Birinchi o'yinlar

12 fevral, seshanba

«Roma» – «Portu» 2:1

«Manchester Yunayted» – «PSJ» 0:2

13 fevral, chorshanba

«Tottenhem» – «Borussiya» D 3:0

«Ayaks» – «Real» 1:2

19 fevral, seshanba

«Lion» – «Barselona» 0:0

«Liverpul» – «Bavariya» 0:0

20 fevral, chorshanba

«Atletiko» – «Yuventus» 2:0

«Shalke» – «Manchester Siti» 2:3

Javob o'yinlari

5 mart, seshanba

«Borussiya» D – «Tottenhem» 1:0

«Real» – «Ayaks» 1:4

6 mart, chorshanba

«PSJ» – «Manchester Yunayted» 1:3

«Portu» – «Roma» 3:1

12 mart, seshanba

«Yuventus» – «Atletiko» 3:0

«Manchester Siti» – «Shalke» 7:0

13 mart, chorshanba

«Barselona» – «Lion»

«Bavariya» – «Liverpul»

Manba: www.SheJoT.CoM - Saytdan olindi!



Категория: DINIY MARUZALAR / ISLOMIY HIKOYALAR / MARUZALAR / ИСЛОМИЙ МАРУЗАЛАР / ДИНИЙ ХИКОЯЛАР | Просмотров: 21 | Добавил: iphone | Теги: #xabarlar, #uznews, #news, #Yangilik, #habarlar, #Yangiliklar, #ahborot, #newsuz, #новости | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
MALUMOT IZLASH
Логин:
Пароль:
MALUMOT IZLASH

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
200
BEPUL REKLAMA
Dj.Sherik@mail.ru saytga!
>>> REKLAMA QO'SHISH
Онлайн-ТВ





Календарь
«  Март 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Архив записей
Друзья сайта
1) www.BePuL.NeT - Universal PortaL
2) www.UzbKino.NeT - O'zbek kinolari va Dunyo kinolar olami!
3) www.Sherlar.org - Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру / Odnoklassniki.ru sayti uchun bepul smaylikla
4) www.SherlarUz.CoM - SMS Sherlar, Sevgi, Do'stlik va h.k
5) www.Sherlar.info - SMS SHERLAR TABRIKLAR JUMA BAYRAM!

Copyright MyCorp © 2019