WWW.SHEJOT.COM
SAHIFALAR
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [377]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [4220]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [116]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [526]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [428]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [223]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [2172]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [3529]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [43]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [7217]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [692]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2632]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [132]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [148]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [168]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1093]
Заработок в интернете / Pul ishlash [17]
Pazandachilik / Кулинария [234]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [1599]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [2514]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [2]
Восстановление данных - Программы [16]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [9]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [12]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [49]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [65]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [15]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [59]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [17]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [72]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 ТАМОША КИЛИШ
YANGI KINO FILMLAR










Статистика



waplog

Главная » 2016 » Февраль » 23 » Savol—javob: Toshkentda avtobuslar nima sababdan yonyapti?

ПОИСК / IZLASH:

22:21
Savol—javob: Toshkentda avtobuslar nima sababdan yonyapti?
Nima bo‘ldi?
23-fevral, seshanba kuni Toshkentning Yashnobod tumanida 12-yo‘nalish bo‘ylab harakatlanayotgan Mercedes-Benz Conecto Low Floor avtobusida yong‘in kelib chiqdi. Yong‘in nima sababdan yuz bergani noma’lum, hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida hozircha axborot yo‘q.

Hozirgacha qancha avtobus yongan?

2013-yil martidan beri (23-fevraldagi yong‘inni ham qo‘shib hisoblaganda) — 15 ta. Bu internet-foydalanuvchilari bevosita guvoh bo‘lgan hodisalar — ular hodisa joyidan foto va videolarni ijtimoiy tarmoqlarga, video- va fotoservislarga yuklagan, shundan so‘ng mazkur holat haqida ko‘pchilik xabar topgan. Internetda yoritilmagan, internet-foydalanuvchilari guvoh bo‘lmagan boshqa yong‘in holatlari ham bo‘lishi mumkin.
Shu vaqtgacha faqat bir xil rusumdagi avtobuslar yonganmi?

Yo‘q. 2013-yilgi dastlabki yong‘inlardan Mercedes-Benz Conecto O345 avtobuslari jabr ko‘rgan edi. 2014-yilning 2-dekabrida, 2015-yilning 15-mayi va 20-iyulida ham xuddi shu rusumdagi avtobuslar yongan. 2014-yilning 14-iyulida yongan 148-avtobusning aynan qaysi rusumda bo‘lgani haqida aniq ma’lumot yo‘q, biroq qolgan barcha holatlarda yangi avtobuslar — Mercedes-Benz Conecto Low Floor’da yong‘in chiqqan. Qiziq tomoni, shu vaqtgacha biror marta O‘zbekistonda yig‘ilgan Isuzu (SamAvto) avtobuslarida yong‘in chiqqani haqida xabar paydo bo‘lmadi.
Qaysi yo‘nalishdagi avtobuslar ko‘proq yonadi, qaysi yo‘nalishlar xavfsizroq?

23-fevral kuni yongan avtobus harakatlanuvchi 12-yo‘nalishda 2014-yilning 5-mayida ham xuddi shunday avtobus yongan — bundan boshqa hech bir yo‘nalishda bittadan ortiq avtobus yonmagan (2013-yil 14-iyun, 2014-yil 2-dekabr va 2015-yil 20-iyulda yongan avtobuslarni istisno qilganda — ularning yo‘nalishlari ma’lum emas). E’tiborli tomoni, avtobus yong‘inlari butun shaharni — Qo‘yliqdan Qorasaroygacha, Chilonzordan Yunusobodgacha bo‘lgan hududni qamrab olgan.

Avtobuslardagi yong‘inlardan yo‘lovchilar jabrlanganmi?

Toshkentdagi avtobus yong‘inlari oqibatida hech kim halok bo‘lmagan. Yong‘inlar haqidagi xabarlarda jabrlanuvchilar haqida axborot berilmagan.
Avtobuslar nima sababdan yonayapti o‘zi?

Avtobuslarning rasman egasi hisoblangan "Toshshahartransxizmat” kompaniyasi vakillari avtobuslarning yonishi sabablari haqida, "Daryo” hisob-kitobiga ko‘ra, kamida to‘rt marta bayonot bergan. Eng birinchi, 2013-yilgi bayonotda avtobus haydovchisining sigaret chekishi, yo‘lovchilarning salonda lak, sprey kabi tez alanga oluvchi vositalardan foydalanishi yong‘inlarga sabab qilib ko‘rsatilgan edi.

2014-yildan beri esa avtobuslar yong‘iniga asosiy sabab qilib elektr simlaridagi qisqa tutashuvlar ko‘rsatildi. "Toshshahartransxizmat” bosh muhandisi Mirhosil Xolmatovning ta’kidlashicha, yong‘inlarga "elektr simlari plastik izolyatsiyasi butunligining buzilishi natijasida qisqa tutashuv yuzaga kelayotgani” sabab bo‘lgan. 2015-yilda esa Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi avtobus yong‘inlariga "qisqa tutashuv yoki avtobusning yangi emasligi va texnik ko‘rikdan o‘tmaganligi asosiy sabab bo‘lishi mumkin”ligi haqida bayonot berdi.

Avtobuslarning yonishiga qarshi qanday choralar ko‘rilyapti?

"Toshshahartransxizmat” kompaniyasi tomonidan avtobuslarning yonishi bilan bog‘liq har bir holat yuzasidan yong‘in sabablarini aniqlash bo‘yicha xizmat tekshiruvlari o‘tkazilayotgani haqida 2014-yilda aytilgan edi. Mercedes-Benz avtobuslarining yonishi bilan bog‘liq har bir holat yuzasidan bu avtobuslarning ishlab chiqaruvchisi — Evo Bus GmbH kompaniyasiga xatlar yo‘llangan, ular asosida kompaniya ekspertlari mustaqil tekshiruvlar o‘tkazgan. "Avtobuslarning yonib ketish hollariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida yo‘nalishga chiqarilayotgan transport vositalarining texnik va sanitariya holati har kuni nazorat qilinmoqda”, — degan edi "Toshshahartransxizmat” bosh muhandisi Mirhosil Xolmatov. Bu yo‘nalishda (ya’ni, avtobuslarning yonib ketishi holatlarining oldini olish yo‘nalishida) Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ham ish olib boryapti, biroq aynan qanday ishlar olib borilayotgani aniq aytilmagan.

Manba: www.SheJoT.CoM - Saytdan olindi!

Ushbu ma'lumot daryo.uz dan olindi!

Нравится




Категория: YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT | Просмотров: 149 | Добавил: iphone | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
MALUMOT IZLASH

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
 
200
BEPUL REKLAMA
Dj.Sherik@mail.ru saytga!
>>> REKLAMA QO'SHISH
Онлайн-ТВ





Календарь
Архив записей
Друзья сайта
1) www.bepull.ucoz.com - Universal PortaL
2) www.UzbKino.NeT - O'zbek kinolari va Dunyo kinolar olami!
3) www.Odnokartinki.net - Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру / Odnoklassniki.ru sayti uchun bepul smaylikla
4) www.SherlarUz.CoM - SMS Sherlar, Sevgi, Do'stlik va h.k
5) www.JavaUz.CoM - Mobil aloqalar uchun barchasi!

Copyright MyCorp © 2016