Ushbu dieta 1 haftaga mo'ljallangan bo'lib, uning natijasida 5 kg vazn yo'qotish imkoniyati mavjud.
1 - kun: Ichimliklar kuni
Bu kunda faqat suyuq taomlar bilan oziqlanish kerak. Ya'ni sharbat, suv, choy, sut, qatiq va hokazo. Suyuqliklarga shakar qo'shmaslik muhim.
2 - kun: Sabzavotlar kuni
Kun mobaynida istagan hajmda faqat sabzavotlardan yeyish ruxsat etiladi. Tuz va yog' qo'shmaslik kerak.
3 - kun: Ichimliklar kuni
4 - kun: Mevali kun
Bu kunda mevalardan iste'mol qilish kerak. Yog'larni ketkazishda yordam beradigan sitrus mevalar haqida unutmang.
5 - kun: Oqsil kuni
Baliq, tovuqning yog'siz go'shti, tvorog, tuxum, yog'i olingan mol go'shti va oqsil moddasiga boy boshqa mahsulotlardangina iste'mol qilish talab etiladi.
6 - kun: Ichimliklar kuni
7 - kun: Dietadan chiqish kuni
Nonushtaga 2 dona qaynatilgan tuxum bilan shakarsiz choy ichiladi;
Ikki soatdan so'ng bir dona sevimli mevadan yeyiladi;
Tushlikka yengil sho'rva ichiladi;
Ikki soat o'tgach yana bir dona meva yeyiladi;
Kechki ovqatga zaytun yog'iga qorilgan sabzavot va ko'katli salat yeyiladi.
Ertasi kuni ertalab ozganlikdan bahramand bo'lsa bo'ladi.