 Yangi yil kirib kelishi arafasida uyda bola shamollab qolsa, bayramona kayfiyat yo'qoladi. Lekin, yangi yil, ayniqsa bolalar bayrami bo'lgani, ular aynan shu kuni biron mo'jiza bo'lishini kutgani uchun, bu kunni ko'tarinki ruhda o'tkazish muhim. Quyidagi maslahatlar uyda bola kasal bo'lib qolsa ham, bayram kuni uning va ota-onasining kayfiyatini ko'tarishga yordam beradi: 1. Uyni bezatishga vaqt va kayfiyat topish kerak. Bolalarda kasallik bilan yaxshi kayfiyat uzviy bog'liqlikka ega. Shunday ekan bolaning xonasini yangi yil uchun bezatish juda muhim. Bezash jarayonida boladan maslahat so'rab uni bu jarayonga tilda bo'lsa ham jalb qilish, uning kayfiyati ko'tarilishiga yordam beradi. 2. Yangi yil dasturxoni haqida o'ylab qo'yish yaxshi. Yangi yil kuni kattalar uchun odatda og'ir va kalloriyaga boy taomlar tayyorlanadi. Lekin kasal bo'lib yotgan bola uchun unday ovqatlar og'irlik qiladi. Shuning uchun menuni har yilgidan ko'ra o'zgartirish lozim. Tovuq go'shtidan tayyorlangan bulyon va kotletkalar, ko'plab mevalar va foydali sabzavotlik salatlar sizga menu tayyorlashda yordam beradi. 3. Bola yotgan joyda televizor bo'lishini ta'minlash kerak. Yangi yil mavzusidagi multfilmlar hech qaysi bolani befarq qoldirmaydi. 4. Uyga Qorboboni taklif qilish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bolaning otasi Qorbobo kiyimlarini kiyib rol o'ynashi bolaga juda yoqadi. 5. Sovg'alar tayyorlab qo'yish lozim. Bola uchun haqiqatan ham qadrli, uzoq vaqt kutgan va juda sevgan biron o'yinchoqni sovg'a sifatida olib berish, kasal bo'lib yotganda, yangi yil kunini yanada yorqin bo'lishiga ajoyib turtki bo'la oladi. 6. Bolani bir o'zini yolg'izlatib qo'ymaslik kerak. Barcha oila a'zolari bolaning atrofida bo'lishi, u bilan birga o'yinlar o'ynashi bolaning kayfiyati tushib ketmasligiga yordam beradi. 7. Shamollaganda ko'p suyuqlik ichish kerak. Yangi yil dasturxonida zararli koka-kola yoki fantani o'rniga namatak damlamasi, asal va limonlik choy, tabiiy sharbatlar bayramona ko'rinishda bo'lishi bolani foydali suyuqlik ichishiga undab turadi. 8. Oila a'zolar chiroylik kiyim kiygan bo'lsa, bolaga ham yangi yil mavzusida pijama yoki boshqa yumshoq terlatmaydigan lekin aynan yangi yil mavzusiga oid tabiiy matolardan tayyorlangan kiyim kiygazib qo'yish maqsadga muvofiq bo'ladi. 9. Yangi yilni kutish uchun soat 24-00 gacha o'tirish shart emas. Shamollagan bola tez charchaydi. Shuning uchun bolaga alohida (vaqtliroq) yangi yilni kutib olish marosimini o'tkazib berish mumkin. 10. Yangi yilga mehmonlar kutilayotgan bo'lsa, ularni uyda shamollagan bola borligi haqida ogohlantirib, ko'pchilik bo'lmasligini ta'minlash lozim. Birinchidan, bolaga toza havo va nafas olish uchun keng joy kerak. Ikkinchidan, sholqin tufayli bola tez charchaydi. Uchinchidan, mehmonlar bilan ovora bo'lib ota-ona bola haqida unutib qo'yishi mumkin, bu esa uni bayram kuni kayfiydati buzilishiga olib keladi.
Manba: www.SheJoT.CoM - Saytdan olindi!
|