WWW.SHEJOT.COM
SAHIFALAR
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [377]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [4220]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [116]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [526]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [428]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [223]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [2172]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [3529]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [43]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [7217]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [692]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2632]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [132]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [148]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [168]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1093]
Заработок в интернете / Pul ishlash [17]
Pazandachilik / Кулинария [234]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [1599]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [2514]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [2]
Восстановление данных - Программы [16]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [9]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [12]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [49]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [65]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [15]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [59]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [17]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [72]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 ТАМОША КИЛИШ
YANGI KINO FILMLAR










Статистика



waplog

Главная » 2016 » Март » 22 » Shuhrat Qayumovning Umida Mirhamidovaga javobi, konsertga tayyorgarlik jarayoni, yo‘tali va fonogrammaga munosabati haqida

ПОИСК / IZLASH:

17:58
Shuhrat Qayumovning Umida Mirhamidovaga javobi, konsertga tayyorgarlik jarayoni, yo‘tali va fonogrammaga munosabati haqida
Xonanda Shuhrat Qayumov og‘ir betoblikni boshdan kechirayotgan bo‘lsa-da, 22—23-mart kunlari "Istiqlol” san’at saroyida bo‘ladigan konsertga tayyorgarlikni bir zum to‘xtatmadi. Jurnalist Feruz Muhammad konsertoldi tayyorgarlik jarayonida mehmon bo‘ldi.
Bir oydan ziyod vaqt mobaynida tinimsiz mehnat qilayotgan sozandalarda tushkunlik yoki charchash alomatlari umuman sezilmaydi. Ularning zavqidan, o‘zlari mazza qilib soz chalishlaridan ruhingiz kuy ohangiga mos harakat qilgisi keladi.

Rustam Azimov boshchiligidagi sozandalar guruhi har bir qo‘shiq kuyini o‘zaro ijodiy raqobat qilib chalayotganga o‘xshaydi. Adashish yo‘q, ortda qolish yo‘q, ijodiy mukammallik va bir-birini to‘ldirish bor.
Shuhrat Qayumov konsertida har bir qo‘shiq o‘z tinglovchisini topadi — yetti yoshdan yetmish yoshgacha va shu yosh oralig‘i dasturda kuylanayotgan qo‘shiqlarga mezon qilib olingan. Barcha qo‘shiqlar baland pardalarda kuylashni taqozo qiladi.

Shu o‘rinda Shuhrat Qayumovning yo‘tali hali ham qolmaganligini, qo‘shiq kuylayotgan vaqtda yo‘tali tutib qolganligini fotomuxbirimiz ham bir necha bor payqadi.
Xonanda Umida Mirhamidova bilan birgalikda savol-javob qilib kuylanadigan "Oq atirgullar” konsert dasturidagi kutilmagan taronalardan bo‘ladi. "Oq atirgullar” shu vaqtgacha qay darajada xit-paradlarni ushlab turgan bo‘lsa, bu savol-javobdan keyin uning umri yanada uzayishi aniq.

— Umida Mirhamidova bilan birgalikda qo‘shiq kuylash, ularning qo‘shiqlariga javob qo‘shiq tayyorlash g‘oyasi kimdan chiqdi?
— Mumtoz qo‘shiqlarni juda yaxshi ko‘raman, shu bilan birgalikda zamonaviy estrada qo‘shiqlarni ham tinglayman. "Oq atirgullar” qo‘shig‘ini juda yaxshi ko‘rardim. Har doim Umidaxon bu qo‘shiqni kimga aytgan ekanlar, deb ularga boshqa odamlar juda ko‘p bergan savolni men ham o‘zimga o‘zim berardim. Hozir oilaviy mojarolarni eshitsangiz, yigit tomon o‘zicha haq, qiz tomonning ham o‘zini oqlaydigan sabablari bor. Xuddi shunday bu qo‘shiqni oshiq yigit tilidan bevafo qizga qarata aytilgan. Ya’ni, "seni o‘zing bevafolik qilding, men sen uchun haligacha oq atirgullarni o‘stiraman”. Oradan yigirma yillar o‘tgan bo‘lsa-da, sen uchun ochiladi sen sevgan atirgullar, deya javob qo‘shiq tayyorlaganmiz. Bu haqida, shunday qo‘shiq kuylash haqida anchadan buyon o‘zim o‘ylab yurar edim.
— So‘zi va musiqasi kim tomonidan yaratilgan?
— Musiqasi "Oq atirgullar” qo‘shig‘ining musiqasi, so‘zi shoira Hilola Ibrohimovaga tegishli. Bu qo‘shiqni repititsiya vaqtida duet ham qilib ko‘rdik, keyin savol-javobga kelib to‘xtadik.

— Aksariyat san’atkorlar "Istiqlol”da jonli konsert bermasligiga sabab qilib san’at saroyining texnikasini ko‘rsatadi. Bu qanchalar o‘rinli sabab?
— Bilmadim, hamma o‘zining o‘rganganini qiladi. Mana, o‘zingiz ham repititsiya jarayonida ko‘rdingiz, hali ham yo‘talim qolmagan, qo‘shiq kuylayotganimda ham yo‘tal tutib qolyapti. Ammo nima bo‘lgan taqdirda ham, harakatni to‘xtatganimiz yo‘q. Konsert dasturi kuniga qadar sog‘ayib qolaman, degan umidim bor. Hattoki, yaqinlarim ham nima uchun fonogrammada kuylamaysiz, o‘zingizni qiynash shartmi, deyishadi. Ammo dasturni fonogrammada qilishni, ikki soat diskni qo‘yib sahnada aylanib yurishni o‘zimga ep ko‘rmadim. Siz hali ham meni yaxshi bo‘lib turgan holatimni ko‘ryapmiz. Nima uchun tayyorgarlik uchun aynan shu binoni tanladik, chunki bu bino shifoxonaga yaqin edi. Shifoxonadan ikki shogirdim ikki tomonimdan tutib tayyorgarlikka olib kelar edi. Bu holatimda fonogrammadan yaxshisi yo‘q edi. 39—40 darajada harorat bilan ham tayyorgarlikni to‘xtatmadik. Agar fonogramma bo‘lganda soz chalishni bilmaydigan 4 ta odamning qo‘liga cholg‘u asboblarini berib, diskni qo‘yib sahnada aylanib yurar edim.
— Haqiqatan ham o‘zim guvohi bo‘ldim, tayyorgarlik jarayonida qo‘shiq kuylayotganingizda yo‘tal tutib qolyapti. Keyinchalik bu zo‘riqishning asorati qolishi mumkin, shifokorlardan maslahat oldingizmi?
— Maslahat oldim, ular mumkin emas deyishdi. San’at fidoyilikni talab qilar ekan. Surunkali bronxitni tik oyoqda yurib, davolanmasdan o‘tkazib yuborganim uchun shunday holatga kelib qoldim. Qattiq shamollab qolib, isitmalab turgan kunim xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirda boshlovchlik qilishim kerak edi. O‘rnimga boshqa odam ham topa olmadim. Demak, bu ham bir sinov, san’at ahli hamma narsaga tayyor turishi kerak ekan.

Manba: www.SheJoT.CoM - Saytdan olindi!

Ushbu ma'lumot daryo.uz dan olindi!

Нравится




Категория: SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ | Просмотров: 160 | Добавил: iphone | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
MALUMOT IZLASH

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
 
200
BEPUL REKLAMA
Dj.Sherik@mail.ru saytga!
>>> REKLAMA QO'SHISH
Онлайн-ТВ





Календарь
«  Март 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
1) www.bepull.ucoz.com - Universal PortaL
2) www.UzbKino.NeT - O'zbek kinolari va Dunyo kinolar olami!
3) www.Odnokartinki.net - Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру / Odnoklassniki.ru sayti uchun bepul smaylikla
4) www.SherlarUz.CoM - SMS Sherlar, Sevgi, Do'stlik va h.k
5) www.JavaUz.CoM - Mobil aloqalar uchun barchasi!

Copyright MyCorp © 2016