WWW.SHEJOT.COM
SAHIFALAR
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [378]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [10020]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [119]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [1825]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [504]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [241]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3454]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [6225]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [83]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [10825]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [1347]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2663]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [228]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [247]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [698]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [2442]
Заработок в интернете / Pul ishlash [18]
Pazandachilik / Кулинария [394]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [3070]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [5064]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [3]
Восстановление данных - Программы [16]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [10]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [12]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [49]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [103]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [20]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [60]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [17]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [72]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 ТАМОША КИЛИШ
PHOTOSHOP UCHUN / Все для фотошопа / All For Photo [3]
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [47]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [430]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [716]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [38]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [23]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [37]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
DINIY MARUZALAR / ISLOMIY HIKOYALAR / MARUZALAR / ИСЛОМИЙ МАРУЗАЛАР / ДИНИЙ ХИКОЯЛАР [143]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [51]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO'YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA'LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН
Jinsiy hayot / Жинсий хаёт [45]
жинсий алоқа ҳақида jinsiy aloqa haqida ma'lumotlar
YANGI KINO FILMLAR










Статистика





Онлайн всего: 7
Гостей: 7
Пользователей: 0


Kun faolllari:
kapriolndk, ArthurApark, Kenneththalo, joannace2, debrapj60, paigejn16, jefferyvv60, jeniferma60, sabweino, melblaf, lyndaid1
Главная » 2014 » Февраль » 16 » Sovuq qotganida (go‘dak) nima qilish kerak

ПОИСК / IZLASH:

23:21
Sovuq qotganida (go‘dak) nima qilish kerak
Hatto yoz mavsumida ham bola osongina sovuq qotishi mumkin. Qish haqida esa gapirmasayam bo‘ladi! Ammo bundan qo‘rqish, uyda berkinib o‘tirish yoki qavat-qavat kiyinishga hojat yo‘q. O‘z harakatlaringizni o‘ylab qiling va shunda kasallik sizni chetlab o‘tadi!
Sovuq paytda kichkintoy uchun yaxshi kiyinish juda muhim. Bu qimmat po‘stin, shuba, bosh kiyimi va qo‘lqop bo‘lishi shart emas. Avvalo bolani uning temperamentiga va sayr chog‘ida nimalar bilan shug‘ullanishiga qarab kiyintirish lozim. Masalan, aravachada uxlayotgan go‘dakka issiq kombinezon va oyoqlarini issiq tutadigan mo‘ynali konvert kiydirsa bo‘ladi. Giperfaol ikki-uch yashar bolani esa issiq kiyintirishga xojat yo‘q. Termokombinezon (yaxlit yoki ajratilgan) va uning ostidan minimum kiyim (kolgotka va reglan) o‘yinqaroq kichkintoyning sovuq qotishiga yo‘l qo‘ymaydi. Agar bunday kiyimda u skameykada o‘tirib, zerikadigan bo‘lsa, unda sovuq qotishi turgan gap.Oyoqlarni isitamiz 

Bola sovuq qotganini anglab etishingiz bilan uni tezroq uyga olib kiring. Uyda uni isituvchi protseduralarni bajarish kerak bo‘ladi. Ular tomirlarni kengaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi va qon aylanishini tezlashtiradi, organizmning himoya kuchlari esa oshadi. Demak, iloji boricha tezroq oyoqlarni isitamiz! Buning uchun tog‘orani soda bilan yuving va unga 1-2 osh qoshiq quruq xantal (gorchitsa) solib, ustiga suv quying (harorati 37 °S dan past bo‘lmasligi kerak). Xantal erib ketganidan keyin farzandingizdan oyoqlarini tog‘oraga solishini iltimos qiling. 2-3 daqiqadan so‘ng bola oyoqlarini tog‘oradan chiqarib olishi kerak, siz esa unga yana issiqroq suv quying. Bunday protseduraning umumiy davomiyligi 10-15 daqiqa. Shundan so‘ng go‘dakning oyoqlariga issiq paypoq kiydiring.Bola shunchaki o‘tirishdan zerikdimi? Suvda suzadigan o‘yinchoqlar uning kayfiyatini ko‘tarishi mumkin. O‘rdakchalar, baliqchalar, delьfinchalar va katta kitlar ham unga qo‘shilib dumlari, panjalari va suzgichlarini isitishsin.

Ingalyatsiya qilamiz
Evkalipt, mavrak (shalfey) barglari yoki qarag‘ay murtaklari (1 osh qoshig‘i 1 stakan qaynab turgan suvga damlanadi), oqqarag‘ay (pixta), choy daraxtining efir moylari (2-3 tomchi) – bug‘li ingalyatsiya uchun ajoyib vositalar hisoblanadi. Damlamaning zarur miqdorini ingalyatorga quying. Stulga o‘tiring va farzandingizni tizzangizga o‘tqazing. Birgalikda shifobaxsh bug‘dan nafas oling. Aytganday, bu protsedurani uyda maxsus moslama bo‘lmagan taqdirda ham o‘tkazish mumkin. Farzandingiz uxlayotgan paytda karavotning yoniga giyohlar damlamasi solingan tog‘orachani qo‘yib qo‘ying. Kattaroq yoshdagi bola uchun esa kengroq idishni tayyorlang. Ingalyatsiyani qanday usulda bajarishingizdan qat’i nazar, bola kuyib qolmasligini (u bug‘ga yaqinroq kelmasin) va qaynoq damlamani to‘kib yubormasligini nazorat qiling. Ingalyatsiya paytida go‘dak bilan birgalikda protseduraning davomiyligini boshqaring. Qanday deysizmi? Bunda matematika yordam beradi! Ovoz chiqarib yuzgacha sanang, go‘dak esa raqamlarni takrorlasin (agar adashsa, uni to‘g‘irlab qo‘ying) va yana o‘yinlari bilan mashg‘ul bo‘laversin.

Ishqalaymiz
Qo‘l bilan oldinga qarab harakatlar mushaklarni bo‘shashtiradi, qon aylanishini va to‘qimalarning oziqlanishini yaxshilaydi. Bundan tashqari, ular ajoyib tarzda isitadi va nafas olish yo‘llari kasalliklarining oldini oladi. Oldiniga bolaning orqasini va ko‘krak qismini paxmoq qo‘lqop bilan ishqalang. Keyin isituvchi surmadorini suring. Bularning hammasini kechqurun uxlashdan oldin qilgan ma’qul. Ammo pijamani kiydirishdan oldin teridagi ortiqcha yog‘ni qog‘oz sochiq bilan artib tashlang. Shunda kiyimda yog‘li dog‘lar qolmaydi.Kichkintoyga sevimli qo‘g‘irchog‘ini davolashga qo‘yib bering. Unga bolalar kremi va massaj qo‘lqopini bering – o‘zini shifokor rolida his etib ko‘rsin.

Choy ichamiz
Malina, kalina, klyukva, brusnika S vitaminiga boy mevalar bo‘lib, ular organizmning himoya kuchlarini oshiradi. Shunday ekan, qishga g‘amlab qo‘yilgan murabbo, jem va shunchaki shakar bilan maydalangan mevalarni oling.

Qaynatilgan iliq suvli chashkaga shakar bilan maydalangan mevalarni soling va hammasini yaxshilab aralashtiring. Ikki daqiqa tursin. Keyin uni dokadan o‘tkazing va limonning bir bo‘lagini solishni (yoki suvini siqishni) ham unutmang.

Yoz ne’matlari qishgacha saqlanmaganmi? Tashvish chekmang! Sotuvda shu mevalardan tayyorlangan tayyor ichimliklar bor, shulardan foydalaning.

O‘ramiga yozilganlarni albatta o‘qing! Sizni nafaqat mahsulotning yaroqlilik muddati va tarkibi, balki u kimga mo‘ljallangani ham qiziqtirishi kerak. Chaqaloqlarga bolalar oziq-ovqatlari turkumiga kiruvchi maxsus choylarni xarid qilgan ma’qul. Albatta, u taniqli firmaniki bo‘lishi kerak. Uning o‘ramida ushbu mahsulot iste’moli mo‘ljallangan bolaning yoshi ko‘rsatilishi shart.Kattaroq yoshdagi bolalarga esa kattalarga mo‘ljallangan giyohli, mevali paketchalarni damlab bersa bo‘ladi (odatda 1 ta paketchani taxminan 500 ml qaynoq suvga damlash maslahat beriladi).

Agar tayyorlangan ichimlik solingan chashkaga chiroyli trubkacha qo‘yib, chetlarini qor bilan bezasangiz (buning uchun idishning chekkasini ozroq namlang va manna yormasidan ozroq seping), kichkintoy hammasini mazza qilib oxirigacha ichib qo‘yadi. Ertalab esa soppa-sog‘ uyg‘onadi!

Preparatlarni beramiz
Ba’zida bola sovuq qotganida birinchi yordam vositasi sifatida interferon asosidagi preparatlardan birini tayinlashadi (Laferon, Viferon, Laferobion). Uni organizmning turli kasalliklarga qarshiligini kuchaytirish maqsadida ham davolash, ham profilaktika vositasi sifatida tavsiya etishadi. Ammo bunday dorilar faqat kasallikning boshlang‘ich bosqichida samarali.Bolaning immunitetini kuchaytirishga o‘simliklar asosidagi immunomodulyatorlar (masalan, Svіtanok, Djerelo) ham yordam beradi. Shoshilinch holatlarda mutaxassislar bunday fito vositalarning dozasini (taxminan 2-3 tomchiga) oshirishni tavsiya etishadi. Bola tomog‘ining og‘riyotganidan shikoyat qildimi? Bu alomatni bartaraf etishga Xlorofillipt yordam beradi. U kasallikning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ammo quyidagilarni e’tiborga oling: ushbu preparat tabletka, moyli, spirtli eritma, sprey ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Ularning qay biridan foydalanish yaxshiroq ekanini shifokoringiz aytadi. 

Manba: www.SheJoT.CoM - Saytdan olindi!



Категория: Foydali maslahatlar / Полезны советы | Просмотров: 1695 | Добавил: shejot | Теги: maslahatlar, Maslahat bering, маслахат, tekin maslahat, foydali, маслахат беринг, текин маслахат, полезные советы, Maslahat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
MALUMOT IZLASH
Логин:
Пароль:
MALUMOT IZLASH

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
200
BEPUL REKLAMA
Dj.Sherik@mail.ru saytga!
>>> REKLAMA QO'SHISH
Онлайн-ТВ





Календарь
«  Февраль 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728
Архив записей
Друзья сайта
1) www.BePuL.NeT - Universal PortaL
2) www.UzbKino.NeT - O'zbek kinolari va Dunyo kinolar olami!
3) www.Sherlar.org - Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру / Odnoklassniki.ru sayti uchun bepul smaylikla
4) www.SherlarUz.CoM - SMS Sherlar, Sevgi, Do'stlik va h.k
5) www.24soat.com - SMS SHERLAR TABRIKLAR JUMA BAYRAM!

Copyright www.Shejot.com © 2021