WWW.SHEJOT.COM
SAHIFALAR
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [377]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [7595]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [116]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [1036]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [467]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [241]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [2940]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [4811]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [55]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [8756]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [956]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [2661]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [178]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [225]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [620]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1974]
Заработок в интернете / Pul ishlash [17]
Pazandachilik / Кулинария [374]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [2253]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [4429]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [3]
Восстановление данных - Программы [16]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [10]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [12]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [49]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [101]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [20]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [60]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [17]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [72]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 ТАМОША КИЛИШ
PHOTOSHOP UCHUN / Все для фотошопа / All For Photo [3]
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [39]
HIDOYAT SARI / ҲИДОЯТ САРИ [126]
Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [426]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [36]
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / Tort tayyorlash sirlari [23]
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o'rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to'rt tayyorlash sirlari, o'rganish, tort kursiga
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [35]
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o'rganish, pazanda o'quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. ... Soqol o'stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
DINIY MARUZALAR / ISLOMIY HIKOYALAR / MARUZALAR / ИСЛОМИЙ МАРУЗАЛАР / ДИНИЙ ХИКОЯЛАР [61]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [16]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO'YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA'LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН
Jinsiy hayot / Жинсий хаёт [20]
жинсий алоқа ҳақида jinsiy aloqa haqida ma'lumotlar
YANGI KINO FILMLAR










Статистика





Онлайн всего: 66
Гостей: 66
Пользователей: 0


Kun faolllari:
iphone, Georgedeat, tajayurisikl
Главная » 2019 » Май » 14 » TO'TIXONNING TANGOSI (hajviya)

ПОИСК / IZLASH:

09:45
TO'TIXONNING TANGOSI (hajviya)
Qish. Hammayoq oppoq qor bilan qoplangan. Qishloq ko'chasi bo'ylab rizqini terib yurgan qora qarg'a bir chetda titrabgina turgan to'tini ko'rdi-yu, hayratdan qag'illab yubordi.

— To'tixon, ko'chada nima qilyapsan? — so'radi u to'tining tevaragida tinimsiz aylanib. — Qafasda yotishing kerak edi-ku! Bir toza havodan nafas olay debsan-da?

— E, qarg'aboy aka-ey, — boshini patlari orasiga olib ming'irladi to'ti. — Kuygan yuragimni battar yondirasiz-a! Qafasimdan qochdim, og'a!

— Ahmoqmisan? Nimaga qochding?

— Bir xil hayot jonga tegdi. Hali xo'jayin xotinini so'kishga majbur qiladi. U ketsa, kennoyi keladi-da, qarg'ish o'rgatadi. Eri keldi deguncha qarg'ashim kerak. Og'a, hali kennoyidan, hali xo'jayindan kaltak yeyaverib to'yib ketdim. Uch kunlab na don, na suv berishardi. Aybim bitta. Ikkovlariniyam so'kkanman. Axir, buyruqni bajardim, og'a! Men kichkina to'ti bo'lsam! O'lar bo'lsam o'lib bo'ldim!

— Ha-a, — og'ir xo'rsinib qo'ydi qarg'a. — Senga qiyin bo'pti, to'tixon. Xo'sh, endi nima qilmoqchisan?

— Og'a, kallamga zo'r fikr kep qoldi.

— Qanaqa fikr?

— Qarang, zamon ajoyib! Biz qushlarga erkinlik berildi. Ko'chada yursangiz, hech kim rogatkadan tosh otmaydi, ovchilarning to'ri teshildi. O'zimiz xohlagancha tirikchilik qila oladigan bo'ldik. To'g'rimi?

— Ha, haqsan, to'tixon. Mana, menam shuning uchun burungi yildagiga qaraganda ancha semirdim…

— Og'a, qafaslariga o't tushsin! Hofizalik qilsammikan deyapman. Qushlar davrasida qo'shiq aytib, hammani xursand qilardim. Rizqim butun bo'lardi. Hamma meni hurmatlab to'rga o'tqazardi.

— Hofiza? O', ishtahalar karnay-ku! Hofizalik qilish uchun ovoz, iste'dod degan narsalar bo'lishi kerak. Xo'sh, bormi?

— Bir dunyo!

— Qani, bir xirgoyi qilib ber-chi!

To'ti «iyq-iyq»lagancha aylanib chopa boshladi. Shu qadar berilib qichqirdiki, qarg'a qanot qoqib yubordi.

— Tovushing chalishrog'akan-u, — qarg'a to'shini qashib so'z boshladi. — Ammo ilojini topsa bo'ladi.

— Nima qilish kerak, og'a?

— Bilmadim.

— Iltimos, ayta qoling! Axir, siz aqlli qarg'asiz-ku!.. Og'a, balki o'zingiz jo'ravoz bo'larsiz menga-a? Ovozingiz ja salobatli!

— Sengami? E, yo'q, mening ovozim bariton, senikiga tushmaydi.

— Yolvoraman, og'a, bir umr qulingiz bo'lay, yordam bering!

— Men jo'ravoz bo'lishim uchun homiy topishing kerak. Tekinga jo'ravoz bo'lmayman.

— H-homiy? — tutildi to'tixon. — Qaerdan topaman homiyni, og'a? Hozir…

— Ana, musichaboy akangga uchrash! Bir-ikki marta atrofini aylanib, ismini aytib chaqirsang, erib ketadi. Yig'ib qo'yganidan picha beradi.

— Keyin-chi?

— O'sha berganini menga opkelasan. Qornimni to'ydirib, tetiklashsam, jo'ravoz bo'lish-bo'lmaslikni o'ylab ko'raman.

— Iltimos, unday deb qo'rqitmang, og'a!

— Bo'pti, oldin opkel!

— Jo'ravoz bo'lasizmi?

Qarg'a tumshug'ini qiyshaytirib, tirnoqlari bilan ishqalagan bo'lib norozi javob berdi:

— Xo'p, ko'ndirding! Senday huriliqoga yo'q deb bo'larmidi? Opkelaqol ataganingni!

— Ura-a-a!!! Endi menam hofiza bo'lama-an!

— To'tixon, mashhur bo'p ketsang, meni esdan chiqarmaysanmi? Oldimga kelib salom-alik qilib turasanmi?

— Albatta, og'a!

— Qaragin lekin! Kelmay qo'ysang, naq qarg'avoraman-a!..

To'tixon dikonglagancha musichaboy akani ko'ndirish niyatida bug'doyzorga jo'nadi.

* * *

Yozga chiqib bug'doyi o'rib ketilgan dalada katta konsert bo'ldi. Konsertga hatto sichqon, kalamush, mushuklargacha keldi. Ammo hech kim bilan hech kimning ishi bo'lmadi. Gapning indallosini aytganda, it egasini, mushuk buvisini tanimay qo'ydi.

Egasidan berkinib-pusib dalaga kelgan it-kuchuklar aylanasiga To'tixon hofizani qo'riqlab turdi. U sahnaga chiqishi bilan dala qiy-chuvga to'ldi. Sichqonlar chiyillab hushtak urdi, mushuklar bezovta miyovlab To'tixonni olqishladi. Bulbul og'a esa dalaning to'ridan joy olgandi. Eng baland, sershox daraxtga qo'nib olgancha To'tixonning iste'dodini nazardan o'tkazardi.

— Ie, To'tixonning ovozi yo'g'on ekanmi? — yonidagi chumchuqdan so'radi zag'cha. — Ja toza ekan! Uning ovozi xirildoq emasmidi?

— E, unga qarg'aboy og'a jo'ravoz bo'lyapti, — dedi chumchuq kekkayib. — Musicha og'a To'tixonning ashulalarini fonogramma qildirgan. To'tixon haqiqiy tango yaratgan. Ana, eshitib ko'ring!

— E, qurib ketsin, — tumshug'ini ters burdi zag'cha. — Tango emish. Menam undan yaxshiroq ashula aytaman. Ashulaning musiqasini bulbul og'adan o'g'irlabdi-ku noinsof, sen bo'lsang, tango deysan-a!

— Ie, — dedi chumchuq chirqillab. — Shogird-da! Hamma shogirdam oldin ustozining ashulalarini o'g'irlab aytadi. O'zingizam shunaqa tango yaratib qo'ying-chi! Qo'lingizdan kelarmikan?!.

Zag'cha qancha norozilanmasin, To'tixon kundan kunga mashhurlashib boraverdi. Tangodan keyin nolali, so'kinib aytiladigan, aylanib o'ynab kuylanadigan qo'shiqlar yaratib tashladi. Uni yosh-yalang rostakamiga sevib qoldi. Endi tuxumdan chiqqan jo'jalar To'tixondek hofiz bo'lishni, hali ko'zi ochilib-ochilmagan kuchukchalar unga qo'riqchilik qilishni orzuladi. To'tixon esa azbaroyi quvonib, to'lqinlanib, havolanib ketganidanmi, endi sahnadamas, eng bo'ydor daraxtlarning shoxiga qo'nib ashula aytishni odat qildi. Tomoshaga kelganlarga o'sha yerdan turib bosh irg'agan holda salom beradigan bo'ldi.

Afsuski, uzoqqa bora olmadi. To'tixon bir-ikki yildan keyin negadir modadan qoldi. Aytishlaricha, zag'cha qasdma-qasdiga qizini bulbulga shogird qilib berganmish-u, qizi bir zumda taniqli xonandaga aylanib, To'tixonni sindirganmish.

Lokigin, keksa qarg'aning fikri boshqa.

To'tixon qarg'aboy og'asini yo'qlamay qo'ygani sababli qarg'ishga qolganmish.

Manba: www.SheJoT.CoM - Saytdan olindi!



Категория: HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР | Просмотров: 41 | Добавил: iphone | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
MALUMOT IZLASH
Логин:
Пароль:
MALUMOT IZLASH

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
200
BEPUL REKLAMA
Dj.Sherik@mail.ru saytga!
>>> REKLAMA QO'SHISH
Онлайн-ТВ





Календарь
«  Май 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта
1) www.BePuL.NeT - Universal PortaL
2) www.UzbKino.NeT - O'zbek kinolari va Dunyo kinolar olami!
3) www.Sherlar.org - Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру / Odnoklassniki.ru sayti uchun bepul smaylikla
4) www.SherlarUz.CoM - SMS Sherlar, Sevgi, Do'stlik va h.k
5) www.24soat.com - SMS SHERLAR TABRIKLAR JUMA BAYRAM!

Copyright MyCorp © 2019