 *Tuxumni chala pishirib, sarig‘i eb yurilsa, yurakni quvvatlantiradi. *Issiq mijozli odam kashnichni maydalab eb yursa, yurakka quvvat beradi, uni xafalikdan qutqaradi. *Hayvon (mol-qo‘y) yuragini hil-hil qilib pishirib yoki yog‘ bilan qovurib, sirka qo‘shib eyilsa, yurakka quvvat beradi, xafaqon illatini quvadi. *Har kuni nahorda o‘rik sharbatidan bir piyola ichish yoki kuniga 4-5 ta o‘rik turshagi eb yurish har qanday yurak xastaligini davolashda qo‘l keladi va yurakni baquvvat qiladi. *Govchashm (sigirko‘z) shirasi, govzabon shirasi, gulob yurakka quvvat bag‘ishlaydi. *Anbar (kashalot balig‘idan olinadigan xushbo‘y modda) keksalarning yuragiga quvvat beradi. *Binafsha yog‘i, shirin olma sharbati, shirin anor sharbati yurakni quvvatlantiradi. *Kapalakgulning gullaridan choy damlab ichish ham yurak xastaligiga davo. *Sakkiz gr. pillani suvda qaynatib, oq qand bilan qiyomga keltirib eyilsa, yurakni quvvatli qiladi. *Tol bargi va novdalarini yoyib, ustiga yotilsa, yurak haroratini daf qiladi. *Sariq choy (dalachoy)ning quruq o‘tini suvda qaynatib tindirgach, bir osh qoshiqdan kuniga 2-4 marta ovqatdan keyin ichish ham foyda beradi. *Quritilgan kashnich, behi iste’mol qilish, oq atirgul hidlash bilan yurakni quvvatlantirish mumkin. *Besh gr. kungaboqar ildizining suvini ichilsa, sovuqlikdan zaiflashgan yurakka shifodir. *Kuniga bir kosa yangi sog‘ilgan sigir sutini issig‘ida ichilsa, yurakka, kuch bag‘ishlaydi. *Nok, xandon pista, anjir yurak zaifligi va xastaliklarini davolashda yaxshi shifodir. *Dasht yalpizi, suv yalpizini yanchib suv bilan yutilsa, yurakning behuzur bo‘lishiga shifodir. *Har kuni ikki gramm qalampirmunchoqni yanchib, suv bilan yutilsa, yurak behuzurligini daf qiladi. *Olvali (mayda olcha) va barcha turdagi behi yurak behuzurligini davolashda eng yaxshi vositadir.
Manba: www.SheJoT.CoM - Saytdan olindi!
|